4.4. Teskari klapanlar
Teskari klapanlar quvur uzatmasi muhitidan oqimni teskari
yo‗nalishini oldini olishga mo‗ljallanadi, masalan nasos kutilmaganda ishdan
to‗xtab qolganda avariyalarni oldini oladi. U o‗zi ta‘sir qiluvchi avtomatik oldindan
saqlovchi hisoblanadi.
Teskari klapanning asosiy tugunlari. U oqimni bir tomonga yo‗nalish
bo‗yicha o‗tkazadi va teskari oqimni berkitadi.
4.10 - rasm. Magistral quvur uzatmalardagi gidravlik yuritmali kranlarni oraliq
masofadan boshqarishning sxemasi:
a – bir gidravlik silindrli; b - ikkita gidravlik silindrli; 1–ochishdagi avtomatikishga qo‗shgich; 2
–yopishdagi avtomatik ishga qo‗shgich; 3 – yopish uchun gidravlik ballon; 4 – ochish uchun
gidroballon; 5 –olti yurishli ishga qo‗shgich; 6 - gidravlik silindr; 7 –boshqariladigan kran; 8 –
qo‗ldastakli nasos.
Do'stlaringiz bilan baham: |