Ilmiy-tadqiqot metodlarining turkumlanishi
I NAZARIY METODLAR
|
II. EMPIRIK METODLAR
|
1. Operatsiya metodlari
|
2. Harakat metodlari
|
1. Operatsiya metodlari
|
2. Harakat metodlari
|
- analiz va sintez;
|
- dialektika
|
- ilmiy adabiyotlar, hujjatlar va
|
-obyektni kuzatish metodlari:
|
- qiyoslash;
|
(metod sifatida)
|
faoliyat natijalarini o‘rganish;
|
tekshiruv; monitoring;
|
- abstraksiyalash;
|
- nazariya yaratish;
|
- kuzatish;
|
o‘rganish va tajribani
|
- konkretlashtirish;
|
- dalillar;
|
- odchash;
|
umumlashtirish;
|
- shakllantirish;
|
- tizimli tahlil;
|
- guruhlash, turkumlash;
|
- obyektni qayta shakllantirish
|
-induksiya va deduksiya;
|
- funksional-qiymat tahlili;
|
-anketa-so ‘rovnoma
|
metodlari: tajriba ishi,
|
- ideallashtirish;
|
- aksiomatik metod;
|
(og‘zaki va yozma);
|
eksperiment;
|
- analogiya;
|
- induktiv-deduktiv metod;
|
-eksperiment o‘tkazish;
|
- obyektni davr oralig‘ida
|
modellashtirish;
mantiqiy fikrlash;
tasawur etish
|
muammoni qo‘yish;
gipoteza tuzish
|
- test sinovi
|
tadqiq qilish metodlari: retrospektiva, prognozlash
|
§. Umumilmiy metodlarning qisqacha tavsifi
Analiz va Sintez (yun. analysis - ajratish va synthesis - birlashtirish) - kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, o‘zaro chambarchas bog‘langan tekshirish usullari. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo‘laklarga bo‘lish, sintez esa mazkur bo‘laklarni fikran yoki amalda bir butun qilib birlashtirish, narsani yaxlit holda tadqiq etishdir68.
Ilmiy faoliyatda analiz metodiga muvofiq tadqiqot predmeti inson tafakkurida yoki amaliyotda tarkibiy qismlarga bo‘laklash yo‘li bilan o‘rganiladi. Bunda predmetning har bir tarkibiy qismi, uning belgilari, xususiyatlari, munosabatlari, tavsiflari, o‘lchamlari va h.k. alohida hamda bir butunligicha o‘rganiladi. Masalan, mehnat unumdorligini tahlil qilish alohida har bir bo‘linma va butun korxona bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sintez - tadqiqot metodi sifatida predmetni bir butunligicha, yaxlit va uning tarkibiy qismlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘rganishni taqozo etadi.
Ilmiy tadqiqotlar jarayonida analiz va sintez o‘zaro uzviy aloqadorlikda qo‘llaniladi. Chunki sintezlash analiz(tahlil) jarayonida bo‘laklangan qismlarni birlashtirishga, ularning aloqadorligini o‘rnatishga va predmetni butunligicha bilishga imkon beradi.
Induksiya (lot.inductio - to‘g‘rilash, tartibga keltirish) ( mantiqda) - ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarga qo‘llaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni o‘rganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Umumiylikning eng muhim tomonlaridan biri induktiv xulosa chiqarishdir. Induksiyani o‘rganish fanda qadimdan, hind, yunon mantiqshunosligida, Lao-tszi maktabida boshlagan. Induksiya masalalari Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. 17-18 asrlarda empirik tabiatshunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu masalaga alohida e’tibor berdilar. Induksiyani rivojlantirishga F.Bekon, G.Galiley, I.Nyuton,
J.Mill kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. Induksiya bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, gipotezani olg‘a surishda fan uchun muhim ahamiyatga ega76.
Demak, induksiya metodiga muvofiq to‘plamdagi elementlarning belgilari to‘g‘risida umumiy xulosa qilish uchun ushbu belgilar to‘plam elementlaridan bir qismini ajratib o‘rganish asosida tadqiq qilinadi.
Masalan, mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar har bir bo‘linma bo‘yicha alohida o‘rganilib, so‘ngra ma’lumotlar butun korxona bo‘yicha umumlashtiriladi. Ushbu korxona tarkibidagi barcha bo‘linmalar korxonani tashkil etuvchi birliklar (elementlar) hisoblanadi.
Deduksiya (lot.deductio - xulosa chiqarish) - mantiq qoidalariga ko‘ra xulosa chiqarish. Dastlab formal mantiqda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish deduksiya deb atalgan. Masalan, «Barcha metallar elektr o‘tkazuvchandir (umumiy) va «Mis - metall» degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yo‘l bilan «Mis elektr o‘tkazuvchandir» degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi. Induksiyaning qarama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda «Deduksiya» atamasini birinchi bor Rimlik mantiqshunos faylasuf Boetsiy (480-524) ishlatganligini ta’kidlaydilar. Biroq bu ta’limot sillogizm69 70 shaklida birinchi bor Aristotelning «Birinchi analitika» asarida tahlil qilingan. Keyinchalik deduksiya tushunchasini R.Dekart, G.Leybnits kabi faylasuflar rivojlantirdilar. O‘rta asr arab falsafasida Kindiy, Roziy, G‘azoliy, Ibn Rushd tomonidan deduksiyaga alohida e’tibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantig‘iga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chiqdilar. Xulosa chiqarishning yangi (yuqoridagi) usullarini yaratdilar.
Hozirgi zamon fanida «deduksiya» termini keng ma’noda qo‘llanilib, muayyan hukmdan mantiq qonunlari asosida xulosa chiqarish tushuniladi. Agar asos qilib olingan hukm haqiqiy va deduksiya qonunlariga rioya qilingan bo‘lsa, undan chiqariladigan xulosa ham haqiqiy bo‘ladi. Deduksiya - isbotning asosiy vositasidir. Shuning uchun fandagi nazariyalar deduktiv metod natijasida yaratiladi. Odatda, deduktiv metod ma’lum sohada faktik materiallar to‘plangandan so‘ng, ularni chuqur o‘rganish, tizimga solish va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi»71.
Shunday qilib, deduksiya metodiga muvofiq tadqiqot umumiydan xususiyga tomon mantiqiy yo‘naltirilib, avval obyekt butunligicha o‘rganiladi va so‘ngra uning alohida elementlari tadqiq qilinadi. Yuqoridagi misolga nisbatan aytadigan bo‘lsak, mehnat unumdorligi avval butun korxona bo‘yicha, so‘ngra uning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha o‘rganiladi.
Analogiya (yun. analogia - muvofiqlik, aynanlik, o‘xshashlik) - (falsafada) predmet va hodisalarda biror xususiyatning o‘xshashligi. Mantiqda analogiya yordamida ikki predmetning qandaydir bir xususiyati o‘xshasa, boshqa xususiyatlari ham o‘xshashligi haqida xulosa chiqariladi. Chiqarilgan xulosaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilish uchun uni amaliyotda tekshirib va sinab ko‘rish lozim72.
Analogiya ilmiy-tadqiqot metodi sifatida biron-bir predmet yoki hodisa unga o‘xshash boshqa birisi bilan o‘xshashligiga asoslangan holda ilmiy xulosalar shakllantirilishini nazarda tutadi. Bu metod har xil predmet va hodisalarning ayrim tomonlari o‘zaro o‘xshashligiga asoslanadi. Masalan, korxonada mehnat unumdorligi har bir bo‘linma bo‘yicha tadqiq qilinmasdan, balki o‘xshash jihatlari, masalan, bir xil ishlab chiqarish sharoiti va bir xildagi tovar mahsulotlar ishlab chiqaradigan bo‘linmalar tanlanib tadqiq qilinishi mumkin.
Ushbu metod qo‘llanilganda olingan natijalar barcha o‘xshash korxonalarga tarqatilishi mumkin. Ushbu metodni qo‘llashda xarajatlar kam va lekin olingan xulosalarning ishonchliligi biroz pastroq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |