O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet16/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Birlamchi asoslar - fundamental tushunchalar, prinsiplar, qonunlar, tenglamalar, postulat (aksioma)lar va hakozolar.

  • Ideallashtirilgan obyekt - real voqelikdagi o‘rganilayotgan predmetlar muhim xossalari va aloqalarining abstrakt modeli.

  • Nazariya logikasi - tayyor bilimning tuzilmasini

    tushuntirishga, uning formal (shakliy) aloqalari va elementlarini bayon etishga mo‘ljallangan dalillash qoidalari va usullarining majmui, shuningdek qonunlar, kategoriyalar, prinsiplar va boshqa bilim shakllarining aloqadorliklari va rivojlanishini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan dialektikadan iborat.

    1. Ma’lum prinsiplarga muvofiq nazariyaning negizidan oqibat sifatida keltirib chiqarilgan qonunlar va tasdiqlashlar to plami.

    2. Falsafiy yo ‘llanmalar, ma ’naviy va madaniy asoslar.

    Masalan, iqtisodiy nazariyalar ikkita tarkibiy qismdan iborat:
    mazmun-mohiyatni ifodalash (iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar,
    prinsiplar) va formal (shaklan) ifodalash (matematik tenglamalar, mantiqiy belgi, simvollar, qoidalar va b).
    Nazariyada mazmun va shaklning muvofiqligi (birligi) uni takomillashtirish va rivojlantirishning manbalaridan biri hisoblanadi.
    Ilmiy nazariyani shakllantirishda ideallashtirilgan obyekt («absolyut qattiq jism», «ideal gaz») muhim metodologik rol o‘ynaydi. Bunday obyektlarni qurish har qanday nazariyani yaratishning zarur bosqichi bo‘lib, har xil bilim sohalari uchun maxsus shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu obyekt nafaqat voqelikdagi ma’lum fragment (bo‘lak, qism) ning nazariy modeli sifatida namoyon bo‘ladi, balki nazariya yaratishda qo‘llaniladigan tadqiqotning aniq dasturini o‘zida muj assamlashtiradi.
    Nazariyaning asosiy elementi qonun hisoblanadi. Shuning uchun ilmiy nazariyani o‘rganiladigan obyekt mohiyatini to‘laligicha, yaxlit va aniq ifodalaydigan qonunlar tizimi sifatida tushunish mumkin.
    Qonun ilmiy nazariya tuzilmasida muhim ahamiyat kasb etganligi bois, uni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Keng ma’noda qonun - bu real voqelikdagi hodisalar va jarayonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan obyektiv, muhim, zarur, ichki, takrorlanuvchan va barqaror munosabatlar tizimi. Qonun hamisha munosabatlarni ifodalaydi. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    • obyektivlik, chunki eng avvalo real olamga, odamlarning sezish va buyumlar bilan bog‘liq faoliyatiga xos bo‘lib, narsalarning real munosabatlarini ifodalaydi.

    • muhimlik - aniq va umumiylikda ifodalanadi. Har qanday qonun muhimlikni harakatda ifodalab, beistisno mazkur toifadagi barcha jarayonlarga xos bo‘lib, tegishli jarayonlar va hodisalar sodir bo‘ladigan hamma yerda va har doim amal qiladi;

    • zarurat, chunki mohiyat bilan uzviy bog‘liq holda qonun tegishli sharoitlarda «temir zarurat» bilan amalga oshiriladi;

    • ichki munosabatlar predmet sohasini bir qancha butun tizimlar doirasida uning barcha vaziyatlarini va munosabatlarini birgalikda chuqur aloqalar va bog‘liklarni aks ettiradi;

    • munosabatlar takrorlanuvchan, barqaror, chunki qonun ayrim hollarda vujudga keladigan tasodifiy aloqalarni emas, balki real olamning predmetlari va hodisalari o‘rtasidagi barqaror, muntazam, tizimli tarkorolanuvchan aloqalarni aks ettiradi.

    Ilmiy-tadqiqotning eng muhim vazifasi - ushbu munosabatlar tizimida qonunlarni kashf etish va ularni tegishli tushunchalar, g‘oyalar, prinsiplar, nazariyalar orqali ifoda etishdan iborat. Izlanuvchi (doktorant) ushbu vazifani hal etish uchun ikkita eng asosiy qonuniyatga tayanishi lozim:

    1. olamning butunligi va rivojlanishidagi voqeligi:

    2. ushbu olamning obyektiv qonunlar majmuiga asoslanganligi, ya’ni qonuniyatliligi.

    Shuni e’tiborda tutish kerakki, inson tafakkuri va obyektiv olam bir xildagi qonunlarga bo‘ysunadi va shuning uchun ham ular (qonunlar) natijalari o‘zaro muvofiq bo‘lishi lozim. Obyektiv olam qonunlari va tafakkur qonunlari o‘rtasidagi muvofiqlik esa ular olimlar tomonidan kashf etilganda erishiladi.
    Qonunlarni kashf etish real voqelikni aks ettirishdagi murakkab va o‘ta ziddiyatli kechadigan jarayondir. Shuningdek, izlanuvchi butun real olamni birdaniga, to‘liq va bir butunligicha aks ettira olmaydi. U har xil tushunchalar va boshqa abstraksiyalarni yaratib, u yoki bu qonunlarni kashf etib, ilmiy - tadqiqotning turli xil usullari va uslub (metod) larini qo‘llagan holda bunga intiladi xolos.
    Ilmiy nazariya o‘zining mantiqiy tuzilmasi bilan birga, har xil tur (tip)larga bo‘linadi va har xil funksiyalarni bajaradi. Ideallashtirilgan obyektlar shakllarining xilma-xilligiga nazariyalar tur (tip)larning xilma- xilligi mos kelib, ular har xil asoslarga ko‘ra turkumlanishi mumkin. Asoslariga ko‘ra nazariyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: fundamental va amaliy, formal va induktiv, falsafiy, sotsiologik, iqtisodiy, psixologik, matematik va boshqalar.
    Shu yerda ilmiy nazariyaning turkumlanishi va turlarining tavsifiga chuqurlashib ketmasdan, ilmiy-tadqiqotlardagi roliga to‘xtalsak.
    Nazariyaning ilmiy-tadqiqotlardagi roli uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Shu bois, ularning asosiylarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq:
    1. Sintezlash (birlashtirish) funksiyasi. Nazariyaning ushbu funksiyasi ishonchli bilimlarni yagona, bir butun tizimga birlashtiradi, sintezlaydi. Ta’kidlash joizki, nazariya - bu o‘ziga xos sintezlangan g‘oya bo‘lib, uning yadrosini hodisalar va jarayonlarning ichki muhim aloqadorliklarini aks ettiradigan ilmiy qonun tashkil etadi.

    1. Tushuntirish funksiyasi. Nazariya kashf etilgan obyektiv ilmiy qonunlar asosida o‘zining predmeti sohasidagi hodisalarni tushuntirib beradi. Xususan, hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatli va boshqa tarzdagi bog‘liqliklarni, aloqadorliklar xilma-xilligini, ularning muhim tavsiflari va xossalarini, vujudga kelishi va rivojlanishini, ziddiyatlari tizimini va hokazolarni ochib beradi.

    2. Dunyoqarash va metodologik funksiyasi. Ushbu funksiyalarning mazmuni shundan iboratki, nazariya real dunyoni bilishining har xil sohalarida barcha shakllardagi yangi bilimlarga erishishining muhim vositasi hisoblanadi. Haqiqiy nazariyaning negizida ilmiy-tadqiqot faoliyatining metodlari, usullari va amallari shakllantiriladi. Masalan, dialektika nazariyasi bilishning dialektik metodi har xil prinsiplari to‘plamida namoyon bo‘ladi; tizimlar umumiy nazariyasi bilishning tizimli-tuzilmaviy va tuzilmaviy- funksional metodlari asosini tashkil etadi.

    3. Bashorat qilish, yoki oldindan ko‘rish funksiyasi. Ma’lum hodisalarning mavjud holati to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlar asosida oldin noma’lum bo‘lgan faktlar, obyektlar yoki ularning xususiyatlari, real voqelik hodisalari va predmetlari o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida xulosa qilinadi. Masalan, Mendeleevning davriylik qonuni asosida o‘sha davrda hali ochilmagan kimyoviy elementlar va ularning xossalari to‘g‘risida bashorat qilingan.


    1. Download 1,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish