19
korxonalar faoliyatining muvofiqligi, shuningdek, hududiy, milliy yoki xalqaro
miqyosda amalga oshiriladigan turizm sohasidagi xususiy va davlat siyosatidir.
Bunday o‟zgarishlarning maqsadi belgilangan iste‟molchilar guruhining talablarini
to‟laroq qondirishdan iborat bo‟ladi, bu erda tegishli foyda olish imkoniyati ham
inobatga olinadi».
Xalqaro turistik tashkilot turizmda marketingning uch vazifasini ajratadi:
mijozlar bilan aloqa o‟rnatish; rivojlanish; nazorat.
Mijozlar bilan aloqa o‟rnatish o‟z oldiga iste‟molchi(lar)ni ko‟zlangan dam
olish joyi va u erda mavjud xizmat ko‟rsatish servisi, diqqatga sazovor joylar va
kutilayotgan manfaatlar mijozlar istagining qondirilishiga to‟la mos kelishiga
ishontirish maqsadini qo‟yadi.
Rivojlanish sotish uchun yangi imkoniyatlarni ta‟minlashi mumkin bo‟lgan
yangiliklar kiritishni ko‟zlaydi. O‟z navbatida bunday yangiliklar kiritish
potenstial mijozlarning xohish va talablariga mos kelishi kerak.
Nazorat xizmatlarni bozorga kirib borishi bo‟yicha faoliyat natijalari tahlilini
va bu natijalar turizm sohasida mavjud imkoniyatlar haqiqatdan ham to‟liq va
muvaffaqiyatli foydalanilishi qanchalik aks ettirilayotganini tekshirishdir. Bu
boradagi sodda va keng ta‟rif D.K. Ismaevga tegishli: «Marketing – (maksimal)
ya‟ni eng ko‟p foyda olish maqsadida va iste‟molchilar talabini o‟rganish hamda
namoyon qilish asosida har bir iste‟molchining individual talabini qondirishga
yo‟naltirilgan savdo-ishlab chiqarish faoliyati tizimidir».
Nemis mutaxassislari V.Riger, P.Rot, A.Shrand marketingni turistlar talabini
qondirish bo‟yicha raqobatchilarga nisbatan, korxona o‟z maqsadlariga yanada
samaraliroq yo‟llar bilan erishishga yo‟naltirilgan «bozorga mo‟ljallangan
boshqaruv» sifatida ta‟riflaydilar. Bu erda shuni ta‟kidlash lozimki, marketing
alohida turistik firma darajasida qanday foydalanilsa, turistik korxona faoliyatida,
uning mahalliy, mintaqaviy va milliy birlashish darajasida ham shunday
foydalanilishi mumkin.
Turistik mahsulot birinchi navbatda yaxshi qabul qilingan bo‟lishi kerak.
Shu munosabat bilan turistik marketing bunday maqsadlarga erishishga
yo‟naltirilgan turistik korxonalar hatti-harakatlarining ketma-ketligini o‟zida
namoyon qiladi. Shuning uchun turistik marketingning quyidagi ta‟riflari etarlicha
mantiqiy va asoslangan hisoblanadi.
Turizmda marketing - taklif qilinayotgan xizmatlarning boshqa xizmatlar
bilan uzluksiz kelishuvi tizimi demakdir. Bu erda bozordagi talabdan foydalaniladi
va turistik korxona boshqa raqobatchilarga nisbatan yanada samaraliroq va o‟zi
uchun foyda bilan xizmatni taklif qilishga loyiq bo‟ladi. Bu uzun ta‟rif bir qator
g‟oyalarni mujassamlashtiradi va biz bularni kengroq o‟rganib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: