O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


§. Iqtisodiy nazariyalar ilmiy-tadqiqotlarning metodologik asosi



Download 1,62 Mb.
bet17/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

§. Iqtisodiy nazariyalar ilmiy-tadqiqotlarning
metodologik asosi


Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy izlanuvchilar, xususan magistrantlar va falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasi uchun talabgorlar o‘z ixtisosligi bilan birga, muammolarni iqtisodiyot nazariyasi, me’yoriy-huquqiy ta’minot, moliya, iqtisodiy tahlil va matematik -
statistika, zamonaviy axborot texnologiyalari kabi fanlar bilan bog‘liqlikda tadqiq qilishlari zarur. Bunda iqtisodiy fanlarning fundamental asosi hisoblangan «Iqtisodiyot nazariyasi» faniga va tegishli tarmoq fanining nazariy jihatlariga yetakchi o‘rin ajratilishi lozim.
Iqtisodiy nazariyalarni turkumlash har xil mezonlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Jumladan: tadqiq qilinadigan obyektlar va hodisalarning tavsifi, ularning umumiyligi va mavhumligi, olinadigan natijalarning ishonchlilik darajasi, izohlash va oldindan bashoratlash kuchi, axborotlarga boyligi va boshqalar.
Boshqa fanlardagi kabi iqtisodiy nazariyalarning mazmuni va tavsifi ularning negizini tashkil etadigan fundamental qonunlar, asosiy kategoriyalar va tushunchalar tizimi bilan aniqlanadi.
Iqtisodiyot sohasidagi izlanuvchilar iqtisodiyot fanidagi tadqiqotlar uchun paradigmalar hisoblanagan eng muhim iqtisodiy nazariyalarni mukammal bilishlari shart. Iqtisodiy qonunlar va ularning amal qilishi 5230900- «Buxgalteriya hisobi va audit», 5230400 - «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» bakalavriat yo‘nalishlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» va «Makro va mikroiqtisodiyot» fanlarida batafsil o‘qitiladi. Magistrantlar va falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilarga esa bu fanlarni qisqa kurs sifatida maxsus dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq.
Eng muhim iqtisodiy nazariyalar va ularning milliy iqtisodiyot makonida amal qilish xususiyatlarini iqtisodiy tadqiqotlarda metodologik asos sifatida foydalanish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz.
1). Klassik iqtisodiy nazariyaning asosiy g‘oyalari Adam Smit38 tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, keyinchalik David Rikardo39 va Jon St. Mill40 asarlarida mantiqiy poyoniga yetkazilgan va u qiymat qonuniga asoslanadi. Ushbu qonunga muvofiq tovarlar qiymati ularni
ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanadi. Shuning uchun u mehnat nazariyasi yoki qiymat nazariyasi deb ham nom olgan.
Klassik iqtisodiy nazariya iqtisodiy makonda erkin raqobat ustunlik qilgan va monopoliyalar deyarli bo‘lmagan davrlarda shakllangan bo‘lib, bozor tizimida esa kuchli inqirozlar va chuqur buhronlar sodir bo‘lmagan. Ushbu tizim nisbatan barqaror rivojlanadi deb taxmin qilingan va buning isboti sifatida J.B.Sey41 tomonidan ishlab chiqarishning o‘zi o‘ziga iste’mol yaratishi to‘g‘risidagi qonun (Sey qonuni) ilgari surilgan.
Bir qarashda jamiyat tomonidan yaratilgan barcha mahsulotlar uning mahsulot ishlab chiqarishdan olingan daromadlari hisobidan iste’mol qilinishi lozimdek ko‘rinishi mumkin. Lekin bunday taxmin, barcha daromad iste’mol qilinishi mumkin emasligi, balki uning bir qismi jamg‘arilishi sababli noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Aholi o‘z jamg‘armalarini bankka omonatga qo‘yganida ham qo‘yilgan summadan ma’lum foiz hisobida daromad oladi, bank esa foiz evaziga tadbirkorlarga kredit beradi. Shunday qilib, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra, foiz stavkasi ishlab chiqarishni barqaror olib borish, aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni bartaraf etish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotda vaziyat keskin o‘zgarishi va ishlab chiqarishning pasayib ketishi oddiy hol bo‘lib qolganida, inqirozlar va monopoliyalar hukmronligining kuchayishi oqibatida erkin raqobat chotlashtirila boshlagan va natijada klassik iqtisodiy nazariyaning kamchiliklari namoyon bo‘la boshladi.
2). Avstriya iqtisodiy maktabining marjinalizm yoki neoklassik, ya’ni yangi klassik yo‘nalishi vakillari - Karl Menger42, Fridrix fon Vizer43, Byom Baverk44 tomonidan keyingi qo‘shilgan ne’mat nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni nazariyalari ishlab chiqildi. Kembrij maktabi vakili Alfred Marshall45 iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab chiqqan, bozor muvozanatini va bahosini aniqlovchi talab va taklif omillarini tadqiq etgan. Lozanna maktabi vakili Leon Valras46 tomonidan umumiy iqtisodiy muvozanat modeli ishlab chiqilgan. Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Yozef Shumpeter47 iqtisodiy tizimlar o‘zgarishmmg ta’sirirn va ularning ichki mazmunini tadqiq qilgan.
3). Keyns nazariyasi. Jon Meynard Keyns48ning iqtisodiy nazariyasi XX asrning 30- yillarida AQSH va G‘arbiy Yevropani qamrab olgan chuqur inqiroz vujudga kelishi bilan darrov paydo bo‘ldi. Keyns nazariyasining asosiy mohiyati klassik iqtisodchilarning kapitalistik bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini tartibga solishi to‘g‘risidagi fikrlarini rad etishga qaratilgan. Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asarida (1936 y.) tabiatda bunday o‘z-o‘zini tartibga solishni ta’minlaydigan hech qanday universal mexanizm mavjud emas, kapitalizmda to‘liq bandlikka kamdan-kam hollarda erishiladi va shuning uchun majburiy ishsizlik hamisha mavjud bo‘ladi.
Bozor tizimi hamma vaqt ham iqtisodiyotni tartibga sola olmasligi tufayli , uning fikriga ko‘ra davlat ushbu vazifalarni amalga oshirishida yetakchi rol o‘ynashi lozim. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi vaqti-vaqti bilan vujudga kelib turadigan ishlab chiqarishning keskin pasayishini yumshatuvchi fiskal va pul-kredit siyosatini amalga oshirishidan iborat. Keyns nazariyasining asosiy maqsadi ishlab chiqarishning pasayishini bartaraf etish va uning hajmini soliqlarni pasaytirish hamda davlat xaridlarini ko‘paytirish orqali samarali talabni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Shu bilan J.M.Keyns makroiqtisodiyotga asos soldi, uning asosiy tushunchalarini ta’rifladi va muhim qonuniyatlarini shakllantirdi.
Hozirgi iqtisodchilar ham u yoki bu darajada ushbu qonuniyatlarga tayanadi.
Keyns ta’limoti Garvard universiteti professorlari Ye.Xansen49,
S.Xarris50larning asarlarida rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik(neokeynschilik), keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi.
4). Monetar nazariya. Vaqt o‘tishi bilan bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda vaziyat o‘zgarishi davom etaverdi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin keynschilar chuqur iqtisodiy inqiroz bo‘lishim bashorat qilgandilar. Lekin bunday inqiroz sodir bo‘lmadi, ammo ko‘plab mamlakatlarda inflyatsiya jarayoni kuchaydi. Shu munosabat bilan Keyns nazariyasi tanqid qilina boshlangan va M.Fridmen51 rahbarligidagi Chikago maktabi tomonidan ilgari surilgan monetar nazariya keng ommaviy tus ola boshladi.
Monetarchilar ham, klassik iqtisodchilar kabi, bozorni tartibga solishda davlatning aralashuviga qarshi chiqadilar va valyuta kursini o‘zboshimcha o‘zgartirilishi va hukumatning kompetentsiz
aralashuvidan holi bo‘lgan to‘g‘ri pul-kredit siyosatini yuritish inflyatsiya bilan kurashishdagi eng samarali yo‘l deb hisoblaydilar.
Bunday siyosat, agar pul massasining o‘sishi real ishlab chiqarish hajmining ko‘payishidan 3-4 % ni tashkil etsa, uzoq muddatli vaqt oralig‘i uchun eng optimal bo‘ladi. Ishlab chiqarishning pasayishi va depressiya davrida iqtisodiy jarayonlarga hukumatning aralashuvi ayrim odamlarda foydali va hatto bozorni tartibga solish zarur degan xomxayolni vujudga keltiradi.
M.Fridmen bunga keskin qarshi chiqadi. U «Biz iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada hukumat aralashuvini chegaralash, iqtisodiy huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikni toddirish va kuchaytirishga ehtiyoj
sezmoqdamiz», (6) deb yozgan.
Shunday qilib, sinergetik nuqtai nazardan, klassik nazariya kabi, monetar nazariya ham, asosiy e’tiborni umuman iqtisodiy tizimning va xususan bozor mexanizmining o‘zini-o‘zi tartibga solish masalasiga qaratadi. Ammo, bunday iqtisodiy tizim butunlay o‘zini-o‘zi tartibga soladigan bo‘laolmasligi, u o‘zini to‘lig‘icha nazorat qila olmasligi va tartibga sola olmasligi to‘g‘risidagi e’tirozsiz fakt e’tiborga olinmagan.
Keyns nazariyasi, aksincha, pasayish, depressiya va inqirozlar davrida bozorni chotdan tashkillashtirish zarur va tartibga solishga davlatning aralashuvi shart, deb hisoblaydi.
XX asrning 50-yillarida keynschilik g‘oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgari surildi. AQSHda iqtisodiy o‘sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Missachuset Texnologiya instituti professori Yevsey Domar52 va Oksford universiteti professori Roy Xarrod53 iqtisodiyotning mo‘‘tadil sur’atlarda o‘sishi dinamik barqarorlikning asosiy sharti ekanligi haqidagi xulosalarni birlashtirdi.
Amerikalik olim Vasiliy Leontev54 esa «xarajat-natija» iqtisodiy modeliga asos soldi. XX asrning 50-60 yillarida neoklassik yo‘nalishda neoliberalizm oqimi (F.Xayek, Y.Shumpeter, L.Erxard) asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratdi.
Keyingi davrlarda P.Samuelsonning «Neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, unda yangi keynschilik va neoliberal g‘oyalarning bir-biriga ta’siri (sintezi) hamda bir-biri bilan uyg‘unlashuvini ko‘rish mumkin.
5). Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen55, J.Kommons56, U.Mitchell57, J.Gelbreyt58, R.Kouz59) noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keluvchi xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, institutsional o‘zgarishlar orqali iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish mumkinligini asoslashdi.
Shunday qilib, ushbu nazariyalar iqtisodiy rivojlanishning har xil jihatlarini ifodalaydi va ular bir-birlarini inkor qilmaydi, balki to‘ldiradi.
Ko‘rib chiqilgan fundamental iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot paradigmalariga aylanib bo‘lgan ko‘plab xususiy nazariyalar ham mavjud. Bunday nazariyalar iqtisodiyotning: ishlab chiqarish va ayriboshlash, iste’mol va taqsimot, savdo va moliya kabi alohida sohalari rivojlanishining muammolarini ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida iqtisodiyotning ushbu sohalarida o‘zining maxsus nazariyalari mavjud. Masalan, taqsimot nazariyasi doirasida ishlab chiqarish omillariga baho shakllanish nazariyasi yoki iste’mol nazariyasi doirasida iste’molchi hatti-harakati nazariyasi va h.k.
Ushbu barcha nazariyalar ierarxiya prinsipi bo‘yicha qurilgan bo‘lib, unga muvofiq nazariyalarning asosiy tushunchalari va qonunlari umumiyroq nazariyalarning tushunchalari va qonunlarini aniqlashtiradi. Bunday umumiy nazariyalarga iqtisodiy tizimlarning dinamikasi va evolyutsiyasini tavsiflaydigan nazariyalar va konsepsiyalar ham kiradi. Iqtisodiy fanlarda o‘rganilayotgan hodisalarning dinamikasi va statikasi to‘g‘risidagi tasavvur qaytariladigan, muvozanatli va qaytarilmaydigan jarayonlar g‘oyasiga tayanadi.
Iqtisodiyotda qaytariladigan va qaytarilmaydigan jarayonlar o‘rtasidagi aniq farqlar hamda qaytarilmaydigan jarayonlarning evolyutsiya bilan bog‘liqligi N.D.Kondratyev65 66 60 asarlarida uchraydi. Uning yozishicha: «Evolyutsion yoki qaytarilmaydigan jarayonlar deganda bexosdan keskin tashqi ta’sirlar bo‘lmaganida ma’lum yo‘nalishda va bittagina yo‘nalishda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni tushunamiz». Qaytariladigan yoki takrorlanadigan jarayonlar deganda, u hozirgi paytda mazkur holatda bo‘ladigan va uni o‘zgartirib, erta yoki kech dastlabki holatga qaytadigan jarayonlar tushuniladi.
N.D.Kondratyev bunday jarayonlarga iqtisodiy kon’yunkturaning mavsumiy tebranishi, 7-11 yil davom etadigan sanoat kapitalistik tsikli, ularning o‘zlari ochib bergan taxminan 50-60 yilni qamrab oladigan iqtisodiy kon’yunkturaning katta tebranishlari(«Kondratev tsikllari»)ni kiritgan.
Har qanday tizim evolyutsiyasining asosiy manbai o‘z-o‘zini tashkillashtirish hisoblanadi. Ammo, o‘z-o‘zini tashkillashtirish har xil tizimlarda har xil kechadi. Ishlab chiqarishning moddiy asosini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiyotda bunday evolyutsiya bevosita bitta texnologik ukladdan boshqasiga o‘tish bilan bog‘liq. Shuning uchun iqtisodiy evolyutsiyani ko‘pchilik texnologik evolyutsiya deb tushunadi.
Shunday qilib, bitta texnologik ukladni boshqasi bilan almashtirishga olib keladigan texnik taraqqiyot, moddiy ishlab chiqarishning barcha elementlarini rivojlantirishga, eng avvalo ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishga va iqtisodiy o‘sishga yordam beradi. Bularning barchasi esa nafaqat texnikaga bog‘liq, balki mehnat qurollarini harakatga keltiradigan odamlarga, demak, ularning bilimlarini, ko‘nikmalarini, uquvlarini, tajribalarini va nihoyat malakalarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga bog‘liq. Lekin, bilim va tajriba meros bo‘lib yoki irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi, balki o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida orttiriladi hamda butun umrimiz davomida takomillashtiriladi. Mana shu muhim jihati bilan iqtisodiy evolyutsiya biologik evolyutsiyadan jiddiy farq qiladi. Chunki, iqtisodiy evolyutsiya meros qilib qoldirish yoki irsiyat orqali emas, balki alohida jamoaning va butun jamiyatning tajriba va an’analarini o‘zlashtirish hamda takomillashtirish orqali sodir bo‘ladi. Odamlarning hayot faoliyatida maqsadga muvofiq va samarali bo‘lgan barcha narsalar (ularning tajribasi, bilimlari, xulq-atvori va h.) o‘z-o‘zini tashkillash­tirish jarayonida shakllanadi. Shuning uchun o‘z-o‘zini tashkillashtirish va uning negizida kechadigan evolyutsiya nafaqat texnologik ukladlar rivojining, balki butun ijtimoiy-iqtisodiy tizimning asosini tashkil etadi. Shu bois ham, iqtisodiyot sohasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar fundamental iqtisodiy nazariyalarni bilishlari ular
uchun tadqiqot metodologiyasining mustahkam bo‘lishiga yordam beradi.


  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish