133
12- MAVZU. Turistik mahsulot bahosini belgilash usuli
2.1. Turistik taklifning shakllanish xususiyatlati
Samarqandning zamonaviy turistik mahsuloti - noyob tarix, arxitektura
yodgorliklari, tabiat va ekologiya, xordik olish infratuzilmasi, milliy odatlar,
an‟analar, hunarmandlik, din hamda mehmondo‟stlikdan iborat. Destinastiyada
milliy turistik mahsulotni dunyo bozorda olib chiqishda ulkan imkoniyatlarga ega,
ya‟ni O‟zbekistondagi milliy turistik turlarning barchasida Samarqand turpaket
tarkibiga kirmasdan qolmaydi.
Samarqand qadimiy shaharlardan biri bo‟lishi bilan birga jahon
stivilizastiyaning markazlaridan ham sanaladi, u erda bebaho dunyoviy fanlar va
madaniyat tarixi shakllangan. Butundunyo turistik tashkiloti majlisida Samarqand
- “Buyuk ipak yo‟lining yuragi” deb atalishi ham tasodif emas. Bugungi kunga
qadar Samarqand murakkab va o‟ziga xos tarixiy yo‟lni bosib o‟tdi. Buyuk Amir
Temur Inda daryosidan Bosfora daryosiga qadar tuzgan katta imperiyasiga
Samarqand shahrini poytaxt etib belgiladi. Buyuk olim Mirzo Ulug‟bek
hukmronligi paytida Samarqand fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi.
Bu erda ko‟plab madaniy markazlar vujudga keldi. Murakkab muhandislik
inshootlari asosida hamda quyosh va oy koordinatlarini o‟chash imkonini beruvchi
Ulug‟bek rasadxonasi 1428-1429-yillarda qurilgan.
Samarqandda Xuddi Shunday Arxitektura Yodgorliklari Bibi-Xonim Masjidi
(1399-1404), Shoxi-Zinda Ansambli (11-13), Go‟ri Amir Maqbarasi (1404-1405),
Registon Maydonidagi Ulug‟bek, Sherdor, Tilla-Kori Maqbaralari, Ulug‟bek
Rasadxonasi Va Muzeyi, Ishratxona Maqbarasi Kabi Noyob Shaharsozlik
Inshootlari Bir-Biri Bilan Mos Va Garmonik Holda Qurilgan Inshootlardir.
Barcha Turistlarda Katta Darajada Qiziqish Uyg‟otadigan Registon Maydoni
Nafaqat Bizning Bebaho Me‟morchilik Yodgorligimiz Bo‟lishi Bilan Bir Qatorda
Uzoq Muddat Savdo-Sotiq Va Madaniyat Markazlaridan Biri Bo‟lgan. Xuddi Shu
Erda 14 Asrda Markaziy Bozor Joylashgan Edi. Savdo Yo‟llarining Barchasi
Ushbu Bozor Orqali O‟tgan Bo‟lib, Ushbu Bozorda Olamga Mashhur Samarqand
Qog‟ozlari, Ipak Mahsulotlar Hamda Milliy Hunarmandchilik Namunalari Savdosi
Yo‟lga Qo‟yilgan Edi.
Olimlar Tomonidan Samarqand Viloyatining Qaraqiya Yodgorliklarida Olib
Borilgan Arxeologik Tadqiqotlari Natijasida Noyob Holat – Bundan O‟n Ming Yil
Avval Odamlar Tomonidan Qoyatoshlarga O‟yib Chizilgan Suratlar Aniqlandi.
O‟rganilgan Bir Yarim Ming Qoyatosh Suratlaridan Shu Narsa Ma‟lum Bo‟ldiki,
Ushbu Tasvirlar Bronza Davrida, Eramizgacha 38 Ming Yil Avval Chizilgan Ekan.
Samarqand viloyatining tabiiy-iqlimiy sharoiti, qulay geografik joylashuvi,
mo‟tadil iqlimi (qish oylarida 10 daraja iliq, yoz oylarida 35 daraja issiq), tog‟
tizmalarining hamda suv manbalarining yaqinligi, to‟rt fasl rang uyg‟unligi ko‟plab
sayyohlarni o‟ziga jalb etadi.
Samarqandning takrorlanmas va noyob landshft mintaqalari, Shveystariya
tog‟laridan qolishmaydigan Urgut, Nurobod, Ming Chinor, Ming Archa kabi
tog‟lari, Jomboy qo‟riqxonasi, G‟o‟s, Omonqo‟ton, Ohalik, Mironqul, Oqsoy,