Kon‟yunktura – vaqtning muayyan muddatida turizm xizmatlariga bo‟lgan
talab va taklif nisbatini belgilovchi omillar va sharoitlarning o‟zaro aloqasi mahsuli
sifatida yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat, shuningdek ularning narxlari darajasi va
dinamikasi.
Kon‟yunkturani o‟rganish bozorning joriy holati bilan bog‟liq bo‟lgani bois,
tadqiqotlar eng avvalo korxona darajasida qabul qilinadigan tijorat qarorlarini
asoslashga qaratilishi lozim. Bunda asosan turizm bozorlari kon‟yunkturasining
tahlili amalga oshiriladi. Ayni paytda iqtisodiy hayot hodisalarining umumiy
aloqasini e‟tiborga olish talab etiladi. Bu har qanday turizm bozorini o‟rganish
umumiy xo‟jalik kon‟yunkturasi va tarmoqdagi ishlarning umumiy holati bilan uni
bog‟lamasdan, alohida amalga oshirilishi mumkin emasligini anglatadi.
Turizm bozori kon‟yunkturasi ko‟p sonli omillar ta‟sirida shakllanadi va
rivojlanadi. Ularning orasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy omillar
alohida o‟rin egallaydi. Bunda asosiy muammo bozor kon‟yunkturasining
shakllanish omillari doirasini aniqlashdan iborat emas. Kon‟yunkturaga oid har
qanday tadqiqotning eng muhim vazifasi kon‟yunkturaning shakllanishiga ayrim
omillarning ta‟sir kuchini, muhimlik darajasini, har bir davrda va yaqin kelajakda
kon‟yunkturani belgilovchi etakchi omillarni aniqlashdan iboratdir. Bu vazifani
samarali hal qilish tadqiqotni o‟tkazishda bozorda yuz berayotgan barcha yangi
hodisalar va jarayonlarni hisobga olishni taqozo qiladi. Bularning barchasi
pirovard natijada tahlilning chuqurligi va mufassalligini, prognozning aniqligi va
to‟g‟riligini ta‟minlaydi.
Turizm bozori kon‟yunkturasini quyidagilar tavsiflaydi:
turizm xizmatlari talab va taklifining nisbati;
narxlar darajasi;
raqobat holati va bozorga kirish yo‟lidagi to‟siqlar;
turizm xizmatlarini realizastiya qilish tijorat shartlari;
talabning mavsumiy tebranishlari mavjudligi va boshqa ko‟rsatkichlar.
Kon‟yunkturani baholashga qo‟yiladigan asosiy metodik talablar:
iqtisodiy hayot hodisalarining umumiy o‟zaro aloqasini hisobga olish;
ayrim bozorlarda kon‟yunkturaning rivojlanish tendenstiyalarini boshqa,
hatto qo‟shni turizm bozorlariga ham ko‟r-ko‟rona ko‟chirish yaramaydi;
kon‟yunkturaning beqarorligi, bozorlarda barqarorlikning yo‟qligi
bozorlar doimiy ravishda va uzluksiz kuzatilishini ta‟minlash zaruriyatini
belgilaydi;
turizm bozori kon‟yunkturasini o‟rganish muayyan ketma-ketlikda
amalga oshirilishi lozim (19-rasm).
Tayyorgarlik bosqichi
Kon‟yunkturaning rivojlanishi ustidan joriy kuzatishlar
Kon‟yunkturaviy axborot tahlili
Kon‟yunkturaviy prognozni ishlab chiqish