O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 351 Kb.
bet4/33
Sana31.12.2021
Hajmi351 Kb.
#233750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
БМИ-Олимхўжаева Мафтуна

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, insonlarning ma’naviyatini oshirish, ularga ma’naviy ozuqa berish, yaxshi,

farovon turmush sharoitlarini yaxshilash, о‘z yurti, oilasi, kasbini sevish, ularni bilimli, ma’rifatli, komil inson qilish va boshqa ezgu maqsadlarga

qaratilgan juda kо‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan qator-qator dasturlarning asosiy mohiyati ham ana shunday ulkan maqsadlarga yо‘naltirilgan.

Mamlakatimizda bо‘layotgan katta о‘zgarishlar va muvaffaqiyatlarni bayramlarimiz misolida yaqqol kо‘rishimiz mumkin. Madaniy tadbirlarning oliy shakllaridan bir bо‘lgan bayramlar yurtimiz chiroyi, gо‘zalligi, maftunkorligini jahonga tarannum etmoqda. Ayniqsa, mustaqillikni qо‘lga kiritganimizdan sо‘ng bayramlarni о‘tkazish,

tashkil etish va boshqarishga bо‘lgan e’tibor va talab kuchaydi. Chunki bayramlar yurtimiz, millatimiz kо‘zgusidir.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar dramaturgiyasi kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyat chog‘lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini о‘zida qamrab olgan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir. Bayramlar о‘z-о‘zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-odat, an’analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g‘oya uyg‘unligida tashkil etilgan bayram va tomoshalar yuqori darajada о‘tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. Chunki insonlar bayram-tadbirlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini kо‘tarish va boshqa ijobiy hislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, о‘z mehnatidan zavq olishiga,

mehnat unumdorligiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga munosabatini yaxshilik tomonga о‘zgartirishiga olib keladi.

Bayramlarni tashkil qilinishining asosiy maqsadi ham ana shunga

qaratilgan”. Shunday ekan, bayramlarni tashkil etish muammolari, uning inson tarbiyasidagi rolini har tomonlama yoritish mazkur malaka ishining asosini tashkil etadi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlarning dramaturgiyasi shakllari juda xilma-xildir. Davra suhbatlari, uchrashuvlar, lektoriylar, tematik kechalar, kulgu kechalari, teatr, spektakllar namoyishi, adabiy-badiiy, musiqiy kompozitsiyalar, yubiley va boshqalar shular jumlasidandir. Madaniy tadbirlarning eng olish shakli -bayramlardir.

Madaniyat va ahol dam olish markazlari, maktab va kollejlar, turli

tashkilotlarda bayramlar har xil shakllarda tashkil etiladi. Madaniyat xodimlari va san’at ahli ushbu tadbirlarni tashkil etishda samarali mehnat qiladilar. О‘zbekiston davlati mamlakatda insonlarning yashash shartsharoitlarini yaxshilash, yoshlarga bilim berish, bо‘sh vaqtlarini samarali

tashkil etish va buning natijasida jamiyat hayotida faol ishtirok etish, oilasi,

kasbi, Vatanini sevish kabi ijobiy hislatlarni jo qilishga katta e’tibor

qaratmoqda. Shu bois ham jamiyat taraqqiyotiga tegishli bо‘lgan barcha

sohalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi

Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish va yanada takomillashtirish bo`yicha “2017-2021 yillarda mo`ljallangan chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi dasturi ana shunday ulug‘ maqsadlarga qaratilgan. Bu qaror aholining, ayniqsa, bolalar va yoshlarning intellektual, estetik va madaniy

ehtiyojlarini tо‘laroq qondirish uchun zarur zamonaviy, ijtimoiy-madaniy va

ma’naviy-ma’rifiy muassasalar yaratish maqsadida qabul qilgan.

Bayramlarning tashkil etish asosan madaniyat va aholi dam olish markazlari

xodimlariga zimmasiga tushadi.

Respublikamizda о‘tkazilayotgan «Mustaqillik”, “Navrо‘z”, “Umid

nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va boshqa shu kabi Respublika

miqiyosidagi bayram tadbirlarimiz yuqori darajada tashkil etilmoqda. Ammo,

bir haqiqatni aytib о‘tish joizki, bu bayramlar yildan–yilga strategik shaklga

kirib, bir xil shtamplarni vujudga keltirmokda. Bundan tashqari bayramning

kompozitsion tuzilishi kо‘p yillardan beri bir xil uslubda hal etilmoqda.

Tomoshabin nimadan keyin nima bо‘lishini bilib turadi. Eng achinarlisi

teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalarda barcha tomoshani qо‘shiq va raqs

egallamoqda. Nahotki, shunday boy tarixga, ma’naviy boylikka ega bо‘lgan

mamlakatimizda teatrlashtirish uchun material, ma’lumotlar topilmasa? Nima

uchun shu soha mutaxassislari berayotgan g‘oyalar, yaratayotgan ssenariylar

e’tiborsiz qoldirilayapti? Va nihoyat nima uchun bunday bayram tomoshalarini о‘tkazish asosan teatr rejissyorlari va sportchilarga topshirilayapti? Hozirgi kunda ommaviy bayram va tomoshalar oldida turgan mana shu va boshqa muammolar dolzarb bо`lib turibdi. Ushbu muammolarni hal etmas ekanmiz, bizdagi ommaviy tomosha san’atida oldinga intilish sezilmay qolaveradi.

Ommaviy bayram va tomoshalarni ssenariysini yaratish jarayoniga jiddiy yondoshish lozim. Ssenariy tо‘laqonli adabiy-badiiy asar hisoblanadi. Lekin ba’zilar ssenariyga oddiy konsert dasturi sifatida, qо‘l uchida qaraydilar. Vaholanki, ommaviy teatrlashtirilgan bayram va tomoshalar ssenariysini yaratish juda ham murakkab va og‘ir jarayondir. Bunday ssenariylarni yaratish hammaning ham qо‘lidan kelavermaydi.

Bayram tadbirlarining asosiy vazifasi – milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodni, zamonaviy yoshlarni ma'naviy tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bo‘lgan hurmatni uyg‘otish va saqlash hisoblanadi. Zotan, xalqlarning o‘ziga hosligi va betakrorligini saqlash, tarixan shakllangan qadimiy milliy madaniyatlar, san'at va xalq ijodiyoti, yuz yillar davomida tarkib topgan milliy an'ana va urfodatlarning o‘zaro yaqinlashuvi va bir-birini boyitishi uchun, dunyoda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat muhitini qaror toptirish uchun

madaniy tadbirlarning ahamiyatini alohida ta'kidlash maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, bayramlarda shaxs o‘z insoniy fazilatlarini shakllantira boshlaydi, yashirin, betakror, individual hususiyatlari, qobiliyatlarini kashf etadi, ularni o‘stiradi va rivojlantirib boradi, jamiyat, hayot bilan muloqotga kirishadi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida bu tadbirlarning o‘ziga xosligi shundaki, u insoniyat avlodlarinig mehnati va bilimlarini o‘ziga singdirib oladi, saqlaydi, doimiy boyitib boradi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib beradi. Mana shunday ulkan ishlarni amalga oshirishda bayramlarni mohirona tashkil etish, ya'ni uning dramatik asosi bо‘lmish ssenariyni yaratish, sahnalashtirish va ommaga taqdim etish orqali insonlarga ta'sir qilish –hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar (bundan buyon matnning ba’zi o`rinlarida MMTlar deb yuritiladi) ga aksariyat ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiayning qo`shimcha vositasi sifatida qaraladi. MMT ta’lim-tarbiyaning qo`shimcha vositasi funksiyasini ham bajarishi bilan birga, ta’limning asosiy shakllari: ma’ruzalar, amaliy mashg`ulotlar, seminarlar tarkibiga singdirilib, ular bilan uyg`unlashtirilganda ko`proq samaralarga erishiladi. Ayni paytda, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning tarbiyaviy salohiyati va ularni ta’lim jarayoni bilan uyg`unlashtirish metodikasi mamlakatimiz ilm-fanida tadqiq qilinmagan. Shu muammoni hal qilish zarurati m avzuning juda dolzarbligini ko`rsatadi.




Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish