O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/130
Sana04.02.2022
Hajmi1,86 Mb.
#429885
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130
Bog'liq
2932-Article Text-7286-1-10-20200618

3 BOB. JISMONIY RIVOJLANISH 
 
Jismoniy rivojlanish aholi salomatligini asosiy ko’rsatkichlaridan biri 
hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish aholi salomatligini boshqa ko’rsatkichlari bilan 
bir qatorda jamiyat sog’lig’ini xarakterlashda ijobiy rol o’ynovchi kattalikdir. 
Aholining jismoniy rivojlanishiga qarab, ularning turmush darajasi, ovqatlanishi, 
dam olishi kabi omillar haqida fikr yuritish mumkin. Jismoniy rivojlanish ko’p 
jihatdan biologik, ijtimoiy - iqtisodiy va tashqi omillarga bog’liq.
Oxirgi paytlarda mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarining har xil 
mintaqalarida va har xil millatlar orasida jismoniy rivojlanishni o’rganishga katta 
ahamiyat berilmoqda. Aholi yosh guruhlari ichida eng muhimi bolalarning 
jismoniy rivojlanishini o’rganish. CHunki bu yoshdagi jismoniy rivojlanish, 
boshqa 
yoshdagilarning 
jismoniy 
rivojlanishini, 
ularning 
salomatligini 
ko’rsatuvchi o’ziga xos barometr hisoblanadi.
Tana uzunligi (kattalarda tik turgan holda, bir yoshgacha bolalarda – 
yotqizilgan holda), tana vazni, ko’krak aylanasi (bir yoshgacha bolalarda – kalla 
aylanasi) jismoniy rivojlanishning asosiy belgilari, o’tirgan holdagi tana uzunligi, 
chanoq, yelka aylanasi, oyoqlarning uzunligi – qo’shimcha belgilari hisoblanadi. 


Bundan 
tashqari 
fiziometrik 
belgilar: 
o’pkaning hayotiy hajmi 
(spirometriya), qo’l barmoqlari mushagining kuchi (dinamometriya). Tashqi 
belgilar: (somatometrik) gavda tutish holati, ko’krak qafasining tuzilishi, oyoq, 
tovonlar muskullarining taraqqiy etganlik darajasi, teri osti yog’ qoplamalari, 
ikkilamchi jinsiy belgilar, pulьs, qon bosimi ham e’tiborga olinadi. 
Odamlarning jismoniy rivojlanishini kuzatish va nazorat qilish ular tug’ilgan 
davrdan, tug’ruqxonadan boshlanadi. Bunday kuzatish bolalar poliklinikalarida, 
maktabgacha (yasli, bog’cha) bolalar muassasalarida davom ettiriladi. Maktab 
yoshidagi bolalar, o’smirlarda – o’smirlar va maktab, litsey bolalari vrachlari 
tomonidan ularning jismoniy rivojlanishi nazorat etilib boriladi va olingan 
ma’lumotlar bolalar va o’smirlar salomatlik pasportiga (bolalarning rivojlanish 
tarixiga) yoziladi. Katta yoshdagi aholining jismoniy rivojlanishi askarlikka 
chaqiruv davrida, harbiy xizmat davrida, hamda talabalar, sportchilar sog’ligini 
nazorat qilishda kuzatib boriladi. Undan tashqari ishchi-xizmatchilarning har xil 
guruhlari orasida kompleks tibbiy ko’rik o’tkazish paytida ularning jismoniy 
rivojlanishi o’rganiladi. 
Aholining jismoniy rivojlanishini o’rganishdan asosiy maqsad ularning 
kattaliklarini va ulardagi o’zgarishlarni o’rganish: 
Aholining har xil yosh – jins guruhlari orsida ularning jismoniy rivojlanishini, 
uning o’zgarishlarini va asosiy qonuniyatlarini o’rganish. 
Bir kollektivning o’zida ularning salomatligini, jismoniy rivojlanishini dinamikada 
o’rganish va uning qonuniyatlarini aniqlash, ularning salomatligini yaxshilash 
borasida chora-tadbirlar belgilash. 
Aholining har xil klimato – geografik, etnik, yosh-jins guruxlari, ayniqsa bolalar 
orasida jismoniy rivojlanishning standartlarini ishlab chiqish. 
Bolalar orasida o’tkazilayotgan sog’lomlashtirish chora tadbirlarini baholashdan 
iborat. 
Jismoniy rivojlanish sifat jihatdan bir xil bo’lgan aholi guruxlari orasida 
tibbiyot muassasalari tomonidan yoki ilmiy tadqiqot institutlarining ilmiy 
xodimlari tomonidan maxsus tuzilgan dastur orqali o’rganilishi kerak. 
Jismoniy rivojlanishni tahlil qilish va baholash umumlashtiruvchi 
(generallashtiruvchi) va xususiylashtiruvchi (individuallashtiruvchi) usullar orqali 
olib boriladi. 
Umumiylashtiruvchi usulda – har qaysi yosh – jinsi guruhida alohida 
olingan bolalarninig antropometrik belgilari o’lchanib ularning yig’indisidan har 
bir yosh (jins) guruhlari uchun jismoniy rivojlanishning o’rtacha qiymatlari keltirib 
chiqariladi.
Xususiylashtiruvchi usulda – bir guruh bolalarning har birini rivojlanishi ma’lum 
bir davr oralig’ida dinamikada (“uzunasiga”) kuzatib boriladi va ularga asosan 
yosh-jins guruhlari bo’yicha standartlar ishlab chiqiladi. 
Antropometrik o’lchashlarni o’tkazish, olingan ma’lumotlarni hisoblash, 
aholini ayrim guruhlari jismoniy rivojlanishi haqida standartlar tuzish D.I. Aron va 
A.B. Stavitskaya (“Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini tekshirish 
uslublari”, 1959) tomonidan ishlab chiqilgan usul asosida olib boriladi. 


Misol tariqasida Toshkent shahrida yashovchi bir yoshgacha bo’lgan 
bolalarning jismoniy rivojlanishini keltiramiz (jalval 5, 6). 
Jadval 


Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish