50
Mijozning ma‟lumot to‟plada qo‟l keladigan eng faol shakl turfirmalarga
to‟g‟ridan-to‟g‟ri murojaat qilishdir. Mijoz turistik mahsulotni sotib olishda
maslahat olish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq:
1. Mijozlar ma‟lumot oladigan asosiy manbaalarni belgilash.
2. Turistik xizmatlarni sotib olishda qabul qilinadigan qarorning muhimligini
baholash. Iste‟molchi lozimli ma‟lumotlarni to‟plagan so‟ng axborotni baholashga
o‟tadi. Bu davrda olingan xizmatlarning turlari nisbatan baholashni amalga
oshiradi. Bunda xizmat ko‟rsatgan turistik firmalarning xususiyati e‟tiborga
olinadi.
Mijoz
aniq xizmatni
tanlagach
axborotni
baholashi
marketing
mutaxasisslariga judayam muhim. Iste‟molchi qay birini tanlaganini oldindan aytib
berish muammoga aylanadi. Buni bajarish bir muncha mushkul, chunki axborotni
baholab ish yuritishning birlamchi tarkibi mavjud emas.
Turistik korxonalar mijozlarga xizmat ko‟rsatishda o‟z xizmatlarini baholash
va marketing ishlarida har qanday variantlarni qo‟llaydi. Bir tomondan taklif
qilingan turistik mahsulotlarning nufuzini oshirib, ikkinchi tomondan shu
mahsulotga iste‟molchining fikrini o‟zgartirib, uning boshqa firmalar mahsulotni
oldida nufuzi yuqoriligini tushuntirish zarur. Boshqacha so‟z bilan aytganda,
mijozda firmaning mahsulotiga yangicha qarash va fikrlash hissini o‟rnatish lozim.
Firma o‟z mahsulotiga ozgina o‟zgartirish kiritib mijoz uchun uni qiziqarli qilish
mumkin.
Axboratga baho berib iste‟molchi turistik mahsulotni sotib olishga jazm
qiladi. Mijozning sotib olish to‟g‟risidagi qaror qabul qilishda har qanday
tasodifliklar mavjud bo‟lishi mumkin. Masalan, do‟stlar, hamkasabalar, tanish-
bilishlarning fikri mijozning sotib olishga bo‟lgan o‟z fikrini tamoman o‟zgartirib
yuborish mumkin. Shuni qayd qilish zarurki, yon atrofdagilarning fikri mijozning
taassurotiga ma‟lum darajada ta‟sir o‟tkazadi. Firma mahsuloti to‟g‟risida yomon
ma‟lumot berganlarning omma ichida obro‟lari yuqori bo‟lsa mijoz shularning
fikriga qo‟shilib olmoqchi bo‟lgan mahsulotniyam olmay qo‟yadi.
Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, mijoz o‟z hamyoniga qarab ish qiladi
(masalan mijozni mablag‟i o‟zgarishi mumkin).
Mijozning qaroriga kutiladigan xatar ham o‟z ta‟sirini o‟tkazishi mumkin.
Unda bu xis sotib olgan mahsulotdan to‟la qoniqishni ta‟minlaydi.
Shu sababdan firma o‟z mahsuloti to‟g‟risidagi ma‟lumotni mijozga
jonbozlik ko‟rsatishi lozim.
Turistik biznesda har bir firmaning mahsulotini qancha ko‟p maqtalsa,
firmaning iste‟molchilari shuncha ko‟payib, daromadi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: