O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/185
Sana11.04.2022
Hajmi4,77 Mb.
#542164
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   185
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari fanidan oquv-uslubiy majmua

 Nazorat savollari: 
1.
Tahlil xatoliklari necha xil bo‘ladi? 
2.
Sistematik xatolik nima ? 
3.
Ishonchlilik oralig‘i? 
4.
Standart chetlanish ? 
5.
Korrelyasiya qiymati nima ? 
 
 Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Amaldagi Davlat farmakopeyasi XI nashri, 1,2 tomlar, 1987,1990 yy 
2.
Pogodina L.I. Analiz mnogokomponentn
ыx lekarstvennыx form. Minsk. 1985 y. 
3.
S.L.Axnazarova, V.V.Kafarov. Metod
ы optimizatsii eksperimenta v ximicheskoy 
texnologii. Moskva. V
ыsshaya shkola.1985.-327s. 
4.
Rukovodstvo k laboratorn
ыm zanyatiyam po farmatsevticheskoy ximii. Pod 
rukovodstvom A.P.Arzamatseva. M.:1987 y. 
5.
Q.A.Ubaydullanv va I.K.Azizov ning ma’ruza matnlari. 
6.
Mavzu bo‘yicha tuzilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar. 
7.
Ilmiy jurnallar


28 
4-vavzu: Dori vositalarining olinish yo‘llari va yaratish istiqbollari. O‘zbekistonda dori 
vositalarini yaratishning asosiy yo‘nalishlari. 
Reja: 
1.
YAngi dori vositalarining yaratilishi 
2.
Dori vositalarini yaratish bosqichlari 
3.
Dori vositalarini yaratish usullari va olinish yo‘llari.
4.
O‘zR da faoliyat yuritayotgan ilmiy markazlar 
 Tayanch iboralar:
dori vositalarining yaratish istiqbollari va olinish usullari, O‘zbekistonda 
dori vositalarini yaratishning asosiy yo‘nalishlari.
Yangi dori moddalarning yaratilishi va tibbiyotga tatbiq etilishi turli soxa, jumladan, 
farmatsevtik kimyo, farmakologiya, biologiya hamda tibbiy fanlar olimlarining hamkorligida olib 
borgan ilmiy izlanishlarining samarali natijasidir. 
Dori preparatini yaratish ancha murakkabdir, bu faqat uning olinishi jarayoniga bog‘liq 
bo‘lmay, balki farmakologik samaraligiga ko‘p turli omillarning ta’sir ko‘rsatishidadir. 
Hozirgacha tabiiy manbalardan va sintez yo‘li bilan olingan kimyoviy birikmalar ko‘p bo‘lishiga 
qaramay, tibbiyot amaliyotida ularning juda ham kam qismi ishlatilmoqda.Dori moddalarining 
yaratilishi bu murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayon to dori moddaning olinish g‘oyasidan boshlab 
to uning dorixonaga etib borgunga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. 
 
Dori moddalarining noxush qo‘shimcha ta’siriga ega ekanliklari, ya’ni allergiya,
bemorlarning 

yoki 
bu 
dori 
moddasini 
ko‘tara 
olmasliklari, 
dori 
moddalarga 
mikroorganizmlarning barqarorligini tabora ortib borishi bo‘larning hammasi yangi dori 
moddalarni yaratilishini yoki borlarini takomillashtirishni taqazo etadi. Masalan: kuchli og‘riq 
qoldiruvchi dori vositasi bo‘lgan morfin va promedol dori moddalarini olaylik. Bu dorilarning 
noxush taraflaridan biri bu ularga kasallarning o‘rganib qolishi va ularning ta’sir muddatining 
qisqaligidadir, shuningdek ular zaharlidir. 
YUrak xirurgiyasi, neyroxirurgiya reanimatalogiyasining tobora rivojlanib borishi narkoz 
uchun, gangliobloqatorlar, analgetiklar va boshqa xususiyatga ega bo‘lgan yangi dorilarni 
yaratishni talab etayapti. Bemorlarga tashxis qo‘yishda ishlatiladigan rentgenologik usullarning 
rivojlnishi yangi-yangi rentgenokontrast vositalarining ishlab chiqilishiga olib keldi. 
19 asrning oxirigacha insoniyat olamida dori moddalar emperik usulda, ya’ni tasodifiy 
kuzatishlar oqibatida yaratilib kelindi. SHifobaxsh xususiyatlari tasodifiy topilgan edi. Xuddi 
shunday tasodifan yodning buqoq kasalligini davolashdagi, bromidlarning epilepsiyani 
davolashdagi, atsetanilidning haroratini tushirish xususiyati, fenolftaleinning yumshatuvchilik 
xususiyatlari ochilgan edi. 
Tasodifiy kuzatishlar natijasida hozirgi zamon dori moddalaridan antibiotiklar, psixotrop 
dori vositalari topilgan. Ba’zida dori moddalarning qimmatbaho xususiyatlari ularni klinik 
sinovlarini o‘tkazilayotganda aniqlanib qoladi. Masalan, amidopirin klinik sinovlardan 
o‘tayotganda unga solyubilizator sifatida taklif qilingan butadionning samarali harorat pasaytirish 
xususiyati borligi aniqlangan. Ammo bu natijalar ilmiy tomonidan tasdiqlanmagan edi. Kimyo va 
biologiya fanlarining rivojlanishi dori moddalarni yo‘naltirilgan usulda qidirish kerakligini 
ko‘rsatdi. Buning uchun kimyoviy laboratoriyalarda olinayotgan sun’iy dori moddalarning 
farmakologiyasi o‘rganilishi kerak. Hozirgi vaqtda yangi dori moddlarini yaratish borasidagi 
izlanishlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi: 


29 
1.
Emperik (tajriba) usul 
2.
Aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan usul (sintez: to‘la va qisman); 
3.
Gen muxandisligi usuli; 
4.
Xujayra biotexnologiyasi (klips)usuli ( maxsus biologik muxitda o‘simlikning 
ma’lum a’zolarini o‘stirish natijasida shu organda saqlangan moddalar tez va etarli miqdorda 
ajratib olinadi ). 
5.
Kompyuter kimyosi 
Emperik usul xatoliklar va yanglishishlar asosidagi izlanishlar bo‘lib, uning mohiyati 
shundan iboratki, kimyogar olim tomonidan turli maqsadda emperik qonuniyatlar asosida sintez 
qilib olingan birikmalarning ichidan ularning kimyoviy tuzilishlari ustida to‘g‘ri fikr yuritgan 
xolda, farmakolog olim dastlabki tajriba yo‘li bilan qaysi fiziologik faol guruxlarga kirishini 
taxminan bo‘lsada belgilab beradi. Keyinchalik ulardan farmakologik faol modda bo‘lishi 
mumkin deb topilganlari tanlab olinadi va ta’siri jihatidan unga o‘xshash amalda mavjud 
preparatlari asosida har tamonlama biologik faollik darajasi va organizmga xavfsizligi 
tekshiruvlaridan o‘tkazib aniqlanadi. Bunday ko‘p sonli va turli gurux kimyoviy moddalar 
orasidan farmakologik faol preparatlarni tanlab olish ingliz amaliy adabiyotida «skrining» deb 
yuritiladi( ya’ni tanlab olish, elakdan o‘tkazish demakdir) ya’ni juda ko‘p sintez yo‘li bilan yoki 
tabiiy manbalardan olinayotgan turli xil dori moddalar kimyoviy va farmakologik testlar 
yordamida ajratib olinadi. 
Skrining usulida ko‘plab kimyoviy moddalar ichidan dori sifatida yaroqliligini tanlab olish 
iqtisodiy jihatdan qimmat bo‘lib, ularni dori sifatida ishlatish mumkinligini isbotlash esa juda 
ko‘p vaqt talab qilinadi. 
Hozirgi vaktda skrining usuli bo‘yicha ko‘p sonli kimyoviy birikmalar orasidan tibbiyotda 
ishlatilishga yaroqliligini tanlab olish yo‘llarini zamonaviy fan va texnika asosida 
takomillashtirish borasida bir muncha yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, shu sohada izlanishlar hali 
davom etmoqda. 
Dori vositalarini yaratishda yana bir usul bu aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan sintez yo‘lidir 
. Usulning mohiyati shundan iboratki, olishga mo‘lljallangan dori moddasining sintezi uning 
farmakologirk ta’siri har tomonlama oldindan nazariy asoslangan aniq bir yo‘nalishda olib 
boriladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha mo‘ljallangan yangi dori moddasini yaratish uchun ko‘pgina 
hozirda amalda ma’lum kasallikni davolashda qo‘llaniladigan moddalarning kimyoviy tuzilishini 
nazarda tutgan xolda sintez qilinadi. 
Aniq bir maqsadga qaratilgan yo‘nalishda yangi dori moddasini olishning hozirgi vaqtda 
ko‘p tarqalgan yana bitta usuli, ayni paytda keng qo‘llaniladigan yuqori biolgik faol dori 
moddalarining kimyoviy tuzilishiga asoslangan yarim sintetik usuldir. YArim sintetik usul bilan 
olish, ayniqsa tabiiy dori moddalarining jumladan, alkaloid, gormon, vitamin va antibiotiklarning 
kimyoviy tuzilishiga biror o‘zgartirishni kiritilishi, ular ta’sirini yanada kuchaytirishga, 
barqarorligini oshirishga va ba’zida esa ta’sirini mutlaqo boshqa yo‘nalishga o‘zgarib ketishiga 
olib keladi. 
foli kislotasi 
Masalan, foli kislotasi tuzilishidagi pirimidin halkasinin 4-xolatidagi ON guruxi o‘rniga 
NN2 guruxini va 10-xolatdagi NN2 guruxidagi vodorodni SN3 radikaliga almashtirib, ta’sir 
jihatidan foli kislotaga qarama-qarshi bo‘lgan metotreksat preparati olindi. 
COOH 
NH CH CH
2
CH
2
COOH

N
OH 


NH
2
CH
2
N CO 



30 
Metotreksat
Tabiiy penitsillinlar asosida yarim sintez usuli bo‘yicha yangi kislotali muxitga va 
penitsillinaza fermentiga chidamli hamda keng doirali antimikrob ta’sirga ega penitsillinning turli 
xillari yaratildi. 
Oksitetratsiklin molekula tuzilishining 6-xolatidagi ON va SN3 guruxlardan N2O chiqarib 
tashlaganda, unga nisbatan birmuncha notoksik va kuchli ta’sirga ega yarim sintetik metatsiklin 
preparati olindi.
Oxytetracyclinum
hydrochloridum
OH
OH
OH
OH
CH
3
HO
OH
N(CH
3
)
2
O
O
CONH
2
HCl
Methacyclinum
hydrochloridum
OH
OH
OH
OH
CH
2
OH
N(CH
3
)
2
O
O
CONH
2
HCl

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish