Bolalar jamoalarida
tibbiy yordamni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish
uchun poliklinikada, bolalar muassasalari, maktablarda ishlovchi vrachlar va
hamshiralardan tashkil topgan maktabgacha ta’lim -maktab bo’limi tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim - maktab bo’limining asosiy vazifasi - bolalar
muassasalarida bolalarning kasallanishini kamaytirish, sog’lig’ini saqlash bo’yicha
quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
maktabgacha ta’lim
muassasalarida, maktabga borishga tayyorgarlik ko’rayotgan
bolalarni tekshirish va ular orasida davolash-sog’lomlashtirish tadbirlarini
o’tkazish;
tashqi muhitni sanitariya-gigienik holati, kun tartibining asosiy komponentlari,
ayniqsa, ovqatlanish, jismoniy tarbiya, chiniqtirish kabi tartiblarga amal qilinishni
nazorat qilish.
bolalarning sog’lig’ini muntazam kuzatib borish, sog’lom bolalarni reja asosida
dispanser nazoratidan o’tkazish;
tibbiy ko’rik davrida aniqlangan bemor bolalarni davolash, faol ravishda dispanser
kuzatuvini olib borish;
o’tkir kasalliklarning oldini olish buyicha profilaktik tadbirlar o’tkazish;
ota-onalar,
tarbiyachilar, pedagoglar, texnik xizmatchilar o’tasida sanitariya-
moarifi ishlarini tashkil etish;
yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish;
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar faoliyati, umuman olganda bo’lim
faoliyatini tahlil etish asosida sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish.
Maktabgacha ta’lim, maktablarda ishlovchi vrach va hamshiralar ishini
nazorat kilish maqsadida poliklinika bosh vrachi
davriy ravishda bolalar
muassasalariga tashrif buyuradi, xodimlar hisobotini eshitadi.
Maktablarda jismoniy tarbiyani to’gri tashkil etiganligi, o’tkazilayotganligi
ustidan vrach nazorati o’rnatiladi. Ushbu vrach nazorati qo’yidagilardan iborat:
-Jismoniy mashg’ulot darslarida shug’ullanish uchun guruhlar tuzish maqsadida
bolalarning jismoniy rivojlanganligi va salomatliginimuntazam kuzatib boradi,
sport sektsiyalari, turistik poxod va musobaqalarda qatnashish uchun ruxsatnoma
beradi.
-Jismoniy
madaniyat darslari, jismoniy tarbiya orasidagi tanafusslar, sektsiya
mashgulotlari va musobaqalar o’tkazish usullariva ularning mazmuni ustidan vrach
- pedagogik kuzatishlar olib boradi.
-Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari o’tkaziladigan joy va ularning sharoiti
ustidan sanitariya-gigienik nazorat o’rnatadi. Maxsus guruhlar bilan olib
boriladigan jismoniy mashg’ulot darslarini kuzatib boradi.
-Jismoniy tarbiya masalalari buyicha sanitariya - maorifi ishlarini olib boradi.
-SHikastlanishlarning, jarohatlanishlarning oldini olish va unda birinchi yordam
ko’rsatish.
Barcha maktab bolalari jismoniy madaniyat darslarini o’tish uchun 3
guruhga
bo’linadi: asosiy, tayyorlov va maxsus.
Oxirgi paytlarda bolalar orasida har xil yetishmovchiliklar borligini o’z
vaqtida aniqlash va tibbiy ko’riklar samaradorligini oshirish maqsadida
pediatriyada ommaviy diagnostik skrining testlaridan keng
foydalanilmoqda.
Maktab bolalari salomatligini ommaviy skrining testlar orqali nazorat qilish
quyidagi bosqichlardan iborat:
bosqich - skrining tekshirish (asosan hamshira o’tkazadi);
bosqich - test yordamida ajratib olingan bolalarni vrach
tomonidan tekshirish;
bosqich
-
vrach
tomonidan
yuborilgan
bolalarni
mutaxassislar
tekshiruvidan o’tkazish.
Ushbu skrining testlari asosan o’rta tibbit xodimini bolalar salomatligini
kuzatish borasidagi rolini oshiradi.
Vrachlar va mutaxassislar vaqtidan unumli foydalanish va shu bilan bir
qatorda bolalar salomatligini boshlang’ich chekinish
davrida profilaktika
tadbirlarini o’tkazish imkonini beradi.
6 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan go’daklar va bolalarga tavsiya qilinadigan oziq -
ovqat mahsulotlari, ko’krak suti 2 yoshgacha bo’lgan va undan katta bolalar uchun
ozuqa moddalarining asosiy manbaidir. 6 oylik bo’lgach (180 kun), bolangiz
ko’krak suti bilan birga boshqa ozuka moddalari va suyukliklarga muhtoj bo’ladi.
Ushbu sahifada tavsiya qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga misollar keltirilgan.
Keyingi sahifalarda esa farzandingizni turli yoshda oziqlantirish davriyligi va
usullari bo’yicha tavsiyalar keltirilgan. Asosiy oziq - ovqat mahsulotlari
farzandlarga quvvat beradi. Bunday mahsulotlarga boshoqlilar (gurunch, bugdoy,
makkajo’xori, tariq), ildiz mevali o’simliklar (kartoshka, sabzi) va mevalar (olama,
banan) kiradi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridagi ozuqa moddalarining o’zi
yetarli emas. Bolalarga shu bilan birga chorvachilik mahsulotlarini va boshqa
ozuqa mahsulotlarini berishish lozim. Bolaningiz ratsionida quyidagi xilma xil
mahsulotlar bo’lishi lozim:
CHorvachilik mahsulotlari: jigar, go’sht, tovuq, baliq, tuxum;
Sutli mahsulotlar: pishloq, yogurt, tvorog (va emizilmaydigan bolalar uchun
sut);
Ko’katlar va sariq tusli sabzovotlar: (karam, kartoshka, sabzi, qovoq,
sholgom).
Mevalar: olma, shaftoli, o’riq, banan, apelьsin
Dukkaklilar: loviya, mosh
Yog’ va moylar: o’simlik yog’i, saryog’
Farzandlarni asosiy oziq-ovqatlar bilan birga yuqorida sanab o’tilgan guruhlarga
kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan boqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: