bo‘linadi. Yelimlangan
fanerlar tayyorlashda albumin, kazein, o‘simlik yelimlari
ishlatiladi. Namga, suvga chidamli fanerlar va yelimlangan yog‘och qurilish
konstruksiyalari tayyorlashda smolali yelimlardan foydalaniladi.
Go‘shtparda va suyak yelimlari duradgorlik yelimlari hysoblanadi.
Go‘shtparda yelimi qushxona va teri zavodlarida hosil bo‘ladigan chiqindilarni
pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Suyak yelimi yog‘sizlantirilgan hayvonot
suyaklari va shoxlarini pishirib tayyorlanadi.
Yelimlash xususiyatiga ko‘ra go‘shtparda yelimi suyak yelimidan ustun turadi.
Chunki uning puxtaligi yuqori.
Go‘shtparda va suyak yelimlari qattiq plita shaklida tayyorlanadi. Plitalar tiniq,
sarg‘ish yoki qoramtir rangli bo‘ladi. Toza, sifatli yelimlarning sinig‘i shishasimon
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
QURUQ yelimlar talqon, tugmacha va boshqa ko‘rinishlarda ham tayyorlanadi.
Yelimlash sovuq (12-30°да), issiq (40-70°да) va qaynoq (80° va undan yuqori)
holda olib borilishi mumkin.
Yelim eritmasi tayyorlash uchun plita maydalanib, bir qism yelimga 2-3 qism
sovuq suv quyiladi va 8-16 soat davomida ivitiladi (yelim
sovuq suvda erimaydi,
faqat suv shimib yum-shaydi va shishadi). So‘ngra ortiqcha suv to‘kib tashlanib,
yumshagan yelim 60-70° temperaturada 2 soatgacha eritilgandan keyin 5-6 minut
davomida qaynatiladi. Yelim eritmasi eng kupi bilan bir-ikki kunga yetadigan qilib
eritiladi.
Yelim bir qavatli idishlarda - yelimdonlarda eritilganda idish qirg‘og‘iga
yopishgan yelimlar kuyib, yelimlash xususiyatini yo‘qotadi. Bunday idishlarda ortib
qolgan yelimlarni qayta eritib foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun yelim bir
qavatli idishlarda eritilganda uni bir bor ishlatish uchun yetarli miqdorda eritish
kerak. Yelim ortib qolgan taqdirda
uni toza idishga quyib, 5-10° temperaturada
saqlanadi. Shunday qilinganda yelimni qayta eritib ishlatish mumkin bo‘ladi.
Bir qavatli idishlarda ma’lum miqdordagi yelimning kuyishi, yelimlash
xususiyatini yo‘qotishi ro‘y beradi. Shuning uchun yelimlar maxsus yelimdonlarda
eritiladi.
Yelimdon yog‘och buyumlar qismlarini biriktiruvchi materiallar ichida eng
ko‘p ishlatiladigani
buyumlarning sifatli, puxta birikishini ta’minlaydigani
duradgorlik yelimidir. Yelimlar maxsus qozon-yelimdonlarda pishiriladi.
Yelimdon katta-kichik, biri ikkinchisiga tushadigan ikkita kalorimetrga
o‘xshash idishdir. Katta idishg‘a suv quyilib biror isitkich yordamida qaynatiladi.
Kichik idishga kerakli miqdorda suvga bo‘ktirilgan yelim solinib,
katta idishga
tushiriladi. Yelim katta idishdagi suvning issiqligi ta’sirida eriydi. Shu xilda eritilgan
yelim kuymaydi va yelimlash xususiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun yelim hech
qachon bir idishli yelimdonda eritilmaydi. Bir idishli yelimdonda eritilgan yelim
idish deyoriga yopishib, qayta erytish vaqtida kuyadi'va yelimlash xususiyatini
yo‘qotadi.
Yelimlar har xil bo‘lib, duradgorlikda go‘shtparda va suyakdan tayyorlangan
yelimlar (mezdroviy i kostniy kley) ishlatiladi. Go‘shtparda
va suyakdan
tayyorlangan yelimlar 10-12 mm qalinlikdagi plita shaklida tayyorlanadi. Ular
ochsariq yoki to‘q-jigar rang tusga ega bo‘ladi. Go‘shtpardadan tayyorlangan
yelimlarning yelimlash xususiyati suyakdan tayyorlangan yelimnikiga qaraganda
yuqqori bo‘ladi.
Duradgorlik yelimlarini pishirish uchun plita shaklidagi qattiq yelimni
maydalab, uni bir kun davomida sovuq suvda ivitiladi. Ivitilgan yelimni yelimdonda
60-70°
temperaturada eritiladi, so‘ng qaynatiladi. Yaxshi pishirilgan yelimning
quyuq-suyuqligini unga rgichka cho‘p tushirib ko‘tarib ko‘riladi. Agar yelim
tommasdan olasimon ko‘rinishda cho‘zilib chiqsa, uning quyuqligi normal
hisoblanadi va yopishqoqligi yaxshi buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: