O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet19/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Metod kashfiyotdan muhimroq.
Lev Landau


BOB
METOD, METODOLOGIYA
VA METODIKA HAQIDA
TUSHUNCHA

Ushbu bobni O rganish natijasida Siz:

  • usul", ”uslub" va ”metod" tushunchalari, umumiyligi va farqlari;

  • metod, metodologiya va metodika

tushunchalari, ularning nisbati fOg‘risida bilimlarga ega bOlasiz.







  • BOB. METOD, METODOLOGIYA VA METODIKA HAQIDA

TUSHUNCHA

  1. §. «Usul», «uslub» va «metod» tushunchalari,
    umumiyligi va farqi

Inson faoliyatining har qanday shakli, xususan ilmiy-tadqiqot faoliyati ham, bir qancha omillarga bog‘liq. Shuning uchun uning yakuniy natijasi nafaqat kim tomonidan amalga oshirilishi (subyekti) yoki nimaga yo‘naltirilganligi (obyekti)ga, balki ushbu jarayonning qanday amalga oshirilishi, ya’ni qanday usullar va metodlar qo‘llanilishiga ham bog‘liq.
«Usul» va «metod» tushunchalari ko‘pincha bir xil ma’noda (sinonim sifatida) qo‘llanilib, kamdan-kam hollarda farqlanadi. Keyingi holat har xil tadqiqot usullarini o‘z ichiga olgan, murakkabroq bilish usullarining majmui qo‘llanilganda namoyon bo‘ladi.
Shu bois, ushbu tushunchalarning etimologiyasi va izohiga hamda o‘zaro nisbatiga batafsilroq to‘xtalishimiz o‘rinli hisoblanadi. O‘zbek tili izohli lug‘atining IV jildida usul tushunchasiga 5ta izoh berilgan bo‘lib, shulardan ikkitasi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga nisbatan yaqinroq: «Usul [a. - asosiy qoidalar, qonunlar; qabul qilingan tartib] 1 Biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li; harakat tarzi, xili, tartibi; yo‘l. 2 Biror ish, mashg‘ulot kabilarga xos bo‘lgan, unda qo‘llanuvchi asosiy xatti-harakat, yo‘l»62 deb izohlangan.
O‘zbek tili izohli lug‘atining II-jildida «Metod [yun.methodos - tadqiqot usuli, yo‘li] 1. Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. 2. g.usul, uslub»63 deb izohlangan. Ushbu izohlarda usul, uslub, metod tushunchalarining umumiy va xususiy jihatlarini ajratib olish qiyin. Ular deyarli sinonim sifatida izohlangan.
Faylasuf olim B. Ziyomuhammadov fikriga ko‘ra: «Maqsadga yetishishda muayyan to‘siqni yengish uchun qo‘llaniladigan tadbir yoki chorani usul deyiladi»64. Shuningdek, «maqsadga yetishishda
qo‘llaniladigan usullar tizimini uslub (yo‘l) deyiladi»65.
O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi V jildida ushbu tushuncha ancha batafsil va aniqroq izohlangan: «Metod ( yun. methodos - bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) - voqelikni amaliy va nazariy egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun yo‘l - yo‘riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflaydi. Metod o‘z mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda bo‘lishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid metodlar va voqelikka xos bo‘lgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi»66.
Shunday qilib, tadqiqotda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida belgilangan muayyan vazifani hal etish uchun bajariladigan ish(harakat) usul, qo‘llaniladigan usullarning ilmiy asoslangan majmui esa metod(uslub)ni tashkil etadi.

  1. §. Metodika, metod va metodologiya tushunchalari, ularning

nisbati
«Metodologiya (metod va ...logiya so‘zlaridan) - tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot. Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi umumiy bilish metodi, deb ham ta’riflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yo‘lini o‘rgatadi»67.
Demak, metodologiya bir tomondan, bilish metodlarining tizimi haqidagi bir butun ta’limot (fan) bo‘lsa, boshqa tomondan, muayyan fan sohasida (iqtisodiyot, texnika, falsafa, tibbiyot va b.) qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarining tizimi hamdir. Ushbu fikrning birinchi qismini yanada kengroq: Metodologiya - fan nazariyasini yaratishda qo‘llaniladigan tafakkur qoidalari haqidagi ta’limot deb ham ta’riflashimiz mumkin. Izlanuvchilar ushbu ikkala jihatni ham mukammal bilishlari lozim.
Shunday qilib, metodologiya fan sifatida ikkita qutbdan iborat. Bir tomondan-ilmiy tadqiqot usullari, amallari va metodlarining majmui, ikkinchi tomondan - ilmiy faoliyatda to‘lig‘icha birlamchi turtki hisoblanadigan konsepsiyalarning mantiqiy tahlili, fanning falsafasi ekan.
Izlanuvchi ilmiy-tadqiqotning nazariy asoslari, metodlari va metodologiyasini puxta egallaganidan keyin o‘z mavzusi bo‘yicha tadqiqot metodikasini shakllantirishi lozim.
Tadqiqot metodikasi ilmiy ishda qo‘yilgan maqsadga erishishning muhim sharti bo‘lib, qo‘yilgan vazifalar ular yordamida hal etiladi va kutilgan natijalarga ega bo‘linadi.
Metodika umumiy tarzda bo‘lmasdan, har xil obyektlar, hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishning o‘z metodikasi shakllantirilishi lozim.
Metodika - bu tadqiqot o‘tkazish usullari va amallarining to‘plami, ularni qo‘llash va olingan natijalarni talqin qilish tartibidan iborat
(Iqtisodiy tadqiqotlar metodikasini shakllantirish kitobning 7-bobida batafsil yoritiladi).
Ushbu fikr-mulohazalarni umumlashtirib, metodika, metod va metodologiya tushunchalarining mantiqiy tuzilmasi va o‘zaro nisbatini quyidagicha tasvirlash mumkin (5.1- rasm).
Metodologiyaning zamonaviy talqini fanning o‘zi ijtimoiy va tabiiy jarayonlar hamda hodisalarni, ijtimoiy ong va dunyoqarash shakllanishini, inson faoliyatining samaradorligini oshirishni bilish va tartibga solish funksiyalarining xilma-xilligi va rolini ifodalashga asoslanadi. U fan va ishlab chiqarishdan oqilona foydalanish, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish,





Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish