O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Turmahsulotlar  marketingi tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

3.Turmahsulotlar  marketingi tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari. 
Mahsulot  kapital  va  ishchi  kuchi  bozorlari  bilan  bir  qatorda  ular  bilan 
birgalikda harakat qiluvchi keng xizmat ko‟rsatish bozori ham  mavjuddir. Xizmat 
ko‟rsatish  sohasi  iqtisodiyotning  kelajagi  bor  va  tez  rivojlanuvchi  sohasi 
hisoblanadi.  Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda  xizmat  ko‟rsatish  salmog‟i  yalpi 
ichki  mahsulotning  70%  dan  ortiqroq  qismini  tashkil  etadi.  Shu  bilan  birgalikda 
xizmat ko‟rsatish sohasi bilan band bo‟lganlar ko‟payib boradi. Xizmat ko‟rsatish 
sohasining tez rivojlanishi va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati kattaligiga qaramay 
hozirgacha        “xizmat  ko‟rsatish”  tushunchasiga  umumiy  ta‟rif  berilmagan.  F. 
Kotler  ta‟rifiga  ko‟ra  “Xizmat  ko‟rsatish  –  harakatlar,  manfaatlar  yoki 
qanoatlantirishlar  sifatidagi  sotish  ob‟ekti”.  Bu  ta‟rifdan  kelib  chiqadiki,  xizmat 
ko‟rsatish saqlab qo‟yila olmaydigan va xaridorga moddiy shaklga ega bo‟lmagan 
mavhum narsa taklif qilinadi. 
Xizmat  ko‟rsatish  bozorida  turli  xil  xizmatlar  muomalada  bo‟ladi.  Shu 
sababli  xizmat  ko‟rsatish  bozori  tor  yo‟nalishdagi  tarkibiy  bozorlarga  bo‟linadi. 
Xizmat ko‟rsatishga odatda quyidagilar kiritiladi: transport, aloqa, savdo, moddiy-
texnik  ta‟minot,  maishiy-kommunal  xizmatlar,  bank-moliya,  fan,  ta‟lim,  sog‟liqni 
saqlash, madaniyat va san‟at, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqalar. Xizmat 
ko‟rsatishda  turli  xildagi  mehnat  faoliyatlarining  umumiy  tomoni  –  moddiy 
shaklga  ega  bo‟lmaydigan  iste‟mol  qiymati  yaratiladi.  Shuning  uchun  xizmat 
ko‟rsatish bozori boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Bu farqning ikkita asosiy 
sababi mavjud. 
Birinchidan,  xizmat  uning  amalga  oshgunicha  mavjud  bo‟lmaydi,  ya‟ni 
mahsulot  xizmat  ko‟rsatish  jarayonida  vujudga  keladi.  Bu  holat  ikki  turli  xizmat 
ko‟rsatuvchini, ikkita raqobatchi firmani, ularning xizmatlarini hattoki mahsulotlari 
bir  xil  bo‟lib  ko‟ringan  holda  ham  taqqoslash  imkoniyatini  bermaydi.  Xizmat 
ko‟rsatish sifati amalga oshirilgandan so‟ng taqqoslash mumkin. Moddiy tovarlarni 
esa  sotib  olgunga  qadar  taqqoslash  imkoniyatiga  egamiz.  Xizmat  ko‟rsatish 


22 
 
kutilgan  va  amalga  oshgandan  keyingi  holatini  taqqoslash  imkoniyatiga  egamiz, 
xolos. 
Ikkinchidan, xizmat ko‟rsatish sohasi maxsus bilim va malaka talab etadiki, 
xaridor  uni  nafaqat  baholashi,  hattoki  tushunishi  ham  qiyin.  Xizmat  ko‟rsatish 
jarayonidagi  mavhumlik  xaridorni  noqulay  ahvolga  tushirib  qo‟yishi  bilan  birga 
ranjitishi,  jahlini  chiqarishi,  ishonchsizlikni  vujudga  keltirishi  mumkin.  Shuning 
uchun  bu  sohada  xaridor  har  doim  ma‟lum  bir  xizmat  ko‟rsatuvchi  bilan  birga 
ishlashga  intiladi.  Bu  holat  xizmat  ko‟rsatuvchi  uchun  ko‟proq  foydali  bo‟lib,  bu 
shu kabi aloqalarning takrorlanishi omilini vujudga keltiradi.  
Yuqorida ko‟rsatilgan jihatlar barcha xizmat ko‟rsatish bozorlariga  taalluqli. 
Umuman,  xizmat  ko‟rsatishning  o‟ziga  xosligi  xizmat  ko‟rsatishda  talabni 
qondirish uchun tadbirkorlik faoliyatiga maxsus yondashishni talab etadi.  
Xizmat  ko‟rsatishning  turli  xil  bo‟lishi  bilan  bir  qatorda  ularning  
umumiyligi  bor,  bular  to‟rt  xil  umumiy  jihatga  egadirlar:  nomoddiylik,  ishlab 
chiqarish  va  iste‟molning  uzluksizligi,  sifatning  o‟zgaruvchanligi,  saqlashga 
qobiliyatsizligi. 
Nomoddiylik,  xizmat  ko‟rsatishning  moddiy  emasligi,  uni  olishdan  oldin 
namoyish  etish,  sinab  ko‟rish,  o‟rganish  mumkin  emasligini  bildiradi.  Xaridorga 
nima sotilishini, ba‟zan xizmat ko‟rsatishni qabul qilib olgandan keyingi va undan 
oldingi  holatni  baholash  va  muhokama  qilish  juda  qiyin.  Shuning  uchun  xaridor 
xizmat  ko‟rsatuvchining  so‟zlariga  ishonishga  majbur.  Buning  natijasida 
iste‟molchida  xizmat  ko‟rsatuvchiga  nisbatan  albatta  umid  va  ishonch  unsurlari 
mavjud bo‟ladi. 
Bir vaqtning o‟zida xizmat ko‟rsatishning nomoddiyligi sotuvchi faoliyatini 
qiyinlashtiradi.  Natijada,  xizmat  ko‟rsatuvchi  korxonada  kamida  ikkita  muammo 
paydo  bo‟ladi.  Bir  tomondan,  mijozlarga  o‟z  mahsulotini  ko‟rsatish  juda  qiyin, 
boshqa tomondan, ular  nima  uchun pul  to‟layotganlarini  ularga  tushuntirib  berish 
yanada  qiyinroq.  Xaridorga  xizmat  ko‟rsatish  taqdim  etilgandan  keyingina, 
sotuvchi  uning  afzallik  tomonlarini  yoritib  berishi  mumkin,  lekin  xizmat 
ko‟rsatishni  faqat  bajarilgandan  keyingina  baholash  mumkin.  Bundan  tashqari, 
shunday xizmat ko‟rsatish turlari ham borki, mijozlar uni bajarilgandan keyin ham 
baholay  olmaydi  (masalan,  tibbiyotda).  Bundan  marketingda  xizmat  ko‟rsatish 
tushunchasi  foyda,  daromad  hisoblanadi,  deyish  mumkin.  Ishlab  chiqarish  va 
xizmat  ko‟rsatish  iste‟molining  uzluksizligi  muhim  xususiyatlaridan  biri 
hisoblanadi.  Mijoz  paydo  bo‟lganda  yoki  buyurtma  kelib  tushgandagina  xizmat 
ko‟rsatishni  amalga  oshirish  mumkin.  Shu  nuqtai  nazardan  ayrim  mutaxassislar, 
ishlab  chiqarish  va  iste‟molning  uzluksizligi  o‟zida  aynan  o‟sha  omilni,  ya‟ni 
ularni  mahsulotlarning  moddiy  shaklidan  farq  qilishini  namoyon  etadi,  deb 
hisoblashadi. 
Ishlab  chiqarish  va  iste‟molning  o‟zaro  aloqalari  uzluksizligi,  xizmat 
ko‟rsatishning  ko‟p  turlari  kim  taklif  qilishidan  qat‟iy  nazar  bir-biridan  ajralmas, 
deb  hisoblanadi.  Demak,  mehmonxonada  shaxslarga  alohida  xizmat  ko‟rsatishni 
mehmonxona  xizmatchisidan,  restoranda  xizmat  ko‟rsatishni  ofistiantdan,  chipta 
sotish bo‟yicha xizmat ko‟rsatishni kassirdan ajratib bo‟lmaydi. 


23 
 
Ishlab  chiqarish  va  iste‟molning  o‟zaro  bog‟liqligi  nuqtai  nazaridan  xizmat 
va mahsulot o‟rtasidagi farqi 2-chizmada keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish