413
Quduqlardagi sarf о‗lchagichlarning diametrlari 110, 100, 51 mm-li va undan
ham kichik bо‗ladi. Past qabul qiluvchan quduqlarda pakerlovchi qurilmali asboblar
qо‗llaniladi, yuqori о‗tkazuvchan quduqlarda-pakersiz, markazlagichlar qо‗llaniladi.
Hozirgi vaqtda neftli, gazli va haydovchi quduqlarni tadqiqotlashda oraliq
asboblar qо‗llaniladi. Birgalikda quduqqa pо‗lat simlarda tushiriladi, mustaqil
yozadigan debitomerlar ham qо‗llaniladi.
Kon amaliyotida keng qо‗llaniladigan quduqlarning sarf о‗lchagichlari va
debitomerlari:
RDG-3 quduqda masofaviy boshqariladigan sarf о‗lchagich, bir о‗ramli karotaj
kabelida quduqqa tushiriladi. RDG-3 sarf о‗lchagichning korpusining diametri 100
yoki 110 mm. Sarf о‗lchagichning qabul qiluvchanligi 3000 m
3
/kun.gacha bо‗lgan
haydovchi quduqlarni tadqiqot qilish uchun mо‗ljallangandir.
DGD-4 quduq debitomeri soyabon pakerli va neft quduqlarning debitini
о‗lchash uchun mо‗ljallangan. Hozirgi vaqtda RDG-3 bazasida DGD-4 debitomeri
ishlangan, har xil namunaviy turlarda ishlab chiqariladi, quduq asboblari har xil
pakerlovchi qurilmali konstruksiyada (diafragmali, vintli damlanadigan va boshqa)
ishlab chiqariladi, konlarda qо‗llaniladi.
Quduqlarni tadqiqot qilishda kо‗pgina holatlarda quduq tubining bosimi
chuqurlik manometrlari yordamida о‗lchanadi. Kо‗p turdagi chuqurlik manometrlari
mavjud, ulardan eng soddasi va keng qо‗llaniladigan MNG-2 alohida qayd qilinadigan,
geliksli quduq manometridir.
Bu manometrni eng sezgir elementi (1) kо‗p tarmoqli, bо‗sh tanali, tekis prujina-
geliks hisoblanadi, vakuum ostida yengil moy bilan tо‗ldiriladi. Bosim mavjud
bо‗lganda prujinaning ichki qismi tik о‗q atrofida qandaydir burchakka buriladi hamda
sо‗nggi momentida yuqorida berkitilgan tarmoq ma‘lum burchakka buriladi. Bu
burchak hamma tarmoqchalarni burilish burchagini yig‗indisiga teng.
Yuqori tarmoqchada (shoxchada) (2) tirnovchi pero mahkamlangan va burilish
burchagining burilishi bosimga proporsionaldir.
Geliksli prujinaning pastki uchi (3) sil‘fon bilan (elastik metall burg‗ili)
tutashadi, ya‘ni u suyuqliklarni ajratish rolini bajaradi. Sil‘fon (3) ham yog‗ bilan
414
tо‗ldirilgan. U quduq suyuqligi bilan yuviladi, bosim yо‗qotilmasdan (qiymati
о‗zgarmasdan) sil‘fon suyuqligi orqali geliks ichiga uzatiladi.
Yozib qayd qiluvchi qismi quyidagi elementlardan tuzilgan. Soat mexanizmi (4)
yuruvchi vintga (5) aylanma harakat beradi va (6) qayd qiluvchi moslamaga bir tekisda
ilgarilanma harakat uzatiladi. Shuning uchun moslamani tekis siljishi vaqtga
proporsional. Manometr detallaridan sil‘fon ajratilganda korpusni (7) mustahkam
germetikligini ta‘minlaydi va ichida atmosfera bosimi saqlanadi.
Sil‘fon joylashtirilgan moslama (kamera) teshiklar orqali tashqi muhit bilan
tutashadi. Asbobni pastki qismida maxsus kamerada maksimal harorat о‗lchagich
joylashtirilgan bо‗ladi, quduq tubidagi harakatni yozib olish va manometr
kо‗rsatkichlardagi harakat tuzatmalarini chiqarish uchun mо‗ljallangan.
MGP (15.2-rasm,b) porshenli turidagi manometrlar mavjud, uni sezgir elementi
shtok-porshen (1), chо‗zilgan prujina (2) hisoblanadi.
Moslamaning ichida blankalar joylashtiriladi va unda о‗tkir pero iz qoldiradi.
Bosimga proporsional tо‗xtovsiz siljiydigan moslamali pero yoyga yozadi. Qog‗ozda
kordinata о‗qlari R (bosim) va t (vaqtni) yozuvlarni qoldiradi. Ordinata (R) ni о‗lchash
yozuvini asl ma‘nosini ochish optik stoldagi mikrometrli vintlarda amalga oshiriladi.
Shtok kameraning ajratuvchi sal‘niki (3) orqali о‗tadi. Yuqoridagi A-kamerada–
atmosfera bosimi bilan pastdagi V–kamera esa tashqi muhit bilan tutashadi.
Kameralardagi bosimlar farqi shtok porshenning (1) kesimiga ta‘sir qiladi, ya‘ni
siljishida prujinani chо‗zadi. Atmosfera kamerasida shtokning uchiga pero (4)
о‗rnatilgan bо‗ladi, qog‗oz blankaga tik chiziqni chizadi. Bu chiziq pastki kameradagi
shtokning siljishiga teng va bosimga proporsional bо‗ladi.
Qog‗oz blanka stakan (5) moslamani ichki yuzasiga mahkamlangan bо‗ladi, soat
(6) mexanizmini sekin aylantiradi. Pastki kamera yog‗ bilan tо‗ldirilgan va quduqdagi
suyuqlikdan sil‘fon bilan bо‗lingan.
Bunday turdagi manometr konstruksiyasining yutug‗i asbobning kichik
diametrida ham shtokni katta siljishini, juda aniq yozuvlarni olish imkoniyatining
mavjudligidir. О‗zi zichlanadigan sal‘nikdagi ishqalanish, о‗lchashdagi xatoliklarni
keltirib chiqaradi. Shunga bog‗liq holda ba‘zi bir konstruksiyalarda, sal‘nikdagi
415
ishqalanishni kamaytirishda shtok doimiy aylantirish harakati bilan ta‘minlanadi.
Quduqlarda gidrodinamik tadqiqot olib borish uchun amaliyotda mavjud bо‗lgan
kichik о‗lchamli kо‗p sonli asboblardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: