Bunday asboblarning tashqi diametrlari 18-22 mm, uzunligi 0,7 m.dan 2,0
m.gacha. Bu asboblar NKQ va ishlatish tizmasining oralig‗idan tushiriladi hamda
о‗lchash ishlari olib boriladi. Bunday sharoitda NKQ flanetsiga ekssentrik holda
osiladi. Diametri 146 mm.li ishlatish tizmalariga ikki qator quvur tushiriladi, ishlatish
tizmasining diametri 168 mm bо‗lsa 2 ½ NKQ tushiriladi. Halqa oralig‗i orqali quduq
tubidagi bosimni о‗lchash uchun MMM-1 (kichik о‗lchamli manjetli – elastik
MMM-1 asbobi kichik gabarit о‗lchamlariga ega bо‗lmaganligi uchun kichik
gabaritli quduq usti lubrikatorlari orqali quduqqa tushiriladi. Lubrikatorlar quduq
ustidagi flanetsda ekssentrik holda joylashgan. Shtangali chuqurlik nasosi bilan
ishlatilayotgan va quvur orqasida bosim mavjud bо‗lgan quduqlarni ham shu asboblar
Oqim profilini olish uchun kichik о‗lchamli sarf о‗lchagichlar yaratilgan va
ishlab chiqariladi. Kichik gabaritli sarf о‗lchagichlar quduqqa halqa oralig‗ining fazosi
orqali tushiriladi va yer ustidan boshqariladigan paker bilan ta‘minlangan. О‗lchash
416
prinsipi oqib о‗tuvchi suyuqlik sarfida elektr impul‘slarni yuzaga kelishiga asoslangan,
chastota sarfiga proporsionaldir.
Quduqlarni tadqiqot qilishda ―Patok-5‖ kompleks chuqurlik apparati
qо‗llaniladi, bir vaqtda beshta parametrlarni о‗lchaydi. Asbobda о‗lchanadigan quduq
tubidagi parametrlar tо‗xtovsiz chastotali elektr signallarni hosil qiladi va uni yer
ustiga bir tomirli brom pо‗lat bilan qoplangan kabel orqali uzatib turadi. Asbob
tushirilgan chuqurlikdagi apparatning bosimini, haroratni, suyuqlik sarfini, oqimdagi
neft va suvni nisbatlarini, quvurdagi buzilishlarni joylashuv joylarini yozib oladi.
Asbob beshta funksional mustaqil hosil qilgichlardan tuzilgan bо‗lib, chastotali
signallarning parametrlarini о‗lchaydi va pakerlovchi qurilmalarni masofadan
boshqaradi.
Hamma quvurlarda uchta tugunga birlashtirilgan termomanometrik bosim va
haroratni о‗lchash uchun; oqim о‗lchagich-umumiy suyuqlik sarfini va uning
tarkibidagi suvni о‗lchash uchun; lokatorlar-metall quvurlarning butunligini о‗lchashda
qо‗llaniladi. Bosimlarni о‗lchashda, oraliqlari gelikoidal prujinalarning turiga bog‗liq
bо‗ladi, yuqori chegarasi 25 yoki 40 MPa.gacha.
Pakerlarni simli osilmasini hosil qilgichini diametri 0.6 mm bо‗lganda, о‗lchash
qismining jamlanmasiga bog‗liq sarflarni tо‗liq о‗lchash oralig‗ini 8 dan 100 m
3
/kun –
gacha, quduq mahsulotlarini suvlanganligini 0 % dan 100 % gacha о‗lchaydi.
Asbobning uzunligi – 2900 mm, diametri 40 mm, og‗irligi 15 kg. Asbob о‗zgarmas
elektr toki rejimida ishlaydi, paker bilan boshqariladi. ±27v (musbat-ochiq, manfiy-
yopiq), parametrlarni о‗lchash rejimida ±33v, ishlayotgan tugunlarni qо‗shish rejimida
±70v.
Neft, gaz va suv yopiq tizimda yig‗ilganda, avtomatik guruhli qurilmalarda
о‗lchash ishlari olib boriladi, unda davriy ravishda har bir quduqning (neft va suv)
ishida gazning sarfini о‗zgarishi nazorat qilinadi.
Avtomatik guruhli qurilmalarda gazning srafining о‗lchash doimiy olib
borilmasligiga sabab, quduqdan chiqadigan mahsulot о‗lchangandan keyin qurilmada
qaytadan aralashtiriladi va bitta umumiy kollektor orqali birinchi bosqichli tozalashga
yoki neftni tayyorlash qurilmasiga (NTQ) haydaladi.
417
Neft bilan birgalikda qazib olinadigan gazning miqdorini va bosimni tushishini
epizodik о‗lchash uchun, biriktirilgan avtomatik guruhli о‗lchash asboblarida ―Sputnik
B-40‖ turidagi odatdagi differensial quvurchali manometrlar qо‗llaniladi. Drossellash
qurilmasi sifatida diafragmali va qin qо‗llaniladi. Gaz о‗zatma orqali bir kun davomida
о‗tadigan gazning miqdorini о‗lchash uchun о‗zi yozib boradigan DP-430, DP-410
differensial manometrlardan foydalaniladi. Kon amaliyotida neftli gazlarni о‗lchash
ishlarida diafragmali о‗lchov asboblari qо‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: