4.12 - rasm. Teskari buralma klapan:
I- gayka; 2 - shpilka; 3-ilgak; 4 - kronshteyn; 5 - shayba; 6 - bolt; 7 -qistirma; 8 -qopqoq; 9-
korpus; 10 -o‗q; 11 -qattiq yopilgich; 12 - shplint; 13 - stopor gaykasi.
Qo‗ldastakli
nasos
yordamida
gidravlik
yuritmalarni
mahalliy
boshqarishning imkoniyati oltiyurishli qo‗shgichli tizimda qo‗shish masalasi ko‗rib
chiqilgan. Magistral neftuzatmalarida ko‗pincha buralma turidagi teskari klapnalar
qo‗llaniladi va ularning konstruksiyasi 4.12 – rasmda keltirilgan.
4.5. Oldindan saqlovchi qurilmalar
Idishlarni, apparatlarni, sig‗imlarni, quvur uzatmalarni va boshqa texnologik
jihozlarni ko‗tilmaganda bosimning oshib ketishi ta‘siridan himoyalash uchun
oldindan saqlovchi klapanlar qo‗llaniladi. Oldindan saqlovchi klapanlar jihozlarni
gazni yoki suyuqlikning yuqori bosimidan foydalanishni xavfsizligini ta‘minlaydi.
Tizimdagi bosimning qiymati chegaradan oshib ketganda oldindan saqlovchi
klapanavtomatik ochiladi va ortiqcha keraksiz bosimni ishchi muhitdan chiqarib
yuboradi hamda avariyaning oldi olinadi. Bosim tashlangandan keyin bosimning
138
qiymati klapan ishga tushishi bosimidan ham past bo‗ladi, oldindan saqlovchi
klapan avtomatik ravishda yopiladi va uning yopiqligi tizimda bosim qaytadan
chegaralangan bosimdan oshguncha saqlanib turadi.
“Oldindan saqlash klapani” degan nomdan tashqari “qayta o„tkazish” va
“oldindan saqlovchi – qayta o„tkazish” degan nomlar ham qo„llaniladi.
Oldindan saqlovchi klapan
– bosimni avtomatik tashlovchi qurilma bo‗lib,klapan
oldida paydo bo‗ladigan statik bosimni harakatga keltiradi, muhitga tashlanadigan
sopladan chiqadigan oqimning dinamik ta‘sir qilishi hisobiga zolotnikni tezda to‗liq
ko‗tarishi bilan ajralib turadi. Oldindan saqlovchi klapanlar gazlarda va bug‗larda
qo‗llaniladi.
Qayta o„tkazuvchi klapan
- bosimni avtomatik tashlovchi qurilma bo‗lib,
klapan oldida paydo bo‗ladigan statik bosimni harakatga keltiradi, eng yuqori
ochilish bosimida zolotnikni asta – sekin proporsional oshishi bilan ajralib turadi.
Qayta qo‗yiruvchi klapanlar suyuqliklarda qo‗llaniladi.
Oldindan saqlovchi – qayta qo„yiruvchi klapan
- avtomatik qurilma bo‗lib,
qaysiki, oldindan saqlovchi klapan sifatida yoki qo‗llanilish turiga bog‗liq holda
qayta o‗tkazish klapani sifatida ham foydalaniladi. Bu klapanlar gazlarda oldindan
saqlash sifatida, suyuqliklarda esa – qayta o‗tkazgich sifatida qo‗llaniladi.
Oldindan
saqlovchi
klapanlarga
qo‗yiladigan
asosiy
talablar
standartlashtirilgan va qonuniy tartibda ularga rioya qilinadi. Amalda mavjud
bo‗lgan oldindan saqlovchi klapanlar bir nechta belgilariga muvofiq sinflarga
ajratiladi.
Золотникка бериладиган юкланмани тури бўйича
Yuk turidagi oldindan saqlovchi klapanlar uzluksiz ravishda
zolotnikka yuklanma beradi (4.13 – rasm, a). Ularning konstruksiyasi juda sodda,
ammo ular soplaning ko‗ndalang kesim yuzasi juda kichik bo‗lganligi uchun juda
kichik bosimda qo‗llaniladi, chunki zolotnikka katta yuklanmani qo‗yib bo‗lmaydi.
Bundan tashqari bu klapanlar tebranishga beriluvchan va tashqi begona ta‘sirlarni
juda qabul qiluvchan, shuning uchun qo‗zg‗aluvchan tizimlarda qo‗llanilishi
mumkin emas.
139
Yuk turidagi oldindan saqlovchi klapanlarda yuklanma to‗g‗ri zolotnikka
berilmaydi (4.13 – rasm, b) va bularga richagli oldindan saqlovchi klapanlar kiradi.
Ularning asosiy afzalliklari – zolotnikka beriladigan yuklanma uni ko‗tarishda
doimiy (bu oldingi klapanga to‗g‗ri keladi) qoladi. Bundan tashqari richagli
oldindan saqlovchi klapan bosimga o‗rnatilganda u ochilishi kerak (o‗rnatiluvchi
bosim), richagda yuk aniq va uni ko‗chishi amalga oshiriladi.
Ammo richagli oldindan saqlovchi klapanlar amaliy kamchiliklarga ega ya‘ni
ularning qo‗llanilish imkoniyatining chegaralari cheklanadi. Bunday klapanlar
qo‗zg‗aluvchan qurilmalarda hamda titrashlarni paydo qiladigan qurilmalarda
qo‗llab bo‗lmaydi. Bu klapanlarni bosim keskin pulsatsiyalanadigan qurilmalarda
qo‗llab bo‗lmaydi, chunki richakning uzunligi katta bo‗lganda yuk ta‘sirida
pulsatsiyali zo‗riqish paydo bo‗ladi.
Prujinali saqlovchi klapanlar. Prujinali saqlovchi klapanlarda muhitning
bosimida zolotnikka prujinaning kuchi qarshi ta‘sir qiladi.
Klapan prijinaning katta yoki kichik siqilishiga o‗rnatiladi. Prujinali
saqlovchi klapanlar hamma joyda faqat apparatlardan va qurilmalardan tashqari
bosim chegaralanishi kerak bo‗lgan joylarda qo‗llaniladi. Prujinali saqlovchi
klapanlar tik holda ham gorizontal holatda ham o‗rnatiladi ammo ularni tik
o‗rnatishga yo‗naltirish zarur hisoblanadi. Prujinali saqlovchi klapanlarda amaldagi
afzalliklar – katta o‗tish kesimlarida ularning gabarit o‗lchamlarining nisbatan
kichikligidir. Bunga kuchli prujinalarni qo‗llash asosida erishiladi.
Zolotnikni ko„tarilish balandligi
– saqlovchiklapanlarni asosiy tavsiflaridan biri
hisoblanadi va u o‗tkazish ko‗rsatgichining kattaligi bilan aniqlanadi.
Oldindan saqlovchi klapanlarning amalda uchta turi mavjud.
Past ko‗taruvchi saqlovchi klapanlar bo‗lib, unda zolotnikni ko‗tarish
balandligini sopla diametriga nisbati 1/20 : 1/40 ga teng, muhit orqali o‗tadigan
yoriqning kesimi soplaning kesim yuzasiga nisbatan ancha kichik bo‗ladi. Bunga
juda sodda saqlovchi klapanlar mansub, qachonki, katta o‗tkazish ko‗rsatgichi talab
qilinmaganda suyuqliklarni saqlashda qo‗llaniladi.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |