6.
Qarorlar qabul qilish
tizimi (QQQT)
shunisi bilan ajralib turadiki, eHMda
ishlab chikilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab
chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimi
dispetcher boshqaruvi tizimi) eHM qabul kilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro
mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.
7.
Ekspert tizimlari
– eT (intellektual komponentli axborot tizimi) eHMda
ma‟lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita – bilim-lar va maqsadlar bazasi
mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma‟lu-motlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va
ob‟ektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit
haqidagi noformal semantik tasavvurlar, ob‟ektlarning ayrim sifat tavsifini, ular
orasidagi munosabatlar, mumkin bo‟lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar,
streotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan ob‟ektlar uchun
xos bo‟lgan o‟zaro bog‟liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga etishish uslublari va
vositalari tuttsheidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot,
loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‟yicha mutaxassis-lar
tajribasi va bilimini to‟plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi (Office Information Systems – OIS) firma
boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma
aloqasini qo‟llab-quvvatlash uchungina emas, balki ularga tashqi muhit bilan yangi
kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jixatdan ham diqqatni o‟ziga tortadi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini
ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning
kompyuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‟llab
quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta‟minlovchi
kompyuter va nokompyuter texnik vositalar uchun bir necha unlab dasturiy
mahsulotlar ma‟lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta,
elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli va telekonferensiyalar, shuningdek
boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi. OIS ning funksional tuzilishi
quyidagicha bo‟ladi:
93
OIS ning quyi tizimlari quyidagicha bo‟ladi:
Shunday kilib OIS – bu korxonani zamonaviy kompyuter tarmoklari,
axborotlarni uzatish va axborotlar bilan ishlash kommunikatsiya jarayonlarini
ichki va tashqi muhitlar uchun tashkillashtirish va uni qo‟llab-quvvatlash tizimidir.
Avvaldan ofisni avtomatlashtirish texnologiyasi dastlab ishlab chiqarishda,
sung ofisda paydo bo‟lgan. Ofisni avtomatlashtirish texnologiyasi, ananaviy texno-
logiyani almashtirish emas, balki uni takomillashtirish bilan harakterlanadi. Ofisni
avtomatlashtirish axborot texnologiyasi - bu kompyuter tarmoklari va boshka
zamonaviy axborotlarni qayta ishlash va uzatish vositalari yordamida ichki va
tashki muhit orasida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish texnologiyasidir
Bu texnologiya asosan Boshqaruvchilar, mutaxassislar va kotiblar orasidagi
alokani avtomatlashtirish va muammolarni uzaro xal etish uchun muljallangan.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |