VIII – BOB. OʼLCHАSH NАTIJАLАRINI NOАNIQLIGINI BАHOLАSH NАTIJАLАRINI TАQDIM QILISH VА HISOBOTINI TUZISH
§8.1. Noaniqlikni baholash va taqdim qilishning qisqacha tavsifi
ISO/IEC 98-3:2008 Oʼlchashlar noaniqligini ifodalash boʼyicha xalqaro qoʼllanmaga muvofiq oʼlchash noaniqligini baholash va taqdim qilish quyidagi bosqichlar ketma-ketligida bajariladi:
Oʼlchanayotgan kattalik bilan kirish kattaliklari ning oʼzaro aloqasini funktsional boliqlik koʼrinishida iofdalash zarur. Funktsiya barcha kattalikdan, jumladan oʼlchash natijalari noaniqligiga sezilarli taʼsir qiladigan tuzatma va tuzatish koeffitsientlaridan iborat boʼlishi lozim.
Kirish kattaligi bahosini kuzatish natijalarini statistik tahlili asosida yoki boshqa usullarda bahosini olish.
Har bir kirish bahosini standart noaniqligi baholanadi. Koʼp marta kuzatish natijalari asosida olingan kirish kattaliklarining standart noaniqligini baholash А tur standart noaniqlikni baholash usuli bilan bajariladi.
Аgarda kirish kattaliklari orasida oʼzaro korrelyatsiyalanganlari mavjud boʼlsa ularning kovaratsiyasi baholanadi.
Oʼlchash natijasi hisoblanadi, yaʼni 2 bosqichda olingan baholashlarda argument sifatida foydalanib funktsional bogʼliqligi boʼyicha oʼlchanayotgan kattalik bahosi topiladi.
Oʼlchash natijasini standart noaniqliklari va kirish kattaliklarini kovaratsiyasi asosida yigʼindi standart noaniqlik topiladi. Аgar oʼlchash natijasida ikki va undan ortiq boʼlsa, ularning kovarayiyasi topiladi.
dan gacha boʼlgan intervalni aniqlash uchun kengaytirilgan noaniqlikni aniqlash talab qilinsa yigʼindi standart noaniqlik asosan qiymati 2 dan 3 gacha boʼlgan oraliqdagi qiymatlarni qabul qiluvchi qamrab olish koeffitsientiga koʼpaytiriladi. Kengaytirilgan noaniqlik formuladan aniqlanadi. k ning qiymati dan gacha boʼlgan interval uchun maʼqul boʼlgan ishonch darajasi asosida tanlanadi.
Oʼlchash natijasi uning yigindi standart noaniqligi yoki kengaytirilgan noaniqlik bilan birga taqdim qilinadi.
Oʼlchash noaniqligini baholash va taqdim qilishda quyidagi xulosalarni shakllantirib olish mumkin:
- oʼlchashlar noaniqligi GUM da (GUM - Guide to the expression of uncertainty in measurement - Oʼlchashlar noaniqligini ifodalash boʼyicha qoʼllanma) tavsiya qilingan qoida va tavsiyalarga muvofiq, shuningdek JCGM (JCGM - Joint Committee for Guides in Metrology – Metrologiyada rahbarlik boʼyicha birlashgan qoʼmita) tomonidan nashr qilinadigan hujjat talablari asosida olib boriladi;
- maʼlum oʼlchash vazifazalari uchun, masalan, oʼlchash vositalarini kalibrlashda noaniqlikni baholash, mahsulot sinovida uning sifat va xavfsizlik koʼrsatkichlarini noaniqligini baholash va boshqa tor doiradagi oʼlchashlar sohalari uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar, uslubiy tavsiyalardan noaniqlikni baholashda foydalanish mumkin;
- koʼpgina hujjatlar noaniqlikni baholash boʼyicha sxema va tartiblarni berishiga qaramasdan, ularning hech biri noaniqlikni baholash uchun zarur boʼladigan mutaxssisdagi tanqidiy fikrlash, intellektual salohiyat va professionallik kabi xususiyatlarni oʼrnini bosa olmaydi. Chunki, tajribalar shuni koʼrsatadiki, noaniqlikni baholovchi mutaxassisda oʼlchashlarning fizik asoslarini, ularni matematik modellashtirish, olingan natijalarga matematik ishlov berish boʼyicha bilim va malakasi boʼlmasa, u holda ushbu sohadagi xalqaro hujjatlarni amaliyotga qoʼllash chegaralanishi mumkinligini koʼrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |