Amalda sotilish darajasiga va bozor ulushiga baho berish.
Bozor hududidagi umumiy bozor talabini bilishdan tashqari kompaniya
ma‟lum soha tovarlarining bozorda sotilish darajasini bilishi lozim. Shu bilan birga
kompaniya o‟z raqobatchilarini bilishi va ularning savdo xajmlariga baho bera
olishi lozim. Tegishli sohaning savdo uyushmalari soha tovarlarining sotilishi
bo‟yicha umumiy ma‟lumotlarni e‟lon qiladi. Har bir kompaniya umumiy savdo
darajasiga qarab o‟zining kompaniyasi tomonidan sotilgan tovarlar xajmini
belgilab olishi mumkin. Masalan, kompaniyaning savdo qilish xajmi bir yilda 5%
ga oshadi, soha bo‟yicha esa 10%. Demak kompaniya unda o‟z o‟rnini yo‟qotadi
xisob.
Do'stlaringiz bilan baham: |