O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

2006 
2007 
2008 
2009 
2010 
2011 
2012 
2013 
2014 
2015 
2016 
2017 


139 
 
ko‟rish  mumkin.  Buning  sabablari  xalqning  yashash  sharoiti  yaxshilanganligi, 
iqtisodiyotning  rivojlanishi,  savdo-sotiqning  ortishi  bilan  bog‟liq.  (Asosiy  davlatlar 
Xitoy, Janubiy Korea, Dubay, Rossiya va Turkiya).  
2011yilda barcha yo‟nalishlar bo‟yicha chiquvchi turistlarning soni kamayishi 
kuzatiladi.  Buning  sababi  bozorning  tovar  bilan  to‟yinishi hamda  asosiy  kapitalning 
ishlab  chiqarish  sohasiga  jalb  etilishidir.  Bu  davr  mobaynida  chetga  chiquvchi 
turistlarning sonini 13.6 ming kishigacha tushib ketganligini   ko‟rish mumkin. Bunga 
aholi to‟lov qobiliyatining pasayishi hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sabab 
bo‟ldi. Bu davrda 13.1 ming chiquvchi turist (96.3%) O‟zbekiston bo‟yicha turlarni 
afzal  ko‟rishdi. Bu ichki turizmni  rivojlantirish  imkoniyati  yuqori  ekanligidan  darak 
beradi.  Shulardan  kelib  chiqadiki,  turistik  kontingentni  Samarqandda  1-3  kundan 
ko‟proqqa etkazish mumkin. Masalan turistik guruh uchun ishlab chiqilgan turda dam 
olish  va  sport  turlarini  qo‟shib  ham  tur  davomiyligini  uzaytirish  mumkin.  Bunday 
turlar bilan yoshlarni ko‟proq jalb qilish mumkin.  
 
Inqiroz  sharoitida  ichki  turizm  juda  ham  foydali.  Hammaga  ma‟lumki,  ichki 
turizmning foydali tomonlari bu erda etishmaydigan narsalar, ularning narxlashtirish 
metodikasi, uni moliyavoy tomondan qo‟llab-quvvatlashdir.  
 
Turistik  mahsulotlarning  tashkillashtirilishi  turistik  oqim  ko‟proq  o‟tdigan 
turistik  firmaning  strategiyasiga  bog‟liq.  Zamonaviy  sharoitlarda  turistik  firmaning 
faoliyatini  tashkillashtirish  turoperatorlar  va  turistik  agentlarga  bog‟liq.  Bunda 
turistik bozorning hiolatini to‟liq tahlil qilish kerak.  
 
O‟zbekturizm  milliy  kompaniyasining  ma‟lumotlariga  ko‟ra  2017  yilning  1 
yanvariga respublikamizda qadar turistik faoliyat bilan shug‟ullanish uchun listenziya 
olgan  tashkilotlar  soni    828  tani  tashkil  qiladi,  shulardan    510tasi    turoperatorlar  va 
318ta    zamonaviy  mehmonxonalar.  Samarkand  viloyatida  80  tadan  ortik  zamonaviy 
mexmonxonalar  faoliyat  kursatib  kelmokda.  Viloyatimizdagi  turistik  korxonalar 
turistlarni  qabul  qilish,  jo‟natish,  aviachiptalar  va  mehmonxonalarni  bronlashtirish, 
yashash xizmatini ko‟rsatish kabilar bilan shug‟ullanishadi. 70 ta turistik tashkilotlar 
faqat turistlarni qabul qilish bilan shug‟ullanadi.  
 
Turizm  biznesining  keng  qamrovli  rivojlanishi  juda  ko‟p  korxonalarning 
bankrot  bo‟lishdan  saqlanish  va  o‟zgaruvchan  bozorga  moslashish  imkonini 
bermoqda.  
Ko‟pchilik  turistik  tashkilotlar  ya‟ni  30.4%  mehmonlarni  qabul  qilish  va 
joylashtirish  xizmatini  taqdim  etish  bilan  shug‟ullanishadi,  27.4%  i  esa  faqat  qabul 
qilish  bo‟yicha  faoliyat  olib  boradi.  Bular  turoperator  va  turagentlardir.  Faqat  4  ta 
turistik  tashkilot  turistlarni  chet  davlatlarga  jo‟natish    bilan  shug‟ullanadi.  Bular:  " 
Baxtar-V. ", " MTD Travel ", " Adiba ", " Jamshed ". Bir vaqtning o‟zida turistlarni 
qabul qilish va jo‟natish bilan 8 ta tashkilot (7.9%) shug‟ullanishayapti. 
Zamonaviy turistik bozorning tuzilishi qisman oligopoly bo‟ladi. Asosan 3-6 ta 
katta-katta  turistik  firmalar  bozorning  40-60%ini  o‟z  nazoratida  ushlab  turishadi. 
Samarqand turistik bozorida 30 dan ortiq katta-kichik turistik tashkilotlar faoliyat olib 
boradi.  Bularning  ichida  eng  yirik  5  ta  turoperatorlik  firmalari  mavjud.  Bular: 
“”Sogda tur, “Orient Voyaj”, “Afsona travel”, “Asia travel interneyshnl”.  
Turoperatorlar faoliyatini tahlil qilish uchun anketa so‟rovnomalari o‟tkazilgan. 
Bunda 20 ta Samarqand turoperatorlik firmalari ishtirok etishgan. (2-ilova). 


140 
 
Anketa  so‟ronomalari  natijasiga  ko‟ra  shu  narsa  aniq  bo‟diki,  faoliyat  olib 
borayotgan turistik firmalarning katta qismi xalqaro mehmonlar uchun mo‟ljallangan. 
Uzoq vaqt mobaynida va bir xil tarzda faoliyat olib borayotgan turistik firmalarning 
taklif  qilayotgan  turlari  tarixiy  joylar,  tanishuv  turizmi  hamda  ekologik  turlardan 
iborat  bo‟lgan.  Asosiy  turistik  oqim  Yyevropa  davlatlaridan  hamda  janubiy-shrqiy 
Osiyo  davlatlaridandir.  Yaqin  chet  mamlakatlardan  keladigan  turistlarnig  katta 
qismini  Rossiya  tashkil  qiladi.  Bu  O‟zbekiston  mustqail  bo‟lgach  aholi 
immigrastiyasi  rivojlanishi bilan  izohlanadi.  O‟zbekiston uchun  sog‟inish,  qo‟msash 
turizmi  rivojlanishining  rivojlanishi  kuzatilayapti.  Bu  holat  Rossiya  va  O‟zbekiston 
o‟rtasida  turistik  oqimning  holatiga  katta  ta‟sir  qiladi.  Turistik  firmalar  faoliyatida 
chegaralardan o‟tish tartibi katta ahamiyat kasb etadi.  Bundan tashqari Yyevropalik 
sayyohlarning  talablari  O‟zbekistonlik  turistik  firmalar  uchun  bir  qator 
qiyinchiliklarni  keltirb  chiqarmoqda.  Rossiya  fuqarolarining  yashash  tarsi,  ularning 
ob-havo  sharoiti,  mehnat  ta‟tllari  va  boshqa  omillari  ularning  sayohat  qiliashlari 
uchun mos tushadi. Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, asosiy turoperatorlar Yyevropa 
davlatlariga katta e‟tiborni qaratishadi.         (Germaniya, Buyuk Britaniya, Franstiya, 
Italiya),  U  erda  turli  xil  murakkab  turlarni  ko‟rish  mumkin.  Bundan  tashqari  milliy 
turistik mahsulotda tarixiy, ekologik, tanishuv turlarini tashkil qiladilar: O‟zbekiston 
turoperatorlari keng qamrovli iste‟molchilar va turli xil jozibador turlarni emas, balki, 
sovdo-sotiq  qilishni  rejalashtiruvchi  kishilar,  qari  kishilar,  passiv  va  tanishuv 
turizmini  hovlovchilarni  o‟z  ichiga  oladi.  Bor  imkoniyatlarni  ishga  slogan  holda 
turlarni faqat Yyevropa bozorlariga emas balki MDH davlatlari turistlari uchun ham 
taklif qilish maqsadga muvofiqdir.  
Hozirgi  sharoitda  viza  rejimining  murakkabligi,  chegaralardan  o‟tihdagi 
qiyinchiliklar,  iqtisodiy  qiziqishlar,  temiryo‟l  va  havo  yo‟llari  orqali  sayyohlarni 
tashish  xalqaro  turizmning  MDH  davlatlari    bo‟yicha  rivojlanishining  asosiy 
omillaridan  biridir.  Afsuski,  milliy  turistik  mahsulotlar  Rossiya  bozorlarida  milliy 
turoperatorlar  tomonidan  emas,  Rossiya  turoperatorlari  tomonidan  amalga 
oshirilmoqda.    Bu  Rossiya  uchun  nafaqat  foyda  balki,  aholini  ish  bilan  ta‟minlash 
uchun ham xizmat qilmoqda. Google.ru sayti bo‟yicha o‟tkazilgan tadqiqotlardan shu 
narsa ma‟lum bo‟ldiki, Rossiya turoperatorlari tomonidan sotilayotgan O‟zbekistonga 
ishlab chiqilgan turlar mahalliy turoperatorlar tomonidan sotilayotgan turlardan ancha 
qimmat.  Bu  turistik  paketni  ishlab  chiqishning  murakkabligi  bilan  bog‟liq.  Turlarni 
sotishda  vositachilik  xizmatlar  qo‟shimcha  harajatlarning  ko‟payishiga  olib  keladi. 
Binobarin  bu  oxir-oqibat  turistlarning  elkasiga  tushadi.  O‟zbekiston  bo‟yicha  ishlab 
chiqilgan  turlar  4  kunu  3  kecha  va  10  kunu  9  kecha  oralig‟ida  tebranadi.  Bunda 
narxlar  eng  arzoni  350  AQSh  dollari  va  eng  qimmati  1190  AQSh  dollarini  tashkil 
qiladi.  Bunda  aviachiptalar  va  tibbiy  sug‟urta  harajatlari  hisobga  kiritilmaydi. 
O‟zbekiston  turoperatorlari  tomonidan  taklif  qilinayotgan  turlarning  o‟rtacha  narxi 
800  AQSh  dollari  atrofida  bo‟ladi.  Bu  albatta  Rossiyaliklarning  e‟tiborini  o‟ziga 
qaratadi,  ammo  ularni  jalb  etish  uchun  nafaqat  O‟zbekiston  saytlaridan  foydalanish, 
balki,  Rossiya  hamda  chet  el  saytlarida  reklama  faoliyatini  kuchaytirish  lozim. 
Bundan tashqari yaqin chet el sayyohlari uchun tanlov tizimlarini tashkil qilish ancha 
keng ommaviy iste‟molchilarni jalb qilishi mumkin.  


141 
 
Kelajakda  ancha  uzoq  bo‟lgan  va  kam  o‟rganilgan  joylarga  turistik  turlarni 
tashkil  qilish  talab  etiladi.  Chet  ellik  turistlar  xizmatlarning  sifatiga  hamda  narxiga 
katta  e‟tibor  qaratishadi.  Bu  sharoitdan  kelib  chiqqan  holda  yangi  hududiy  turistik 
bozorlarning rivojlanishiga olib keladi.  
Regionning  qishloq  hududlarida  hususiy  ishbilarmonlar  bilan  kelishgan  holda 
kichik biznes texnologiyalari bilan milliy, maishiy, suviner mahsulotlarni tayyorlash, 
yuqori  sifatli  milliy  kiyim-kechaklar,  oldindan  o‟ylangan  stenariy  bo‟yicha  uy-
xo‟jaliklarni yuritish kiradi. Milliy an‟anani saqlagan holda Yyevropacha qulaykik va 
zamonaviy inter‟erni yaratish lozim. Bozor samaradorligini ta‟minlash uchun yuqori 
darajada  xizmat  ko‟rsatuvchi  xodimlarni  tayyorlash,  xalqaro  standartlarga  javob 
beradigan  sug‟urta  tizimiga  moslashish,  qishloq  infratuzilmasini  tashkillashtirish, 
transport  parklari,  qishloq  axborot-kommunikastiyasini  rivojlantirish,  qattiq 
qoplamali  avtomobil  yo‟llarini  yaxshilash,  investistiyalarni  jalb  etish  hamda 
noan‟anaviy  transport  turlaridan  foydalanish  lozim.  Zamonaviy  turistik  bozor 
sharoitida raqobatni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.  
“O‟zbekiston  havo  yo‟llari”  MAK  faoliyati  va  “O‟zbekturizm”  MKning 
monopoliyalashgan faoliyati bozor munosabatlarining buzilishiga olib kelmoqda.  
Turoperatorlar  va  turagentlar  orasidagi  mehnat  ko‟pincha  aralashib  ketadi  va 
bir butun tizimni tashkil etadi. Masalan, katta turistik firma   “Sogda Tour” o‟zining 
“Silk tour” turagentlik firmasiga ega.  
“Sogda  tour”  mahsulotlarini  bir  yo‟nalishda  sotishga  moslashgan.  Natijada 
mustaqil ravishda elektron rezervlashni amalga oshiradi.  
Turoperatorlik  bozorida  diverstifikastion  jarayonlarning  kengayishi  kuzatiladi. 
Ko‟pchilik  turistik  tashkilotlar  turoperatorlik  faoliyatini  kengaytirishayapti,  bir 
vaqtning o‟zida hususiy mehmonxonalarda yashash, transfer xizmati, aviakassalardan 
biletlarni  bronlashtirish  kabilar  bilan  shug‟ullanishmoqda.  Samarqand  viloyatida  30 
ga  yaqin  turistik  tashkilotlar  turoperatorlik  ishi  bilan  bir  qatorda  mehmonxonalarga 
joylashtirish  bilan  ham  shug‟ullanishmoqda.  Kuzatishlar  shuni  ko‟rsatadiki,  turistik 
tashkilotlarning  asosiy  muammolari  xodimlar  professional  darajasining  pastligi, 
nazariy  va  amaliy  bilimlarning  etarli  emasligi,  turistik  tashkilot  menejerlari 
tayyorgarlik  darajasining  pastligi,  hududda  mavjud  vaziyat  bo‟yicha  axborot-
ma‟lumotlarning  etarli  emasligi  (regional  iste‟molchilarning  alohida  talablari, 
dinamikasi haqidagi axborotlar, hududlar orasidagi aloqa darajasining past sifatliligi), 
korporativ  muloqotning  past  darajasi  (turfirmalar  orasida  biznes  aloqlarning, 
munosabatlarning  past  darajadaligi),  bozor  muammolarini  birgalikda  hal  qilishga 
intilmasliklari,  buning  o‟rniga  bir-biridan  yashirish,  g‟irrom  raqobat,  demping, 
yopiqlik, normativ hujjatlarni to‟liq ishlab chiqish, turistlardan keladigan daromadni 
noto‟g‟ri yo‟naltirish (turistlardan keladigan valyuta mablag‟lari hududni rivojlanishi 
uchun emas, xalqaro kreditlarni yopish uchun ishlatiladi).   

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish