O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N – nazariy ta’lim;
A – amaliy ta’lim;
NA – birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX – maxsus xonalarda mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol javob, munozara, test, amaliy topshiriq
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzular nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
I cyemestr
|
1.1.
|
Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatish muassasalari ishini tashkil qilish.
|
Amaliy mashg‘ulot oilaviy poliklinikalarda, ayollar maslahatxonalarida va klinika oldi amaliyot xonalarida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bemorlarni va homiladorlarni qabul qilish hamda hisobga olish va kuzatishda ishtirok etadilar. O‘zb Res SSV 25. 12. 2017yil №777 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 111-raqamli tibbiy hujjat- homilador va tuqqan ayolning shaxsiy varaqasi tibbiy hujjatlarni yuritishni o‘rganadilar. Amaliy shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish stansiyalarda, tug‘ruq majmualarida va klinika oldi amaliyot xonalarida o‘tkaziladi.Akusherlik majmualarida aseptika va antiseptikaning alohida ahamiyati hamda tibbiy xodimlarning va o‘quvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari zarurligiga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi.
O‘quvchilar qo‘lni yuvishni, ishlatilgan asbob-anjomlarni SSVning amaldagi buyruq talablariga asosan zararsizlantirishni va sterillashni o‘rganadilar. O‘qituvchi sterillash jarayonida o‘quvchilarni texnika havfsizligi qoidalariga amal qilishlari lozimligini uqtiradi.
|
20
|
20
|
10
|
1.2.
|
Akusherlik va ginekologik yordam ko‘rsatish muassasalari qabulxona ishi.
|
Qabulxonaning tibbiyot xodimi o‘z tashki ko‘rinishi, ozodaligi, o‘zini tuta bilishi, xushmuomalaligi bilan ajralib turishi kerak. O‘kuvchi tug‘ruq majmua qabul bo‘limining katta xamshirasi raxbarligida ishlaydi. TMning qabulxona bo‘limiga taaluqli bo‘lgan buyruqlar va ko‘rsatmalari bilan tanishadilar. Ayol jinsiy a’zolarini tekshirish usullarini o‘rganishadi.
Chanoqning anatomik tuzilishi va o‘lchamlarini o‘rganish. Chanoq tubi mushaklarini o‘rganish. Chanoq o‘lchamlarini chanoq o‘lchagich vositasida chanoq skeleti va homilador ayollarda o‘lchash.
Qabulxonada laborator tekshirishlarga qon, siydik, axlat, qusuq massa, yuvindi suvlarni olishni va laboratoriyaga yuborish uchun hujjatlarni to‘ldirishni o‘rganadilar.
Qinning tozalik darajasini aniqlash va funksional test diagostikasi haqida ma’lumot berish.Qabulxonaga kriminal bemorlar kelganda to‘ldiriladigan hujjatlar bilan tanashadilar va ularning kiyim-boshlariga “AKT” tuzishni o‘rganadilar. Qabulxonaning sanitariya-epidemik tartiblarni o‘rganadalar. Bemolarda antropometrik ko‘rsatkichlarni aniqlashda ishtirok etadilar. Bemorlarga kasallik tarixining pasport qismini to‘ldirishni va qayd qilish daftariga belgilashni o‘rganadilar, bemolarni vannada yoki dushda yuvintirishda ishtirok etadilar.Bitlagan bemorlarni sanitariya tozalovidan o‘tkazishni o‘rganadilar.
|
20
|
20
|
10
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |