O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/114
Sana04.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#431403
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
Bog'liq
kasbpsixologiyapdf

ixtiyoriydan so’nggi diqqatni
alohida ko‟rsatish mumkin. Bu tushuncha 
psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy etilgandir. 
Agar maqsadga yo‟naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy 
to‟planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va 
jarayonining o‟zi qiziqarli va ahamiyatli bo‟lsa, bu ixtiyoriydan so‟nggi diqqat 
to‟g‟risida mulohaza yuritishga asos beradi. Bu holda faoliyat kishini shu qadar 
qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni ob‟yektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-
g‟ayrat sarflamasa ham bo‟laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so‟nggi diqqat 
ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon bo‟lgan holda shuning o‟zidangina iborat deb 
hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat anglanilgan holda ilgari surilgan maqsad 
bilan bog‟liq bo‟lganligi sababli u ixtiyorsiz diqqatdangina iborat qilib qo‟yilishi 
ham mumkin emas. Masalan, yuqori sinf o‟quvchisi imtixonga tayyorlanayotib, 
qiyin kitobning qisqacha mazmunini yozib chiqarkan, oldiniga o‟zini diqqat-
e‟tiborli bo‟lishga, alahsimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga 
shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg‟itish qiyin bo‟ladi. Dastavval 
irodaviy kuch-g‟ayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so‟nggi diqqatga 
aylanadi. Ixtiyoriydan so‟nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham 
barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko‟proq yuqori darajadagi jadal va unumli 
aqliy faoliyatni, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda 
ana shunday diqqat turi bilan bog‟liq deb hisoblaydilar. 
Diqqatni irodaviy kuch-g‟ayratlar yordami bilan doimo bir maromda saqlab 
turish o‟ta zo‟riqishni talab qiladi va kishini juda ham toliqtirib qo‟yadi. O‟qitish 
jarayonida ixtiyoriydan so‟nggi diqqatning alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi 
shu holat bilan belgilanadi. Dastavval u ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‟lishi 
munosabati bilan faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta 


tashkil etish shart. Ixtiyoriydan so‟nggi diqqatga xos bo‟lgan qiziqish shaxsning 
faolligiga bog‟liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa faoliyatda ijodkorlik 
alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo‟ladi.
Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib yetishda dominanta 
(nasldan-naslga o‟tuvchi asosiy belgi) prinsipi alohida ahamiyatga egadir. 
A.A.Uxtomskiyning fikriga ko‟ra, miyada hamisha qo‟zg‟alishning ustun 
hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo‟ladi. A.A.Uxtomskiy dominantani 
«yuksak darajadagi qo‟zg‟alish markazlari» konstellyasiyasi deb ta‟riflaydi. 
Dominantaning hukmronlik qiluvchi sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u 
qo‟zg‟alishning yangi hosil bo‟ladigan markazlarini faqat tiyib qo‟ya qolmaydi, 
balki sust qo‟zg‟alishlarni o‟ziga jalb etishga va shu tufayli ularning hisobga 
yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko‟proq darajada ustunlik qilishga ham 
qodirdir. 
Dominanta 
qo‟zg‟alishning 
barqaror 
markazi 
hisoblanadi. 
A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida yuksak darajadagi 
qo‟zg‟alishning ko‟proq yo ozroq barqaror markazi tushuniladi», deb yozgan edi. 
A.A.Uxtomskiyning dominanta to‟g‟risidagi tasavvurlari uzoq vaqt davomida 
diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi. 
Yuksak darajadagi qo‟zg‟alish markazlarida miyaning faoliyati uchun 
yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning yo‟naltirilgan tarzda 
jamlanganligi holatida barcha bilish jarayonlarining yuksak samarali bo‟lishini 
belgilab beradi. 
Diqqat turlicha sifat ko‟rinishlari bilan ta‟riflanadi. Diqqatning bu 
ko‟rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.
1. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish