O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#454289
1   2   3   4   5
Bog'liq
5.Amaliy mashgulot.

Yelimdon 
G‘o‘la yog‘ochdan yupqa qatlam shaklida shilib olingan yupqa list materiallar 
shpon deb ataladi. Ularning qalinligi 0,3 mm va undan ortiq bo‘ladi. Shponlarni 
ustma-ust, tolalarini o‘zaro perpendikular holda yopishtirishdan hosil bo‘lgan 
qatlam faner deyiladi. Tayyorlash usuliga ko‘ra shilingan, randalangan, yo‘nilgan va 
yelimlangan fanerlar bo‘ladi. Randalangan faner eman, chinor, yong‘oq, zarang, 
shumtol, qarag‘ay g‘o‘lalaridan tayyorlanadi. Bunday fanerlar xunuk teksturali 
yumshoq yog‘ochlardan yoki qayindan yasalgan va DSP, ya’ni yog‘och qipiqlardan 
presslab tayyorlangan buyumlar yuzasini qoplash uchun (pardoz sifatida) ishlatiladi. 
Ularning qalinligi 0,8–1,5 mm, eni 80 va bo‘yi 1000 mm bo‘ladi. Umuman faner 
listlarning o‘lchamlari turiga, ishlanish usuliga va sortiga qarab har xil, masalan, eni 
1525 mm, bo‘yi 1830 va qalinligi 12 mm gacha bo‘ladi. Yelimlangan faner bir-biriga 
yelimlab yopishtirilgan 3 tadan15 tagacha toq sonli shponlardan iborat bo‘lib, oqsilli 
yelim bilan yopishtiriladi. Fanerlarning o‘zi esa buyumga BF markali, albumin, 
kazeinli yelimlar bilan yopishtiriladi. Fanerlar markalariga ko‘ra FK va FBA 
fanerlarga bo‘linadi. Faner ikki tomoni bir xil mustahkam material bo‘lib, taxtalarga 
qaraganda kamroq tob tashlaydi, yelimlab yopishtirilganda yoki shpilkalar bilan 
tortib mahkamlanganda tob tashlangan joylari to‘g‘rilanadi. U ortiqcha yorilmaydi, 
mavjud yoriqlari orqa tomoniga o‘tmaydi. Faner qayishqoqligi uchun oson egiladi 
va tashishga ham qulay. Ana shu jihatlari bilan u yog‘och taxtalardan afzaldir. 


Pardozlash ishning so‘nggi jarayoni bo‘lib, unda alohida detallar yoki umuman 
buyumning sirti chiroyli qilinadi, nam-likka chidamliligi oshiriladi, hasharotlardan 
saqlash uchun unga tegishli asboblar yordamida ishlov beriladi. Yog‘och nam havo 
ta’sirida tez ishdan chiqadi. Shuningdek, unga chang, shamol va hasharotlar ham 
yomon ta’sir ko‘rsatadi. Namiqqan yog‘och quriganidan so‘ng qiyshayadi, yoriladi, 
uning yoriqlariga chang to‘planadi. Natijada, buyum ifloslanadi va tez buziladi. 
Bo‘yalgan va loklangan buyumlarning ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi, ularni toza saqlash 
osonlashadi. Bunday buyumlar noqulay sharoitda ham kamroq zararlanadi. 
Pardozlashning sirtlarni jilvirlab ishlov berish, sirtlarni guldor qilish, kuydirish
ranglar surtish, loklash va bo‘yash kabi turlari bor. Sirtlarni pardozlashdan oldin 
jilvir bilan ishqalab to‘g‘ri chiziqliligini yaxshilash va tozalash kerak. O‘tkir 
qirralarni hamda burchaklarini egovlash va shundan keyin jilvir bilan ishlov berish 
lozim.
 
Quticha ustiga qoplamani yelimlash tartibi:
1. Qutichaning ustiga qoplamani yelimlash uchun qutichaga mos mato 
tanlanadi.
2. Qutichaning o‘lchamlari asosida matoga chizma chiziladi va qirqib olinadi.
3. Matoga PVA yelimi bir tekis qilib surtiladi.
4. Qutichaning ustki va ichki qismlari changlardan tozalanadi. Chunki chang 
yelimning bir tekis yopishishiga xalaqit beradi. Keyinchalik yelimning ko‘chib 
ketishiga olib keladi.
5. Mato qutichaning ichki qismiga bir tekis qo‘yiladi va ustidan tekislanadi. 
6. Mato qutichaning ustki qismiga bir tekis qo‘yiladi va yaxshi yopishmagan joylari 
tekislanadi. Yelimning ortiqcha chiqib qolgan qismlari mato bilan artib tashlanadi.
7. Yelim qurishi uchun quticha bir necha soatga tekis joyga qo‘yiladi. 31-
rasm. Yog‘ochga yelimlangan mato tasviri.
8. Quticha xohishga ko‘ra turli xildagi bezak toshlari, mixlar yordamida 
bezatiladi. 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish