Tadqiqotning metodlari:
ilg’or pedagogik tajribani o‘rganish:
pedagogik kuzatuv;
-tadbirlarda ishtirok etish va bayram qatnashchilari hamda tashkilotchilari bilan suhbatlar;
savol-javob;
Tadqiqotning metodologik asosi:
Jamiyatimizning barcha jabhalarida sodir bo`layotgan voqea va hodisalarga munosabatda xolislik, xaqqoniylik, tarixiylik, ilmiylik tamoillari bitiruv malakaviy isning nazariy-metodik asoslarini tashkil etdi. Shuningdek tanlangan mavzuni to`liq va har tomonlama tadqiq etishda barkamol avlodni tarbiyalashda milliylik va umuminsoniy tamoillarga amal qilish mazkur tadqiqotning xolisona bajarish imkonini beradi. Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi va konsepsiya negizini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qarorlari, farmonlari, asarlari va nutqlari, maqolalarida bayon etilgan nazariy qoidalar, xulosalar muhim o`rin egalladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni tadqiqotning metodologik asosini tashkil etdi. Tadqiqotda yoritilgan masalalar milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligini ta’minlash yo`nalishida milliy istiqlol g`oyasiga asoslangan holda tadqiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |