165
MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISH BO‟YICHA TAVSIYALAR VA
ULARNING TURLARI
Talabaning mustaqil ishi ishchi o‟quv rejasida muayyan fanni o‟zlashtirish uchun
belgilangan o‟quv ishlarining ajralmas qismi bo‟lib, u uslubiy va axborot resurslari
jihatidan ta‟minlanadi hamda bajarilishi talabalar bilimini nazorat qilish va
baholashning reyting tizimi Nizomi talablari asosida nazorat qilinadi.
Talaba
mustaqil ishi, mazmuni jihatidan ikki tomonlama xarakterga ega:
a) bir tomondan – u auditoriyadan tashqari vaqtdagi talabani o‟quv dasturida
keltirilgan materiallarning mustaqil o‟rganishi uchun o‟quv mashg‟ulotlarining
barcha tashkiliy shakldagi faoliyat turi hisoblansa;
b) ikkinchi tomondan esa u talabani institutda ta‟lim olish vaqtidagi bajarish
lozim bo‟lgan barcha o‟quv topshiriqlari yig‟indisini o‟z ichiga oladi (masalan,
xorijiy tildagi maqolani tarjima qilish, ilmiy maqola tayyorlash, referat yozish va
hokazolar).
Mustaqil ishning maqsad va vazifalari. Mustaqil ishning asosiy maqsadi
kafedra professor-o‟qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni
semestr davomida ushbu fandan uzluksiz o‟rganishini tashkil etish, olingan bilim
hamda ko‟nikmalarini chuqur o‟rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga
tayyorgarlik ko‟rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda
izlab topish hamda qabul qilishni shakllantirishdan va shu tariqa institutda
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Talabalar mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‟zlashtirish ko‟nikmalariga ega bo‟lish;
zarur ma‟lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an‟anaviy o‟quv va ilmiy adabiyotlar hamda me‟yoriy hujjatlar bilan ishlash;
internet tarmog‟idan maqsadli foydalanish;
topshiriqlarni bajarishda
tizimli va ijodiy yondashish;
talabalarda o‟quv, ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar bo‟yicha mustaqil
ko‟nikmalarni shakllantirishga ko‟maklashish.
Mustaqil ishning tashkilily shakllari. Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi
shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni turli xil o‟quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o‟zlashtirish;
berilgan mavzu bo‟yicha
referat yozish;
amaliy mashg‟ulotlarga tayyorgarlik ko‟rish;
hisob-kitob ishlarini bajarish;
amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (keys-stadilar orqali);
ilmiy maqola, anjumanlarga ma‟ruza
tezislarini tayyorlash;
maxsus seminarlarda ishtirok etish;
kafedraning ilmiy hamda ilmiy-metodik ishlarida ishtirok etish va hokazolar.