O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet24/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Modellash. Model [fr. Modele < lot. Modulus - o‘lchov, me’yor] 1 Biror narsaning ( mas., avtomobil, inshoot, kiyim va sh.k. ning) xuddi o‘zidek yoki kichraytirib, kattalashtirib olingan, ko‘plab ishlab chiqarish uchun andoza bo‘ladigan nusxa79. Modellash - fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar (jonli va jonsiz tizimlar, muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar hamda loyihalanadigan obyektlar)ning modellarini yasash80.
Demak, ilmiy-tadqiqot faoliyatida modellash o‘rganilayotgan predmet yoki hodisani uning muhim xususiyatlari va tavsiflarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘xshashi(analogi, modeli) bilan almashtirishga asoslangan metod. Iqtisodiy tadqiqotlarda iqtisodiy-matematik modellar keng qo‘llaniladi. Bunda model va uning asli tenglama bilan bayon qilinadi hamda kompyuter yordamida tadqiq qilinadi.
Abstraksiyalash - Abstraksiya (lot. abstractio - ajratish, mavhumlash) - 1) butunning bir tomoni, momenti, bo‘lagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar(abstarkat) narsa; 2) bilishda obyektiv reallikdagi predmet, hodisalarning ikkinchi darajali, uncha muhim bo‘lmagan ayrim xususiyatlaridan xayolan uzoqlashtiruvchi va shu asosda ularning eng muhim, asosiy tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi fikriy model. Narsa va hodisalarning konkret tomon va belgilaridan uzoqlashish va muhim jihat, belgilarini ajratish jarayoni abstraksiyalash (mavhumlashtirish), shu jarayonning natijasi, yakuni, xulosasi esa abstraksiya deyiladi81.
Demak, abstraksiyalash bilish metodi sifatida muayyan predmetlardan umumiy tushunchalar va rivojlanish qonuniyatlariga o‘tish uchun yordam beradi. Ushbu metod iqtisodiy tadqiqotlarda istiqbolli rejalarni tuzishda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda korxonalarning o‘tgan davrdagi faoliyatini o‘rganish asosida tarmoq yoki mintaqaning kelgusi davrdagi rivojlanish prognozi tuziladi. 73 74 75
Konkretlashtirish metodi tadqiqot predmetining barcha tomonlarini, makonda va zamonda real mavjudligini hamda sifati xilma- xilligini o‘rganishdan iborat. Shu jihatlari bilan konkretlashtirish abstraksiyalash (ajratib o‘rganish)dan farq qiladi. Shuningdek, bunda tadqiqot predmetining holati uning mavjudligi va tarixiy rivojlanish shart-sharoitlari bilan bog‘liqlikda o‘rganiladi.
Masalan, tarmoqni rivojlantirish istiqbollari innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini, moddiy va mehnat resurslari hamda boshqalarning muvozanatlashtirilishi aniq hisob- kitoblar asosida aniqlanadi.
Tizimli tahlil metodining mohiyati obyektni tizimni tashkil etadigan elementlarning majmui sifatida o‘rganishdan iborat. Bu metod ilmiy tadqiqotlarda obyektni uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha elementlarning birgalikdagi tizimi - majmu sifatida baholashni nazarda tutadi.
Ushbu metod iqtisodiy tadqiqotlarda ishlab chiqarish birlashmalari va butun tarmoq faoliyatini har tomonlama o‘rganishda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish proportsiyalarini va shu kabilarni aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Afsuski, ilmiy-tadqiqotlarda tizimli tahlilning yagona metodikasi hozircha mavjud emas. Tadqiqot o‘tkazish amaliyotida tizimli tahlil quyidagi metodikalardan foydalanish yo‘li bilan qo‘llaniladi:

  • operatsiyalarni tadqiq qilish nazariyasining tadqiqot obyektlarini miqdor jihatdan baholashga imkon beradigan protsedurasi;

  • mavhumlik sharoitida obyektlarni tadqiq qilish uchun tizimlarni tahlil qilish;

  • murakkab tizimlarni ularning ishlatilishini tadqiq qilish jarayonida loyihalash va sintezlash;

Funksional qiymat tahlili (FQT) - obyekt (hodisa, buyum, jarayon, tuzulma)ni uning funksiyalari va qiymati bo‘yicha mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanilishini o‘rganishda qo‘llaniladigan tadqiqot metodi. FQTning eng muhim prinsiplari quyidagilar:

  • qo‘yilgan talablarni to‘laroq qondirishning oqilona yodlarini tanlashda obyektni va uning funksiyalarini tadqiq qilish chog‘ida funksional yondashuv;

  • obyektni yaratish, ishlab chiqarish va undan foydalanish xarajatlari, uning iste’mol xususiyatlarini baholashga milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan yondashuv;

  • funksiyalar foydaliligi va ularni amalga oshirish xarajatlarining muvofiqligi;

  • qidiruv va texnik yechimlarni shakllantirish, yechimlar variantlarini miqdor va sifat jihatdan baholash metodlaridan foydalanadigan jamoa ijodi.

FQTning maqsadli funksiyasi bo‘lib, obyektning iste’mol qiymati va uni ishlab chiqishga qilingan jami xarajatlari o‘rtasidagi optimal nisbatga erishish, ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlarning tannarxini pasaytirish va uning sifatini hamda mehnat unumdorligini oshirish hisoblanadi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish