Quduqlarda tadqiqot olib borish yuqori darajada ishonchli bо‗lishi uchun
oqimning uchta yoki tо‗rtta barqaror rejimlarida tadqiqotlar olib boriladi. Har bir
rejimda suyuqlik debiti, gaz debiti, qatlam va quduq tubining bosimlari о‗lchanadi.
Quduqda debit guruhli о‗lchash qurilmalari (GUK) da, gaz esa-gaz sarf
yordamida о‗lchanadi. Kon sharoitida chuqurlik manometrlari va difmonometrlarning
bо‗lmaganda kichik gabaritli chuqurlik manometrlar yordamida о‗lchanadi. Bunda
quduq usti ekssentrik planshayba bilan jihozlanadi. Nasos-kompressorning pastki
qismi-chiroq bilan jihozlanadi. Bunday holatda chuqurlik manometri planshayba
boriladi. Qazib oluvchi quduqlarda oqim profilini aniqlash yoki haydovchi
quduqlarning sarfini aniqlashda chuqurlik debit о‗lchagich – sarf о‗lchagichlardan
Ishlovchi asboblar quduqlarga tushiriladi, qirqim bо‗yicha debitni yoki sarfni
taqsimlanishini ruyxatga oladi. Umumiy debitning kattaligini yoki suyuqlik sarfini
410
guruhli о‗lchash qurilmasi (GUK) da yoki yer usti sarf о‗lchagichi yordamida
о‗lchanadi.
Minimal qalinlikdagi qirqim oralig‗ida, qaysiki debit yoki sarflar о‗lchanadi. Bir
necha marta debit о‗lchangandan keyin-sarf о‗lchagichlar quduqqa nasos kompressor
quvurlari yordamida tushiriladi, boshqalari esa quduqqa elektr kabeli yordamida
tushiriladi.
Qatlam qirqimidagi haroratning о‗zgarishi distansiyali uzatiladi va qog‗oz
tasmaga yoziladi. Neftni qazib olish usuliga muvofiq tadqiqotni о‗tkazishdan oldin
quduq usti mos holdagi armatura bilan jihozlanadi.
Favvora va gazlift quduqlariga nasos kompressor quvurlari orqali asboblarni tushirish,
quduqning buferida ortiqcha bosim bо‗lganda amalga oshiriladi. Bunday holatda
harakatdagi quduqlarga о‗lchov asboblari maxsus germetikli, sal‘nikli qurilmalar
orqali tushiriladi-bu lubrikator deb ataladi (15.1-racm).
Lubrikator korpusdan (1) iborat bо‗ladi, u bufer qulfi (2) flanetsning yuqori
qismiga о‗rnatiladi va о‗lchami quduqqa tushirish uchun (3) asbobning о‗lchamiga
mos kelishi kerak. Korpusni yuqori uchida sal‘nikli qurilma (4) mavjud va kronshteyn
(6) yо‗naltiruvchi rolikni ushlab turadi. Lubrikatorda oqimni qо‗yuruvchi kran (7)
mavjud va oqimning о‗zgarishini (8) muvozanatlaydi.
Lubrikator quduq ustuniga zulfin (2) berkitilganida tо‗xtamasdan va favvora
yoki gazlift qudug‗ining ish rejimini buzmagan holda amalga oshiriladi. Bu vaqtda neft
yon tashlagichga (9) yо‗naltiriladi.
Quduqqa asbobni tushirishdan oldin sal‘nik (4) qopqog‗i ochiladi, qaysiki, u
orqali karotaj kabeli tortiladi yoki sim. Chuqurlik asbobi simga ulanadi, lubrikator
korpusiga kiritiladi va sal‘nik qopqog‗i (4) buraladi. Simga yо‗naltiruvchi rolik (6)
о‗raladi, kо‗taruvchi chig‗iriq barabaniga boradi. Lubrikator yig‗ilgandan sо‗ng zulfin
(2) ochiladi, bosim tenglashtiriladi va asbob quduqqa tushiriladi. О‗lchab bо‗lingandan
sо‗ng asbob kо‗tariladi va lubrikator korpusiga kiritiladi, zulfin (2) yopiladi, bosimlar
tenglashgandan keyin ventil (7) yordamida sal‘nikli qopqoq ochiladi va asbob olinadi.
Quduqda debit yuqori bо‗lganda (200 va katta t/kun) asbobni tо‗ldirish qiyin,
suyuqlikning oqimining gidravlik bosimiga qarshilik kо‗rsatishi sababli, asbobni
411
quduqqa tushirishga xalaqit beradi. Bunday holatda о‗lchovchi asboblarga shtanga
kо‗rinishidagi yuk osiladi. Kо‗pgina о‗lchov asboblari, ya‘ni chuqurlik manometrlari
harorat о‗lchagichlar, namuna olgichlarning hammasi asbobning ichiga alohida
о‗rnatiladi. Bunday asboblar quduqqa diametri 1,8-2,2 mm pо‗lat simlar yordamida
tushiriladi. Oraliq masofadan о‗lchaydigan hamma asboblar va debit о‗lchagichlar
uzoq masofadan boshqariladi, pakerni ochadi va yopadi hamda ingichka elektr kabelda
quduqqa tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: