M E T O D I K A:
-maqsadga erishish- ning muhim sharti;
-vazifalar hal etiladi va kutilgan natijalarga erishiladi
ijtimoiy taraqqiyot va shaxsni har tomonlama qaror toptirish uchun muhimdir.
М Е Т О Д
voqelikni amaliy va nazariy egallash,
o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun
yo‘l - yo‘riqlar, usullar majmuasi
M E T O D O L O G I Y A
tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash
tamoyillari va usullari tizimi;
bilish metodlarining tizimi haqidagi bir butun
ta’limot (fan), yoki fan nazariyasini yaratishda qo‘llaniladigan tafakkur
qoidalari haqidagi ta’limot
rasm. Metodika, metod va metodologiya tushunchalarining
mantiqiy tuzilmasi va o‘zaro nisbati
Metodologiyaning yuqorida bayon qilingan ta’rif va tavsiflaridan quyidagi o‘ziga xos belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
yangi ilmiy bilimlarni kashf etish usullarini bir tizimga keltirishga yordam beradi;
ma’lum ilmiy-tadqiqot maqsadiga erishishda yordam beradigan asosiy yo‘lni aniqlab beradi va yo‘naltiradi;
o‘rganiladigan hodisa yoki jarayonlarni har tomonlama tavsiflaydigan axborotlarni olishni ta’minlaydi;
ilmiy bilish nazariyasining zaxirasini yangi bilimlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi;
fandagi tushuncha va atamalarni aniqlashtirish, boyitish va bir tizimga keltirishni ta’minlaydi;
obyektiv faktlarga asoslangan ilmiy axborotlar tizimi va ilmiy bilish uchun mantiqiy-tahliliy instrumentlarni yaratadi.
«Metodologiya» tushunchasining fandagi funksiyalarini
aniqlaydigan ushbu belgilari quyidagicha xulosa qilishga imkon beradi:
metodologiya-tadqiqot maqsadi, mazmuni va metodlarining konsepual bayoni bo‘lib, sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalar to‘g‘risida yuqori darajada obyektiv, aniq va tizimlashtirilgan axborotlar olishni ta’minlaydi.
Metodlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tartibga keltiradi, agar ular to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa,
vaqtni va kuchni tejashga, maqsadga qisqa yo‘l bilan erishishga imkon beradi. Demak, to‘g‘ri tanlangan metodlar izlanuvchi o‘ziga to‘g‘ri yo‘l topib, samarali ilmiy natijaga erishishiga yordam beradigan «kompos» bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar fan sohasida qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarini chuqur o‘zlashtirib, o‘zlarining dissertatsiya mavzusi bo‘yicha zarur tadqiqot metodikasini shakllantirishlari zarur
(Bu fikr kitobning keyingi 7-bobida rivojlantiriladi).
Mushohada uchun savollar
«Usul», «Uslub» va «Metod» tushunchalarini ta’riflang. Ularning umumiyligi va farqlari qanday?
«Metodologiya» tushunchasining ta’riflang. Ushbu tushunchaning ikki tomonlamalik xususiyati nimadan iborat?
«Metod», «Metodologiya» va «Metodika» tushunchalari o‘rtasida qanday umumiylik va xususiyliklar mavjud?
Metodologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
«Metodologiya» tushunchasining fandagi funksiyalari nimalarda ifodalanadi?