Tadqiqotning vazifalari:
O`zbekistonda yangicha ta’lim tizimiga o`tish jarayonida talaba-yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashda madaniy-ma’rifiy tadbirlardan foydalanishning zarurati, o`rni va ro`lini yoritish;
Bayramlarning ijtimoiy hayotdan tutgan о‘rnini belgilash, uning tarbiyaviy jihatlariga katta e’tibor qaratish;
Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni oliy ta’lim tizimidagi mashg`ulot shakillari: ma’ruzalar, amaliy mashg`ulotlar, seminarlar bilan uyg`unlashtirish usul va shakllarini aniqlash;
-mutaxassislik fanlarida madaniy tadbirlarni tashkil etish, jumladan,
bayramlarni о‘tkazishga xos bо‘lgan usul va vositalar haqida ma’lumotlar tо‘plash;
-Tadbirlar (bayramlar) dramaturgiyasi muammolarini о‘rganish;
Talaba yoshlarni tarbiyalashda madaniy-ma’rifiy tadbirlardan foydalanish bo`yicha to`plangan tajribani umumlashtirish;
-Insonlarga bayramlarning mohiyatini tushuntirish,ularni tadbirning faol ishtirokchisiga aylantirish kabilar mazkur bitiruv malakaviy ishning vazifalarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |