silindrik qobiqlar uchun alohida yarim mahsulot-chetlari payvandlanib qayta ishlangan
va valsovka qilingan tunuka kо‗rinishida tayyorlangan 4 taglik va qopqoq uchun
payvandlashga bichilgan va qirqib olingan tunukalar kо‗rinishida tayyorlangan.
Bundan tashqari, montaj maydonchasiga butkul tayyor holatda yoki maksimal yirik
bloklarda xizmat qilinadigan zinalar va maydonchalarni, yuk kо‗taruvchi fermalar va
423
muhofalovchilari, yorug‗lik lyuklari, sathni о‗lchovli qurilmalar, kо‗prik kameralari va
h.) keltiriladi. Rezervuarlarni kо‗rsatilayotgan usulda yuqori unumdorlikda montaj
qilishning zaruriy shartlari bu tunuka о‗lchamlarini aniqligining va valsovka qilishning
yuqori darajada aniqlikda bajarilishi, shuningdek, payvandlashga mо‗ljallangan
bо‗laklarning tozaligi hisoblanadi.
Barcha silindrik rezervuarlar uchun montaj qilish ketma-ketligi taxminan bir
xildir. Yig‗ishni taglik tunukasi asosiga tо‗shamani chizma va markirovkaga qat‘iy
rioya kilgan holda tо‗shashdan boshlanadi. Tunukalarni uchma-uch yoki ustma-ust
payvandlanadi. Avval kо‗ndalang choklar, keyin bо‗ylama choklar payvandlanadi.
Payvandlashni qarama-qarshi bosqichli usulda rezervuar markazidan chetiga
yо‗naltirilgan usulda amalga oshiriladi. Tagliklar hoshiyali va ularsiz bо‗lishi mumkin
(15.6-rasm).
Birinchi holatda okraykalar tunukalarini uchma-uch payvandlanadi. Payvand
choklaridagi qoldiq kuchlanishni pasaytirish uchun va ―xlopun‖lar hosil bо‗lishini
kamaytirish uchun, tagliklarni okraykalarga montaj tamom bо‗lganidan sо‗ng va
rezervuar qobig‗ini payvandlash tamom bо‗lganidan sо‗ng payvandlanadi. Okraykasiz
tagliklarni konstruksiyalashda tunukalarni choklarni eniga 25mm dan kam bо‗lmagan
holda qoplab, ustma-ust payvandlanadi. Qobiqning birinchi belbog‗ini zichlab
yotqizish uchun tutashuv joylarida chetdan 200mm dan kamroq masofada ustma- ust
choklarni bitta tekislikka engashtiriladi.
Taglikni payvandlash asosan avtomatlarda, kam hollarda kul bilan amalga
oshiriladi. Payvand choklari tozalangandan sо‗ng, vakuum agregatga ulangan vakuum
kamera yordamida zichlikka tekshiriladi (15.7-rasm). Vakuum kamera ramasining
shakli sinalayotgan uchastka yuzasiga zich yotqizilishini ta‘minlaydi. Ramalarni
qalinligi 40-45mm gubkali rezinadan tayyorlanib, ustidan pleksiglas bilan qoplanadi,
bu peksiglas orqali kamera orqali uchastka kо‗rinib turadi. Kamera elektr
lampochkalar bilan yoritiladi, unda 500650mm sim. ust. siyraklashuvi yuzaga
keltiriladi. Sinovdan oldin choklarni sovunli eritma surtiladi; nuqsonli joylarda
kameraga surilayotgan havo kо‗pik hosil qiladi. Rezervuarlar qobiqlarini belbog‗lari
bо‗ylab montirovka qilinadi, ular о‗z navbatida kranlar yordamida kо‗tarilib
424
о‗rnatiladigan bir nechta valsovka qilingan tunukalardan yig‗iladi. Uzaytirilgan strelali
yoki о‗ziyurar kranlarni odatda, rezervuarning о‗rtasiga, qoidasi bо‗yicha taglikka
payvandlab bо‗lingan holatda joylashtiriladi. Taglikni joydagi pachaqlanishlardan
muhofazalash uchun kran ostiga qattiq rama joylashtiriladi. Juda katta kranlarni
yig‗ishda bir nechta kranlar qо‗llanilsa ham bо‗ladi, ular kо‗rilayotgan rezervuar
bо‗ylab о‗rnatiladi. Har bir tunukani kо‗tarishdan oldin unga zaruriy montaj
qurilmalari, (biriktiruvchi plankalar, tirqish moslamalari), podmostlar uchun
kronshteynlar, xuddi qobiq yuzasining tashqarisidan montaj davomida о‗rnatilganidek
ichkarisidan ham о‗rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: