O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

Iste‟molchilarning narxga munosabatlarini o‟rganish 
Iste‟molchining  narxga  nisbatan  egiluvchanligiga  ta‟sir  etuvchi  bir  necha 
omilni ko‟rib chiqamiz. 
Tovarning takrorlanma iste‟mol qiymati 
Xyustonda  Pappos  oilasi  singan  bir  nechta  restoranlarni  muvaffaqiyatli  ish 
yurituvchi  muassasalariga  aylantiradi.  Ularga  kirish  uchun  iste‟molchilar  xattoki 
xafta o‟rtasida kundo‟zgi ham bir soatlar chamasi navbatda turishadi. Pappos oilasi 
o‟z restoranlari tarmog‟ini iqtisodiy tushkunlik davrida, boshqa ko‟pchilik restoran 
egalarining foyda ololmayotganliklari hamda iste‟molchilarni jalb etish uchun “bir 
uchun  ikki”  kunlaridan  foydalanayotgan  vaqtlarda  rivojlantirishadi.  Pappos 
oilasining  bunday  ko‟ponlardan  foydalanishlari,  shuningdek  o‟z  ovqatlantirish 
xizmatlarini  sotishda  chegirmalar  qilishadi.  Ular  ovqatlarning  aksariyatini 
hammaga,  ya‟ni,  yuqori-o‟rta-kuyi  tabaqali  iste‟molchilarning  barchasiga  mos 
keluvchi  o‟rtacha  narxlarda  belgilashib,  iste‟molchilarda  o‟z  mahsulotlariga 
nisbatan  hammaga  mos  keluvchi  qiymat  hissini  uyg‟otishadi.  Ralf  Xitst 
ta‟killaganidek,  qiymat  taklif  etayotib  biz  xajm  yaratamiz.  O‟z  taklifingiz 
raqobatchilaringiz  taklifidan  farqlanishi  to‟g‟risidagi  fikrni  shakillantirayotib,  siz 
narx raqobatidan quto‟lasiz. Shunday asnoda sizning firmangiz iste‟molchiga unga 
raqobatchilarga  nisbatan  ko‟proq  afzalliklarga  ega  bo‟lgan  iste‟mol  qiymatini  
berayotganligini  anglatadi.  Shu  sababli,  shu  firma  yoki  o‟z  mahsuloti  uchun 
yuqoriroq narx belgilaydi, yoki o‟sha narxning o‟zida ko‟proq iste‟molchilarni jalb 
etadi. 
Shimoliy  Karolinadagi  K  &  W  kashfiyotlar  tarmog‟i  menyuda  doimiy 
ravishda  bir  xil  mahsulotlarni  taklif  etadi.  Ko‟pchilik  iste‟molchilar  menyuda 
xilma-xillik  etishmayotganligidan  narozi  ekanliklarini  bildirishsada,  ular  doimo 
tushlik qilish uchun o‟sha kafeteriylarga qaytib kelishadi. Chunki, K & W narx va 
iste‟mol  qiymat  orasidagi  shunday  nisbatni  topganki,  bu  Shimoliy  Karolina 
aholisining ko‟pchilik aholisi tomonidan tan olingan va ijobiy baholangan. 
Tovarni substitutlar bilan almashtirish imkoniyatini olish. 
Mavjudligini  iste‟molchilar  bilmasdan  alternativ  tovarlar  ularning  harid 
motivlariga 
ta‟sir  etmaydi.  Masalan,  birov  Melbrunda  o‟tkazilayotgan 
konferenstiyada ishtirok etish uchun bir o‟rta me‟yorda mehmonxonada o‟zi uchun 
joy band qilib qo‟ydi, unda sharoitlar konikarli bo‟lsada, usha shaxs shaharni sayr 
etganda boshqa bir yangi mehmonxonani uchratib kolib, unda tuxtaydi. U shaxs bu 
mehmonxonani ilgarirok bilganida albatta shu mehmonxonani afzal ko‟rgan bo‟lar 
edi. 
Mehmonxonalardagi restoranlar tovarlarni substitutlari bilan almashtirishning 
iloji  yo‟qligi  sababli  yuqori  narxlar  belgilayadi.  Kechqurun  etib  kelgan  mexmon, 


126 
 
odatda,  shahar  bilan  xali  tanishmagan  bo‟ladi  va  natijada  ertalab  shu  restoranda 
nonushta  qiladi.  U  nonushta  qilish  uchun  boshqa  yaxshiroq,  arzonroq  joylar 
mavjudligini bilsa-da, shu joyda ovqatlanadi, chunki mexmon bunday joyni topishi 
uchun  vaqt  lozim.  Mexmonda  esa buning ortiqcha  vaqt  yo‟qligi  sababli  ovqatdan 
tejagandan ko‟ra, vaqtdan tejashni afzal ko‟radi. 
Bunday  restoranlar  mehmonxona  xonalarida  shaharda  o‟tkazuvchi  ko‟ngil 
ochar tadbirlar to‟g‟risida bayon etuvchi nashrlarni tayyorlab tarkatishadi. Bunday 
restoranlar  qimmatligi  tufayli  maxalliy  aholini  jalb  etolmaydi,  faqatgina  shaharni 
bilmaydigan kelgindi mexmonlarni jalb etadi. Ba‟zi bir mexmonlar kun davomida 
boshqa  arzonroq  va  yaxshiroq  restoranlarni  topa  olishgani  sababli,  odatda, 
mehmonxona  restoranlari  kechqurun  bo‟shroq  bo‟lishadi.  Bunday  restoranlar 
ovqatlar  va  ichimliklarni  maxalliy  biznes  uchun  zarur  deb  hisoblashadi,  biroq 
ovqatlar va ichimliklar jalb etuvchi jozibadorlik sifatida foydalangan ma‟qulroqdir. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish