O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


IQTISODIY TADQIQOTLAR METODIKASINI SHAKLLANTIRISH



Download 1,62 Mb.
bet27/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

IQTISODIY TADQIQOTLAR
METODIKASINI
SHAKLLANTIRISH

Ushbu bobni Organish natijasida Siz:

  • tadqiqot obyekti sifatida iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlari;

  • iqtisodiy tadqiqotlarning gnoseologik jihatlari

to'g'risida bilimlarga;

  • iqtisodiy tadqiqotlar metodikasini shakllantirish;

- iqtisodiy tadqiqotlarda abstraksiyalash, empirik umumlashtirish, iqtisodiy prognozlar va modellar tuzish ko'nikmalariga ega bo'lasiz.

  1. BOB. IQTISODIY TADQIQOTLAR METODIKASINI

SHAKLLANTIRISH
Agar iqtisodchilar otni o ‘rganmoqchi bo ‘lsalar,otlarni borib ko ‘rish o ‘rniga,kabinetida o‘tirib, «Men ot bo‘lganimda o‘zimni qanday tutgan bo ‘lar edim?» degan savol ustida bosh
qotiradilar.
Eli Devons, ingliz iqtisodchisi

  1. §. Iqtisodiy tadqiqotlarning gnoseologik jihatlari

Iqtisodiy munosabatlarni o‘rganish maqsadida ularni obyekt sifatida shakllantirish, ya’ni ma’lum bir shartlilik bilan chegaralash zarur. Ta’kidlash joizki, iqtisodiy tadqiqotlar obyekti - odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning shartli ravishda ajratib olingan bo‘lagi bo‘lib, ularda ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash jarayonlari, qadriyatlar va ehtiyojlar shakllanadi. Ushbu ta’rifni Robinzon Kruzo yashagan oroldagi iqtisodiy munosabatlarga nisbatan qo‘llash mumkinmi? Yo‘q, mumkin emas, chunki odam - bu ijtimoiy mavjudot bo‘lib, har qanday ijtimoiy mavjudot kabi, u ham yashash uchun zarur bo‘ladigan narsalar bilan birga tug‘ilmaydi, balki ularni jamiyatda tarbiyalanishi jarayonida egallaydi. Robinzon Kruzo orolda o‘z hayotini, bu yerga kelishdan avval, odamlar jamoasida yashagan vaqtida orttirgan zarur mehnat vositalari va predmetlari tufayligina yo‘lga qo‘ya olgan. Shunday ekan, bitta odam yolg‘iz o‘zi iqtisodiy munosabatlar va natijada, tadqiqotlar obyekti bo‘la olmaydi. Uy xo‘jaligi, tuman, shahar, viloyat, tarmoq, mintaqa, mamlakat, mamlakatlar guruhi va nihoyat butun jahon iqtisodiyoti iqtisodiy tadqiqotlar obyekti bo‘lishi mumkin. Tadqiqot obyektini bunday tavsiflash uni o‘rganishning metodologik qiyinchiliklarini aniqlash, qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarining chegaralari va imkoniyatlarini baholash imkonini beradi. Iqtisodiy obyektlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladigan kuzatish, o‘lchash va eksperement kabi empirik metodlarni ko‘rib chiqish chog‘ida ayrim metodologik qiyinchiliklarga to‘xtalgan edik. Metodologik qiyinchiliklar bulardan, boshqa metodlarni qo‘llashda ham vujudga keladi. Chunki, iqtisodiy munosabatlar o‘ziga xos va murakkab tadqiqot obyektidir. Ushbu o‘ziga xoslik va murakkabliklarni tavsiflashga harakat qilamiz.
Nazariy konsepsiyalarni ishlab chiqishda tadqiqot obyektlarini toifalarga ajratish imkonini beruvchi umumiy qonuniyatlarni aniqlash uchun bir qancha obyektlar zarur bo‘ladi. Iqtisodiy obyektlarni tadqiqot obyekti sifatida toifalarga ajratish qiyin kechadi. Ta’kidlaganimizdek, hatto bir odamning o‘zi, birlamchi ijtimoiy tizim - oila haqida gapirmasak ham bo‘ladi, o‘zini har xil tutishi mumkin. Agar iqtisodiy obyektlardan biri - milliy iqtisodiyot to‘g‘risida so‘z yuritadigan bo‘lsak, XXI asr boshlariga kelib, tan olinmagan mamlakatlarni ham qo‘shgan holda, dunyoda 250 ta mamlakat mavjud. Agar AQSH, Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Shimoliy Koreya, O‘zbekiston, Afg‘oniston iqtisodiyotini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ular iqtisodiyotining xususiyatlari shu qadar xilma-xilki, alohida -alohida so‘z yuritishga to‘g‘ri keladi. Ular bir xil texnologik jarayonlardan foydalanishlariga qaramasdan, ushbu jarayonlarni amalga oshiruvchi odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, hamda boshqaruv prinsiplari butkul xilma-xil asoslarga, ustun darajada mentalitetga tayanadi. Ya’ni tadqiqot obektlarini iqtisodiy obyektlar darajasida toifalarga ajratish qiyin yoki umuman ajratib bo‘lmaydi. Hatto tadqiqotchi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotida ayrim o‘xshash jihatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lganida ham, baribir ularda kechayotgan jarayonlar tavsifi o‘ziga (o‘sha joyga) xos xusuiyatlarga egaligini ko‘radi. Masalan, dunyoga mashhur «Samarqand noni»ni boshqa mamlakatlarda, hatto hududda tayyorlashda barcha shart-sharoitlariga (un, novvoy, tandir, tayyorlash texnologiyasi va b.) rioya qilganingizda ham, o‘sha joyga xos xususiyatlar (suv, havo tarkibi, mahalliy hokimiyat va xalq urf-odatlar, diniy dunyoqarash) va shu kabilar namoyon bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, bitta korxona, hudud, mintaqa va mamlakatlarda muvaffaqiyatga olib keladigan qarorlar, boshqasida samarasiz bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv qarorlari va tajribalarini ekstrapolyatsiya qilish, faqatgina ular mazkur iqtisodiy obyekt shart-sharoitlariga
moslashtirilganda ko‘pchilik hollarda yaxshi natija bergan. Bunday sharoitlarda analogiya metodini qo‘llash iqtisodiy tadqiqotlardagi kabi, iqtisodiy siyosatda ham juda cheklangan.
Nazariy konsepsiyalarni ishlab chiqish uchun obyekt holatining qandaydir statsionar (turg‘un) holatini aks ettirish yoki ushbu holatni takrorlash zarur bo‘ladi.
Iqtisodiy tadqiqot obyektlarining o‘ziga xos xususiyati ular to‘xtovsiz rivojlanishda bo‘lishidir. Ma’lumki, har qanday
mamlakatning iqtisodiyoti bugungi kunda 5-10 yil oldingiday bo‘lib turmaydi. Shuning uchun retrospektiv tahlil iqtisodiy tizimlar rivojlanish bosqichlariga bo‘linadi. Shuning uchun, hatto bitta mamlakatning o‘zida bir necha yillar davomida muvaffaqiyatlar keltirgan boshqaruv qarorlari, vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib boradi, ular kelajakka ekstrapolyatsiya qilingan ayrim vaqtlarda noxush holatlarga ham olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bir tekis rivojlanishini ta’minlash uchun rahbariyatning doimiy harakatlariga qaramasdan, makrodarajada ham, iqtisodiy munosabatlar bir tekis (chiziqli) rivojlanmasligi, tsikl (davriy)ligi ayon bo‘lmoqda. Shunday qilib, iqtisodiy tizim vaqt omiliga bog‘liq bo‘lib, uning rivojlanishi bosqichlar, davrlar tsikllarga bo‘linadi. Shu bois, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha tadqiqotlarda evolyutsion metodni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy munosabatlar doimiy rivojlanishda bo‘lishi bilan birga, ularga tashqi muhit (siyosiy, ijtimoiy, tabiiy va b.) o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Hatto agar o‘tmishda qandaydir qonuniyatlar aniqlangan bo‘lsa-da, tashqi sharoitlar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Masalan, Yevropada o‘rta asrlarda qalampirning bahosi oltinga teng bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan asrning 80-yillarida Moskvada avtomobil bir xonali kvartiraga almashritilgan. Shuning uchun «boshqa teng sharoitlarda» deb ataluvchi qisqartma negizida tuzilgan iqtisodiy-matematik modelni qo‘llash imkoniyati juda cheklangan. Chunki, iqtisodiy munosabatlar ham, tashqi muhitning holati ham, doimiy o‘zgarishi (transformatsiyalanishi) natijasida bunday vaziyat bo‘lmaydi. Shu o‘rinda tadqiqot obyektini strelkasi ham, siferblati ham aylanadigan soatga qiyoslash mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
tadqiqotlarda gipotezalarni eksperemental tekshirish juda qiyin, ko‘pchilik hollarda eksperiment odamlar bilan bog‘liq bo‘lganligi bois, umuman iloji yo‘q. Eng asosiysi, bunday eksperimentlar tadqiqot obyektlarining soni kam (cheklangan) yoki bittagina bo‘lganligi bois, reprezentativlikka tadqiqot obyekti va uni o‘rab turgan muhit o‘zgarishi (dinamikasi) ham to‘sqinlik qiladi. Agar fanning boshqa tarmoqlarida yangi bilimlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ketma-ketligi «gipoteza-eksperimental tekshiruv-yangi gipoteza», va faqat shundan keyingina nazariya va amaliyotdan iborat ko‘p iteratsiyali jarayon. Iqtisodiyot fanlarida esa, bu ketma-ketlik quyidagicha: «gipoteza- nazariya-amaliyot-yangi gipoteza». Yaxshi bo‘ldi deganimizda, bu korxona moliyaviy holatining yomonlashishiga (yoki, bo‘lmadi deganda, uning bankrotligiga), yomon holatda - mamlakat iqtisodiyotini, undan so‘ng butun dunyoni yomonlashtiradi. Ammo, mana shu zanjir yoki farovonlik orqali, yoki odamlar taqdiri orqali o‘tadi.
Iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining koevolyutsion tavsifi ko‘plab miqdordagi omillarni vujudga keltirib, ular ushbu munosabatlarga ta’sir o‘tkazadigan nazariyalar yoki eng bo‘lmaganda konsepsiyalarni tuzishda hisobga olinishi zarur.
Ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy rivojlanishni boshqarish zarurligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Ammo, mikrodarajada ham, makrodarajada ham, iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi, bir tomondan, iqtisodiy tizimlarni boshqarishda qarorlar qabul qilish «tezligi» va ildamligini vujudga keltiradi. Boshqa tomondan, bunday jadal rivojlanishda zarur axborotlarni to‘plash uchun rahbar va mutaxassislarda vaqt yetishmaydi, imkoni bo‘lgan hollarda esa, axborotlarni tahlil hamda mushohada qilishga ulgurib bo‘lmaydi. Shu yerda sinoptiklar to‘g‘risidagi «ertaga yomg'ir yo yog'adi, yo sepalab o‘tadi, anig'ini indinga aytamiz» degan hazilni eslash o‘rinli.
Ayrim iqtisodiy-matematik modellar ham, ularning nazariy asoslangan va jozibador bo‘lib ko‘rinishiga qaramasdan, deyarli shunday. Natijada, iqtisodiy manosabatlarni boshqarishda axborot taqchilligi sharoitida qarorlar qabul qilinadigan, eng muhimi, noto‘g‘ri qabul qilingan qarorlar oqibatida risk va yo‘qotishlar ko‘rayadigan vaziyatlar vujudga keladi. Har qanday qarorning asosini, yoki shaxsiy tajriba, yoki qandaydir ilmiy konsepsiya negizida ishlab chiqiladigan qarashlar tizimi tashkil etadi. Iqtisodiy tizimlarni boshqarishda shaxsiy yoki ijtimoiy tajribani qo‘llash, faqatgina qisqa muddatli mahalliy loyihalarning cheklangan sohasida bo‘lishi mumkin.

  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish