O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti t. R. Yuldashev, J. T. Nurmatov


Quduqdagi suyuqlik va gazning sarfini  о„lchash



Download 11,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/371
Sana03.01.2022
Hajmi11,93 Mb.
#314249
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   371
Bog'liq
fayl 1832 20210916

Quduqdagi suyuqlik va gazning sarfini  о„lchash 


 

413 


Quduqlardagi  sarf  о‗lchagichlarning  diametrlari  110,  100,  51  mm-li  va  undan 

ham  kichik  bо‗ladi.  Past  qabul  qiluvchan  quduqlarda  pakerlovchi  qurilmali  asboblar 

qо‗llaniladi, yuqori о‗tkazuvchan quduqlarda-pakersiz, markazlagichlar qо‗llaniladi. 

Hozirgi  vaqtda  neftli,  gazli  va  haydovchi  quduqlarni  tadqiqotlashda  oraliq 

asboblar  qо‗llaniladi.  Birgalikda  quduqqa  pо‗lat  simlarda  tushiriladi,  mustaqil 

yozadigan debitomerlar ham qо‗llaniladi. 

Kon  amaliyotida  keng  qо‗llaniladigan  quduqlarning  sarf  о‗lchagichlari  va 

debitomerlari: 

RDG-3 quduqda  masofaviy  boshqariladigan sarf  о‗lchagich,  bir  о‗ramli  karotaj 

kabelida  quduqqa  tushiriladi.  RDG-3  sarf  о‗lchagichning  korpusining  diametri  100 

yoki  110  mm.  Sarf  о‗lchagichning  qabul  qiluvchanligi  3000  m

3

/kun.gacha  bо‗lgan 



haydovchi quduqlarni tadqiqot qilish uchun mо‗ljallangandir. 

DGD-4  quduq  debitomeri  soyabon  pakerli  va  neft  quduqlarning  debitini 

о‗lchash  uchun  mо‗ljallangan.  Hozirgi  vaqtda  RDG-3  bazasida  DGD-4  debitomeri 

ishlangan,  har  xil  namunaviy  turlarda  ishlab  chiqariladi,  quduq  asboblari  har  xil 

pakerlovchi  qurilmali  konstruksiyada  (diafragmali,  vintli  damlanadigan  va  boshqa) 

ishlab chiqariladi, konlarda qо‗llaniladi.  

Quduqlarni  tadqiqot  qilishda  kо‗pgina  holatlarda  quduq  tubining  bosimi 

chuqurlik  manometrlari  yordamida  о‗lchanadi.  Kо‗p  turdagi  chuqurlik  manometrlari 

mavjud, ulardan eng soddasi va keng qо‗llaniladigan MNG-2 alohida qayd qilinadigan, 

geliksli quduq manometridir. 

Bu manometrni eng sezgir elementi (1) kо‗p tarmoqli, bо‗sh tanali, tekis prujina-

geliks  hisoblanadi,  vakuum    ostida  yengil  moy  bilan  tо‗ldiriladi.  Bosim  mavjud 

bо‗lganda prujinaning ichki qismi tik о‗q atrofida qandaydir burchakka buriladi hamda 

sо‗nggi  momentida  yuqorida  berkitilgan  tarmoq  ma‘lum  burchakka  buriladi.  Bu 

burchak hamma tarmoqchalarni burilish burchagini yig‗indisiga teng. 

Yuqori  tarmoqchada  (shoxchada)  (2)  tirnovchi  pero  mahkamlangan  va  burilish 

burchagining burilishi bosimga proporsionaldir.  

Geliksli  prujinaning  pastki  uchi  (3)  sil‘fon  bilan  (elastik  metall  burg‗ili) 

tutashadi,  ya‘ni  u  suyuqliklarni  ajratish  rolini  bajaradi.  Sil‘fon  (3)  ham  yog‗  bilan 



 

414 


tо‗ldirilgan.  U  quduq  suyuqligi  bilan  yuviladi,  bosim  yо‗qotilmasdan  (qiymati 

о‗zgarmasdan) sil‘fon suyuqligi orqali geliks ichiga uzatiladi.  

Yozib qayd qiluvchi qismi quyidagi elementlardan tuzilgan. Soat  mexanizmi (4) 

yuruvchi vintga (5) aylanma harakat beradi va (6) qayd qiluvchi moslamaga bir tekisda 

ilgarilanma  harakat  uzatiladi.  Shuning  uchun  moslamani  tekis  siljishi  vaqtga 

proporsional.  Manometr  detallaridan  sil‘fon  ajratilganda  korpusni  (7)  mustahkam 

germetikligini ta‘minlaydi va ichida atmosfera bosimi saqlanadi. 

Sil‘fon  joylashtirilgan  moslama  (kamera)  teshiklar  orqali  tashqi  muhit  bilan 

tutashadi.  Asbobni  pastki  qismida  maxsus  kamerada  maksimal  harorat  о‗lchagich 

joylashtirilgan  bо‗ladi,  quduq  tubidagi  harakatni  yozib  olish  va  manometr 

kо‗rsatkichlardagi harakat tuzatmalarini chiqarish uchun mо‗ljallangan. 

MGP (15.2-rasm,b) porshenli turidagi manometrlar mavjud, uni sezgir elementi 

shtok-porshen (1), chо‗zilgan prujina (2) hisoblanadi. 

Moslamaning  ichida  blankalar  joylashtiriladi  va  unda  о‗tkir  pero  iz  qoldiradi. 

Bosimga proporsional tо‗xtovsiz siljiydigan  moslamali pero yoyga  yozadi. Qog‗ozda 

kordinata о‗qlari R (bosim) va t (vaqtni) yozuvlarni qoldiradi. Ordinata (R) ni о‗lchash 

yozuvini asl ma‘nosini ochish optik stoldagi mikrometrli vintlarda amalga oshiriladi. 

Shtok  kameraning  ajratuvchi  sal‘niki  (3)  orqali  о‗tadi.  Yuqoridagi  A-kamerada–

atmosfera  bosimi  bilan  pastdagi  V–kamera  esa  tashqi  muhit  bilan  tutashadi. 

Kameralardagi  bosimlar  farqi  shtok  porshenning  (1)  kesimiga  ta‘sir  qiladi,  ya‘ni 

siljishida  prujinani  chо‗zadi.  Atmosfera  kamerasida  shtokning  uchiga  pero  (4) 

о‗rnatilgan bо‗ladi, qog‗oz blankaga tik chiziqni chizadi. Bu chiziq pastki kameradagi 

shtokning siljishiga teng va bosimga proporsional bо‗ladi. 

Qog‗oz blanka stakan (5) moslamani ichki yuzasiga mahkamlangan bо‗ladi, soat 

(6) mexanizmini sekin aylantiradi. Pastki kamera yog‗ bilan tо‗ldirilgan va quduqdagi 

suyuqlikdan sil‘fon bilan bо‗lingan.  

Bunday  turdagi  manometr  konstruksiyasining  yutug‗i  asbobning  kichik 

diametrida  ham  shtokni  katta  siljishini,  juda  aniq  yozuvlarni  olish  imkoniyatining 

mavjudligidir.  О‗zi  zichlanadigan  sal‘nikdagi  ishqalanish,  о‗lchashdagi  xatoliklarni 

keltirib  chiqaradi.  Shunga  bog‗liq  holda  ba‘zi  bir  konstruksiyalarda,  sal‘nikdagi 




 

415 


ishqalanishni  kamaytirishda  shtok  doimiy  aylantirish  harakati  bilan  ta‘minlanadi. 

Quduqlarda  gidrodinamik  tadqiqot  olib  borish  uchun  amaliyotda  mavjud  bо‗lgan 

kichik о‗lchamli kо‗p sonli asboblardan foydalaniladi. 

 


Download 11,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish