1
O
’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta
’lim vazirligi
Andijon davlat universiteti
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
5141600
– BTSTI ta’lim yo’nalishi
4
– kurs 1 – guruh talabasi
Boboxonova Nigora
ning
“
Bosh
lang’ich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar
bilan ishlash
” mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI
Ilmiy rahbar: I. Abdullayev
Andijon
– 2015
2
REJA:
Kirish
I BOB. Boshlang`ich sinflarda masalalar ustida ishlash
1.1. Boshlangich sinflarda masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy
vazifalari
1.2. Matnli masalalar va ularni echish uchun zarur ko’nikma va
malakalar
II bob. Matematika darslarida ijodiy harakterdagi masalalar yechishni
ko’rgazmalilik asosida tashkil etish usullari.
2.1. Matematikadan ko’rgazma materiallarning turlari
2.2. Grafik modellardan foydalanish orqali masala yechish metodikasi
2.3. Rasm-tasvir, animatsion tasvirlar orqali masala yechishning afzalligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Mustaqillikning
dastlabki
yillaridanoq
yurtimizda
ma'naviyatni
yuksaltirishga juda katta e'tibor bеrilishi bеjiz emas, iqtisodiyotni rivojlantirish,
mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni jarayon siyosati saqnasiga olib chiqish
kabi vazifalarni ma'naviyatni yuksaltirmay turib amalga oshirib bo’lmaydi.
Ma'naviyatni yuksaltirish sohada muayyan muvafaqqiyatlarga eishilgach,
jumladan, milliy tariximizni, xalqimizning g’ururi bo’lgan o’nlab va yuzlab
allomalar xotirasini qayta tiklash, milliy an'ana va marosimlarni el-yurtimizga
qaytarish kabi xayrli ishlar amalga oshirilgach, milliy mafkura va milliy istiqlol
g’oyasi va mafkura masalalarini kun tartibiga qo’yish uchun ma'naviy asos
yaratildi. Ana shu ma'naviy asos mamlakat taraqqiyotini ta'minlovchi yosh avlodni
ma'naviy kamol toptirish, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash jarayonida muhim
omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish
komil insonni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
asoslanamiz.
Prеzidеntimiz Islom Karimovning ta'lim-tarbiya tizimidagi jiddiy
kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani tubdan isloh etish bo’yicha muhim
dusturiy hujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo’ydi.
Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari
darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish,
kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon
bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga
tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli
kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga
ega bo’ldi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar
4
bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh
avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning
ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda
ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish,
yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish,
insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftixor, o’zga millat kishilari
va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda
vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga
oshirilmoqda.
Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi
kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-
siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi”dеgan
edi.
Jamiyatda layoqatli, ishbilarmon, yеtuk kadrlarga hamisha zarurat tug’iladi.
Insoniyat rivojining tarixi uning talablarini qondirish va mavjud muammolarni hal
etishga qodir munosib kadrlarga ehtiyoj sеzib kеlganidan guvohlik bеradi. Bu
jamiyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida ham dolzarb masalalardan biri bo’lib
kеlmoqda. Buning uchun esa kadrlar siyosati nеgizida ma'naviyat va ma'rifat,
shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish talab etiladi.
Komil inson dеganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi - Inson yaralibdiki, hamisha erkin,
ozod hayot kechirishni, yaratish, ijod qilishni risoladagidek hayot tarzi sifatida
qadrlab kelgan. Unga daxl qilinganda, hamisha qarshi kurashib, erkka erishmoqni
o’z oldiga oliy maqsad qilib qo’ygan. Zero har bir inson qachonki, erki o’z qo’lida
bo’lsagina, o’z qadrini o’zi belgilashga avlodlari uchun munosib kelajak barpo
etishga imkoniyat topa oladi. Aks holda, ushbu maqsadlar bo’lmasa kyechilgan
hayot oxir- oqibatda sarob singari izsiz yo’qolib ketaveradi. 1991- yil 31- avgustda
jonajon O’zbekistonda Mustaqillik e’lon qilinib, u qonun bilan mustahkamlanib
qo’yilgan onlarda har bir vatandoshimiz ongidan joy olgan ozodlik, istiqlol, hurlik
5
kabi tushunchalar yildan-yilga teranlashib, o’z maqsaddaligini to’la ma’noda
namoyon etib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda
“Mustaqil O’zbekiston kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi”.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda eng muhim hisoblangan tizim xalq ta’limi
sohasiga e’tibor qaratishi unda faoliyat ko’rsataoyotgan o’qituvchilarga
g’amxo’rlik qilish birinchi galdagi yumush sifatida amalda bajarila boshladi. Zero,
yangilanayotgan jamiyatga hur fikrli, erkin fikrli zamonaviy qarashlarga ega
bo’lgan vatanparvar yoshlar suv va havodek zarur edi. Chunki ularning hali
zaharlanib ulgirmagan onglarini o’zlari tug’ilib o’sayotgan yurtga uning o’tmishi-
yu, kelajagiga hurmatli hamda xayrixoh qilib shakllantirish bir tomondan oson
bo’lsa, ikkinchi tomondan hiyla eski tushunchalar hamda yot maqsadlarga
yo’naltirilgan davr mazmuni bilan bunga erishish amri mahol edi. Ushbu omillar
ta’lim tizimida to’laqonli islohotlar olib borishni taqozo etdi. Istiqlolning birinchi
o’quv yili 1991-1992-yillar aynan ushbu jihatlar bilan, qolaversa, boshlangan ulkan
ishlarning barchasi sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib qoldi.
Yoshlarni ajdodlarimiz ma’naviy merosi, xalqimizning tarbiyashunoslikdagi
an’ana va urf –odatlar asosida, yurt uchun fidoyi farzandlar qilib tarbiyalash,
zamonaviy kadrlar yaratish zarur .
O’zbekiston chuqur isloxotlar davrida yashar ekan, o’z istiqbolini erishib
kelayotgan yosh avlod timsolida ko’radi. Dunyo hamjamiyatida munosib o’rin
egallash uchun mamlakatda nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki ma’naviy –ma’rifiy
yuksalish ham extiyojga aylandi . Xususan, yoshlar taqdiri butun xalqning o’y-
hayollarini band etdi. 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlis tamonidan qabul qilingan
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ning hayotga tadbiq etila boshlaganidan buyon
o’tgan yillar davomida yoshlarning ongidan joy ola boshlagan bilim olishga ,
hayotda o’z o’rnini topishga bo’lgan ishtiyoq, intilishning ortganligi,
o’qituvchilarda ta’lim berishga fidoiylarcha munosabatini yo’lga qo’ya boshlashi,
umuman olganda jamoatchilikda ta’lim –tarbiya sohasiga belgilovchi omil sifatida
qarashning vujudga kelganligi eng katta yutuqlarimiz hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasi o’ziga xos ta’lim tizimi, milliy mafkurasi, umumbashariy
6
tamoyillari, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari hamda mustaqillik
davrida vujudga kelgan va shakllangan ijtimoiy –iqtisodiy o’zgarishlar bu boradagi
xalqaro tajribalar inobatga olinib yaratilgan umumiy o’rta ta’lim DTS va o’quv
dasturlari kelajak avlodlarni kamol topishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan,
madaniyat,
texnika,
texnologiya
rivoji
asosida
kadrlar
tayyorlashning
takomillashgan tizimiga amal qilish bo’lib hisoblanadi .
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim
tizimining tuzilmasi va mazmunining tub islohotlari ko’zda tutiladi .
Mavjud ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy
dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda,
uzluksiz ta’lim tizimini barcha shakldagi ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini
ta’minlovchi ilg`or ilmiy –metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Mamlakatimizda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab
matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi .
Shu sababli boshlang’ich sinflarda ishlashda o’rta maktabda matematika
o’qitishda ko’zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni
hal etishda boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak.
Maktabning boshlang’ich sinflarida bolalar matematika sohasida dasturda
nazarda tutilgan bilimlar, o’quvlar va ko’niqmalarining ma’lum xajmini ongli
ravishda va mustaham egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib
o’tilgan mulohazalarini hisobga olish kerak.
Boshlang’ich ta’limning muhim masalalaridan biri o’quvchilarda ongli va
mustahkam hisoblash (ko’pincha avtomatizmga yetkazilgan) malakalarini
shakllantirish edi va shunday bo’lib qoladi.
O’quvchilarga egallangan bilim, o’quv va malakalarini turli xil sharoitlarda
qo’llanishga o’rgatish o’qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Shu
bilan birga bilimlarning qo’llanishi ham bolalarning o’quv ishlari samaradorligini
oshirishning muhim vositalaridan biridir. Bilim, o’quv va malakalarining to’la
qiymatli o’zlashtirilishiga ularning o’zgaruvchi sharoitlarda mustaqil qo’llanishi
7
natijasida erishish mumkinligini psixologlar isbotlashdi. Bolalarning maktabda
boshlang’ich sinflardan keyingi sinfga o’tishida albatta vujudga keladigan ko’p
darajada aynan shu asosida bartaraf etilishi mumkin. Bu sohada o’qituvchidan ko’p
narsa talab qilinadi. Bunda bolalarda uzviy ravishda mustaqillikni o’stirish o’qitish
jarayonida ularning mustaqil ishlariga bo’lgan talabni asta-sekin ortira borish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |