O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


-mavzu: Turistik mahsulot bozorini kompleks tadqiq qilish



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

3-mavzu: Turistik mahsulot bozorini kompleks tadqiq qilish 
Reja: 
1.Turistik mahsulot bozorida tadqiqotlarini o‟tkazish buyicha bo‟limlar.  
2.Turizm bozorida ma‟lumotlarni yig‟ish, tahlil etish va etkazib berish. 
3.Ma‟lumotlar konstepstiyasining o‟zgarish darajasini aniklash.  
 
1.Turistik mahsulot bozorida tadqiqotlarini o‟tkazish buyicha bo‟limlar 


51 
 
Marketing  xususidagi  ma‟lumotlarni  to‟plash  manbalarini  shartli  ravishda 
birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‟lish mumkin. 
Birlamchi ma‟lumotlarga
 tayinli 
maqsad  uchun  il  bor  yangidan  tashkil  etilgan  ma‟lumotlar,  axborotlar  kiradi.
 
Ikkilamchi  axborotlarga
  esa  dastlab  boshqa  maqsadlar  uchun  yig‟ilgan,  qayta 
ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud 
bo‟lgan  axborotlar  kiradi.  Ikkilamchi  ma‟lumotlarni  to‟plash  manbalari  tegishli 
tashkilotga taalluqli bo‟lish yoki bo‟lmasligiga ko‟ra, o‟z navbatida ichki va tashqi 
turlarga bo‟linadi. 
Ichki  ikkilamchi  ma‟lumot  manbalariga 
tashkilotda  yuritilayotgan  joriy
 
buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‟rsatkichlar kiradi. 
Jumladan,  foyda  va  zararlar,  sotib  olish  va  sotish,  tovar  zahiralari,  iste‟molchilar 
ko‟lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va hk.lar. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  tashkilot  o‟z  imkoniyatidagi  hisobotlar  va 
ma‟lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma‟lumotlar tizimini ishlab chiqadi. 
Amaliy  faoliyatda  mahsulotlarni  natural  va  qiymat  o‟lchov  birliklarida  sotuvchi 
hajmi, narxlarning yil davomida o‟zgarishi, haridorlarning joylashuv haritasi, tovar 
zahiralarining  o‟zgarishi,  va  shu  kabi  muhim  ma‟lumotlarni  tashkilot  bevosita 
o‟zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi. 
Tashqi  ikkilamchi  ma‟lumotlar
  tashkilot  faoliyat  yuritayotgan  yoki  yuritish 
kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‟lgan ma‟lumotlarni o‟z ichiga 
oladi.  Ularning  tarkibi  amaliyotda  qo‟llanilishi  turli  davlatlar  tajribasida  turlicha 
ahamiyatga  ega.  Masalan,  AQShda  tashqi  ikkilamchi  ma‟lumotlarni  umumiy 
jihatdan quyidagi 4 ta guruhga ajratish mumkin. 
1.
 
Ommaviy  va  iqtisodiy  uyushmalarning  hisobotlari  va  xabarnomalari. 
Ushbu manbalar o‟z mohiyatiga ko‟ra ikki kichik guruhga bo‟linadi. 
2. 
Marketing tadqiqotlari bo‟yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing 
xizmati ko‟rsatuvchi muassasalarining axborotlari, hisobotlari. 
Ko‟pgina  hollarda  ushbu  axborot  manbai  tijorat  axboroti  manbai  ham  deb 
nomlanadi. 
3. 
Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‟yicha jurnallar, ro‟znomalar va kitoblar. 
Ushbu  turkum  axborot  manbai  juda  keng  bo‟lib,  undagi  tahliliy  ma‟lumotlar 
tegishli  tashkilotga,  tadqiqotchilarguruhiga  yoki  alohida  shaxsga  taaluqli  bo‟lishi 
mumkin. 
4. 
Tashkilotlarning  ommaviy  tarzda  chop  etilgan  ma‟lumotlariga  yillik 
balans  hisobotlari,  narx  varaqalari,  reklama  jurnallari,  haridorlar  uchun 
yo‟riqnomalar  va  shu  kabilar  kiradi.  Bunday  manbalardan  o‟zaro  raqobatda 
bo‟lgan  firmalar  ham  ko‟p  foydalanadilar.  Chunki,  unda  raqobatchi  firmalarning 
sotish  hajmi,  mahsulot,  xizmat  ko‟rsatish  va  narx  siyosati  hususida  zarur 
ma‟lumotlarni olish imkoni bo‟ladi. 
Axborot  va  ma‟lumotlar  olish  manbalarini  quyidagi  guruhlarga  bo‟lish 
mumkin. 
1.
 
Iqtisodiy siyosatning asosiy yo‟nalishlariga taaluqli bo‟lgan Prezident 
farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari,  Davlat  soliq  qo‟mitasining  tasdiqlagan 
yo‟riqnomalari  va  farmoyishlari.  Ushbu  ma‟lumotlar  iqtisodiyotning  sohalari 
bo‟yicha  rivojlanish  yo‟nalishlari,  ishlab  chiqarish  hajmlari,  soliq  va  bojxona 


52 
 
siyosatiga  oid  bo‟lib  ulardan  nafaqat  mutasaddi  vazirliklar,  uyushmalar, 
tashkilotlar foydalanadilar, balki maxalliy va xorijiy tadbirkorlar, firmalar ham o‟z 
faoliyatlarida foydalanadilar. 
2.
 
Davlat  statistik  muassasasi  ma‟lumotlari.  O‟zbekiston  Respublikasi 
Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi halq xo‟jaligining barcha sohalari bo‟yicha 
oylik,  kvartallik,  yillik  ma‟lumotlarni  jamlaydi.  Ularning  ayrimlari  maxalliy 
matbuotda  chop  qilinadi,  yillik  hisobotlar  esa  statistik  yilnomalar  shaklida  nashr 
qilinadi.  Makroiqtisodiyot  va  statistika  Vazirligi  o‟zining  tarkibida  ilmiy-tadqiqot 
institutlari, halq xo‟jaligining tegishli sohalari bo‟yicha ixtisosolashgan boshqarma 
va  bo‟limlarga  egadir.  Ushbu  tadqiqot  va  hisobot  bo‟limlari  belgilangan 
yo‟nalishlar bo‟yicha ma‟lumotlar to‟playdi va tahliliy tadbirlar o‟tkazadi. Bunday 
ma‟lumotlar  Vazirlar  Mahkamasi,  mutasaddi  vazirliklar,  uyushmalar,  viloyat 
hokimligiga taqdim etiladi. 
3.
 
Vazirliklar,  uyushmalar  va  konsternlar  majmuida  to‟plangan 
axborotlar  va  ma‟lumotlar.  Ushbu  axborot  manbai  tegishli  sanoat,  qishloq 
xo‟jaligi,  xizmat  ko‟rsatish  bo‟yicha  ixtisoslashgan  vazirliklarda  ularning  barcha 
bo‟ysinuvchi  korxonalari  xolati,  rivojolanish  yo‟nalishlari  bo‟yicha  axborot  olish 
imkonini  beradi.  Bu  turkum  axborotlar  vazirlik,  uyushmalarning  yillik  hisoboti, 
tegishli boshqarmalarning hisob-kitobi va o‟tkazgan tadqiqot yakunlaridan tashkil 
topadi.  Hozirgi  paytda  mamlakatimiz  vazirliklari  uyushmalar,  konsternlar  o‟z 
tarkibida  marketing  muammolari  bilan  shug‟ullanuvchi  boshqarma  yoki 
bo‟limlarga egadir. 
4.
 
Maxalliy hokimiyat miqyosida jamlanadigan axborot va ma‟lumotlar. 
Mamlakatimiz  viloyatlari,  tumanlari,  shaharlari  hokimiyatlari  xuzurida  statistika, 
«Biznes-fond»  bo‟lo‟imlari,  aynan  o‟sha  xudud  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanishi 
xususida  axborotlar  va  ma‟lumotlar  to‟playdi.  Ushbu  ma‟lumotlar  ko‟lami  keng 
bo‟lib,  ularning  asosiylarigina  Respublika  miqyosidagi  tegishli  boshqarma 
tashkilotlarga  statistik  hisobot  shaklida  taqdim  etiladi.  Ko‟pgina  boshqa  xududiy 
rivojlanishga  oid  axborotlar  maxalliy  hokimiyat  miqyosida  umumlashtiriladi  va 
tahlil qilinadi. 
5.
 
Ilmiy  tadqiqot  institutlari,  markazlari,  universitetlar  va  oliy  o‟quv 
yurtalrining  ilmiy  izlanish  ma‟lumotlari,  tadqiqot  natijalari.  Bu  ma‟lumotlar  va 
axborotlar  Davlat  fan-texnika  qo‟mitasi  buyurtmalar  yoki  xo‟jalik  shartnomalari 
asosida ilmiy tadqiqot institutlari, ijodiy–izlanish guruhlari, alohida tadqiqotchilar 
jamlanadi  va  hisobot  shaklida  taqdim  etiladi.  Tegishli  soha  va  muammolar 
bo‟yicha  amalga oshirilgan  marketing  va bozor izlanishi tadqiqotlari  Davlat  fan–
texnika  qo‟mitasi  byulletenlarida,  universitet,  markaz,  oliy  o‟quv  yurti  ilmiy 
to‟plamlarida qisqa shaklda e‟lon qilinadi. 
6.
 
Ommaviy  matbuot  va  ilmiy  adabiyotlar.  Mamlakatimizda  va  xorijiy 
davlatlarda chop etiladigan ro‟znomalar, jurnallar, risolalar, kitoblar ko‟lami tobora 
ortib  bormoqda.  Masalan  «Sharq  biznes  xabarnomasi»,  «Soliq  va  bojxona 
xabarnomasi», «Delovoy mir», «Biznes uik» va boshqa bir qator ro‟znoma hamda 
jurnallar 
shular 
jumlasidandir. 
Ularda 
Respublikamiz 
iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlanishiga oid ko‟plab axborotlar ma‟lumotlar tahliliy  materiallar chop etiladi. 
Bu  ma‟lumotlar  ayrim  Davlat  qo‟mitalari,  vazirliklar,  uyushmalar,  ilmiy  tadqiqot 


53 
 
markazlari,  institutlari,  izlanish  olib  borayotgan  guruhlar,  sharxlovchilar  va 
mutaxassislar tomonidan taqdim etiladi. 
Marketing  tadqiqoti  uchun  zaruriy  ma‟lumotlar  va  axborotlarni  yiqish 
jarayoni  bir-biriga  bog‟liq  bo‟lgan  vositalar,  uslublar,  bosqichlardan  iborat. 
Marketing izlanishi sohalari va yo‟nalishlari qanday bo‟lishidan qat‟iy nazar u 13-
rasmda ko‟rsatilgan asosiy bosqichlardan tashkil topadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish