O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti


Zamonaviy bayram tadbirlari dramaturgiyasi muammolari



Download 351 Kb.
bet22/33
Sana31.12.2021
Hajmi351 Kb.
#233750
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
БМИ-Олимхўжаева Мафтуна

2.2. Zamonaviy bayram tadbirlari dramaturgiyasi muammolari

Teatr san’atining asosini pyesa tashkil qilsa, bayram tadbirlari asosini

ssenariy tashkil qiladi. Ssenariy - italyancha «Scenario» sо‘zidan olingan bо‘lib, asar tuzilmasi ma’nosini anglatadi. Ssenariy - mahalliy dalillarga asoslanib yozilgan adabiy-dramatik asardir16.

Dramaturg, soha pedagogi Haydar Muhammad “ssenariy” tushunchasiga

quyidagicha ta’rif beradi: “Ssenariynavislik – yozuvchilikdir. Ssenariy – italyancha sо‘z bо‘lib, kinoda, televideniyeda, teatrlarda qо‘yiladigan pyesalar ommaviy tomoshalar dasturi, rejasi, syujet va sxemasi, kirish payti, chiqish vaziyatidir. Ssenariynavislik - “Ssenariy” sо‘ziga forscha “Navisanda” - yozuvchi, adib ma’nosidan “navis” olinib, “Ssenariynavis” atamasi yaratilgan va joriy qilingan”.

Ssenariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bо‘lib, bunda jiddiy ketmaketlik

asosida harakat elementlari bо‘lmish mavzu va g‘oya, bir bо‘lakdan ikkinchisiga о‘tish, bloklar, bezaklar, matnlar tо‘liq kо‘rsatiladi.

Yuqorida aytib о‘tganimizdek, bayramlarni tashkil etish bu asosan ijodiy va tashkiliy jarayonlarni qamrab oladi. Bayram tadbirlarini tashkil etish asosan, ikki qismdan iborat bо‘ladi:

1. Dramaturgiya (ssenariy) asarini yaratish.

2. Yaratilgan asarni sahnalashtirish (asar rejissurani amalga oshirish).

Tadbirni о‘tkazishda tashkiliy guruh tuzilib, unga rahbar tayinlanadi. Rahbar

tadbirning yuqori saviyada о‘tishi uchun shu soha mutaxassislari: mahalliy

dramaturglarni, rejissyorlarni, baletmeyster hamda madaniyat va san’at muassasasi ijodiy xodimlarini jalb etadi.

Maxsus bir tadbir uchun eng avvalo mas’ul shaxslar-ssenariy muallifi va

rejissyor kelishgan holda, umumiy reja asosida har bir kishiga taalluqli ishlarning rejalarini, kundalik ish faoliyatini aniqlaydi. Tashkiliy guruh о‘z о‘rnida bо‘lg‘usi teatlashtirilgan ommaviy tadbirning g‘oyasi, maqsadi, ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda uning dramaturgiyasi (ssenariysi)ni yaratadi. Ommaviy bayramlar rejissurasi sohasida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog, taniqli rejissyor F.E.Ahmedov “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari” darsligida ssenariyning quyidagi turlarini ta’kidlab о‘tadi:

1. Kino ssenariy:

a) badiiy filmlar ssenariysi;

b) hujjatli filmlar ssenariysi;

v) ilmiy-ommabop filmlar ssenariysi;

g) qо‘g‘irchoq va multfilmlar ssenariysi.

2. Televizion ssenariylar:

a) adabiy-badiiy kо‘rsatuvlar ssenariysi;

b) publitsistik - axborot kо‘rsatuvlar ssenariysi;

v) ma’naviy - ma’rifiy kо‘rsatuvlar ssenariysi;

g) ijtimoiy-siyosiy kо‘rsatuvlar ssenariysi;

d) о‘yin-kо‘ngil ochar kо‘rsatuvlar ssenariysi;

ye) televizion filmlar ssenariysi;

j) musiqiy kо‘rsatuvlar ssenariysi va h.k.

3. Radioeshittirishlar ssenariysi:

a) ijtimoiy-siyosiy eshittirishlar ssenariysi;

b) adabiy - badiiy eshittirishlar ssenariysi;

v) publitsistik-axborot eshittirishlar ssenariysi;

g) musiqiy eshittirishlar ssenariysi;

d) ma’naviy - ma’rifiy eshittirishlar ssenariysi;

e) о‘yin-kо‘ngil ochar eshittirishlar ssenariysi va h.k.

4. Sirk tomoshalari ssenariysi

5. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi

Ssenariy - bu bо‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy manbadir. Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi, kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi. Shuningdek, ssenariyda tadbir о‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning bezatilishi, qatnashchilar sо‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy fon va fon guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham kо‘rsatilib о‘tiladi. Ssenariyning puxta bо‘lishi bо‘lajak tadbirning eng asosiy yutuqlaridan biridir. Ssenariyning bо‘sh yozilishi esa tadbirning mexanik qismlar umumlashmasiga, yagona syujetning buzilishiga, g‘oyaviy mazmunning tо‘la

yoritilmasligiga olib keladi. Shuning uchun ijodiy guruh a’zolari aynan shu

kasbning mutaxassislari bо‘lishi hamda ijodiy guruhda ahillik talab qiladi.

Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash jarayonida ssenariy yozish

uchun ijodkor shaxslar, shoir yoki yozuvchilar taklif qilinadi. U rejissyor bilan ijodiy hamkorlikda ssenariy yaratadi. Lekin, ba’zi tadbirlarimizda ayniqsa chekka tuman va qishloqlarimizda о‘tkaziladigan tadbirlarda mazkur hududdagi madaniyat uyi rahbari yoki maxsus mutaxassisning bir о‘zi shug‘ullanadi. Bunday holatda u ham tadbir ssenariysini yozadi, ham uni sahnalashtiradi. Ba’zi hollarda bu ijobiy, ba’zi xollarda salbiy natija beradi. Bayramshunos olim, professor U.X.Qoraboyev bu xususida “Badiiy ommaviy tadbirlar” kitobida shunday yozadi: “Ssenariy yozish bilan kim shug‘ullanmasin, u quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim:

a) ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini chuqur tushuna oladigan hamda uni tо‘g‘ri tahlil qila oladigan shaxs bо‘lmog‘i;

b) adabiyot va dramaturgiya sohasida bilimga ega bо‘lgan, ulardan samarali foydalana oladigan kishi bо‘lishi;

v) hayotiy materiallarni, hujjatli dalillarni yig‘a oladigan, ularni adabiy-badiiy shaklda bayon qila biladigan ijodkor bо‘lmog‘i lozim”.

Ssenariychilik mahorati asosan uchta tamoyilga tayanadi, ya’ni ijodiy

kuzatishning shakllanishi (ssenariy muallifi uchun juda ham kerak bо‘lgan

hayotiy materiallarni topib, ajrata olish), dramatik fikr qilishni rivojlantirish – (ssenariy ustida ishlashda zarur bо‘lgan dramaning umumiy nazariyasiga rioya qilgan holda syujetlar ketma-ketligi va tadbirning kompozitsion tuzilishini tо‘g‘ri belgilash), ijodiy tasavvur va obrazli hal etish.

Keyingi paytlarda keng miqyosda nishonlanayotgan bayramlarda

fonogrammalarni montaj qilish asosida bir-biriga bog‘lashga harakat qilinyapti. Nomerlar yoki epizodlarni bog‘lash vositasi bо‘lmish “g‘oyaviy kо‘prik”ni tо‘g‘ri belgilash - tadbirdagi ortiqcha pauzalarning oldini oladi, о‘rnini tо‘ldiradi, shuning bilan birga sahna jihozlarini almashtirish yoki keyingi nomerga tayyorlanib olish imkoniyatini beradi, eng asosiysi esa tomoshabinni tadbir g‘oyasidan fikrini “uzilib” qolishidan saqlaydi.

Hozirgi kunda respublika miqyosida о‘tkazilayotgan barcha bayramlarda yurtimizning kо‘zga kо‘ringan ijodkorlari Abdulla Oripov, Erkin Voxidov,

Bahodir Yо‘ldoshev, Nosir Otaboyev, Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev, Marat Azimov va boshqalar ssenarist va ssenariy hammualliflari bо‘lib ishtirok etib kelmoqdalar. Ular yurtimizda bо‘layotgan chuqur о‘zgarishlarni, О‘zbekiston kelajagi buyuk ekanligiga ishonish, Vatanni sevish, о‘z ishiga, Vataniga, oilasiga mehr-oqibatli bо‘lish, mamlakatning rivojlanishida yoshlarning о‘rnini belgilash, qariyalarga hurmat- e’tiborda bо‘lish kabi xususiyatlarni turli badiiy vositalar orqali о‘z ssenariylariga jo qilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga intilmoqdalar va buning uddasidan ham chiqmoqdalar. Ular sahnalashtirgan bayram va tomoshalari orqali О‘zbekiston timsolini kо‘klarga kо‘tarib, uning ravnaqiga katta hissa qо‘shmoqdalar. Yuqorida qayd etganimizdek, spektakl yaratilishida asosiy manba pyesa hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda, spektaklning dramatik asosi pyesadir.

Rejissyor spektaklni sahnalashtirishda tayyor manba – pyesaga murojaat qiladi va sahnalashtirish jarayonlarini boshlaydi. Bu bilan spektakl sahnalashtirish juda oson ekan, degan fikrdan yiroqdamiz, zero spektaklni sahnalashtirishning о‘ziga xos murakkab jihatlari bor. Ommaviy bayram va tomoshalarni sahnalashtirishda esa tayyor dramatik manba yо‘q, о‘tkaziladigan joy an’anaviy emas, unda chiroqlar, dekoratsiyalar, xullas, hech qanday sahna jihozlari-yu, anjomlari yо‘q.

Faqat rejissyorning yuqori tashkilotlardan yoki rahbarlikdan shu tadbirni о‘tkazish tо‘g‘risidagi buyurtmasi bor, xolos.

Rejissyor esa bu «buyurtma»ni san’at darajasiga kо‘tarib, yaxlit bir

«spektakl» shakliga keltirishi zarur bо‘ladi. Nega endi spektakl shaklida, degan о‘rinli savol tug‘iladi. Spektakl bо‘lishi uchun uning mavzusi, g‘oyasi, janri, qarama-qarshiliklar, voqealar qatori, kompozitsion tuzilishi (prolog, tugun, qarama-qarshilik, yechim), oliy maqsadi, xullas, dramaturgiyaning barcha komponentlari ishtirokini ta’minlash lozim.

Tadbirlarni tashkil etishdagi eng qiyin jarayon uni yagona mavzu chizig`iga yо‘naltirishdir. Shu mavzuga mos manbalar izlash, sahna, ya’ni, tadbir

о‘tadigan joyni jihozlash, ishtirokchilarni tо‘plash, vazifalarni tushuntirish va

repetitsiyani boshlashdan oldin ssenariy rejissyorning qо‘lida bо‘lishi shart.

Ssenariyning badiiy jihatdan mukammalligi, uning originalligiga erishish –

о‘tkaziladigan bayram tadbirlarining yuqori saviyada о‘tishiga kafolatdir.

Rejissyor va ssenaristning izlanuvchanligi tadbir yoki tomoshaning tempo ritmini saqlab turishda ham muhim rol о‘ynaydi.

Sahnaning dramatik asosi bо‘lmish pyesa, ssenariy yoki inssenirovkalarning sahna yuzini kо‘rishida rejissyorning ijodiy guruh bilan olib borgan faoliyati asarning sahnada qancha umr kо‘rishini belgilaydi. Sahnada tayyor bо‘lgan mahsulotni о‘simlik yoki niholga о‘xshatish mumkin. О‘simlikni yerga eksang, u yerning tafti bilan kо‘karadi. Ammo unga suv, о‘g‘itlar va boshqa minerallar vaqtida berilmasa yoki parvarish qilinmasa nihol nobud bо‘lishi mumkin. San’atda ham xuddi shunday. Dramaturgning asarini olib kelib uning quruq matnini ijro qilib bergani bilan u spektakl yoki tomosha bо‘lib qolmaydi. Unga turli badiiy, ifodaviy va ta’sirchan vositalarni о‘ylab topish va qо‘llashi lozim. Kо‘rinib turibdiki, ssenariy muallifi rejissyor bilan ijodiy hamkorlikda hayotiy va mahalliy materiallardan foydalanib, badiiyat qonuniyatlari asosida, о`z g`oyasiga, mazmuniga ega bо‘lgan yangi asarni yarata oladigan ijodkor bо‘lmog‘i lozim. Muallif puxta ssenariy yaratish va uni tashkiliy guruhga о‘z vaqtida

topshirish uchun ish jarayonini rejalashtirish lozim. Ssenariy yaratishda bо‘lajak tadbirlarning g‘oyaviy - mavzu asosini chuqur о‘ylamoq lozim. Eng muhimi shundaki, ssenariy asosida muhim ijtimoiy va mahalliy aholining hayotiga yaqin bо‘lgan qiziqarli mavzu yotishi kerak. Ssenariyning ta’sirchanligini oshirish uchun maxsus hujjatlardan: buyruqlar, nizomlar, xatlar, kundaliklar, shaxsiy, oilaviy albomlardan, fotohujjatlar, davlat va shaxsiy arxiv materiallaridan foydalanish mumkin.

Bugungi kunda bayram tadbirlarining zaif tomoni bu dramaturgiyadir.

Ommaviy teatrga, dramaturgiyaning umumiy nazariyasini chuqur fikr qilmay, mexanik ravishda kо‘chirib bо‘lmaydi. Har bir tadbirning о‘ziga xosligini hisobga olgan holda yondoshilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.

Dramaturgik tahlilning murakkabligi shundaki, yaxlit holda mavjud bо‘lgan jarayonni, elementlari bо‘yicha bо‘lib, kо‘rib chiqishiga tо‘g‘ri keladi. Yakunlangan asar strukturasini о‘zgartirib bо‘lmaslik - asar badiiyligining belgisidir. Mukammal dramaturgik asar shunday qurilgan bо‘lishi kerakki, undagi qayta qurishlar, ba’zi qismlarning olib tashlanishi yoki qо‘shilishi, о‘zgarishlar – she’riyatdagi kabi, yaxshi she’rdagi qofiya yoki sо‘zni о‘zgartirib bо‘lmagandek, asarga zarar qilmasligi lozim.

Dramaturgik asar yorqin belgilangan birlikka ega bо‘lishi lozim. Bu umum qabul qilingan xolatni aniqlash uchun nimaning birligi kо‘zda tutilayotganini о‘zimiz uchun bilib olishimiz lozim. Jahon dramaturgiyasining kо‘p asrlik tajribasi, asarning badiiy bir butunligini saqlab qolish uchun, namoyish etilayotgan voqeada vaqt va joy birligiga, albatta amal qilish shart emasligini kо‘rsatdi. Ammo xatti-harakat birligi juda ham zarurdir.

Harakat pyesa rivojining konflikti bо‘lib, harakat birligiga rioya qilish,

tasvirlanayotgan predmetning bir butunligiga rioya qilishdir. Albatta, harakat

birligini buzish, tasvirlanayotgan predmetni о‘zgartirishga yoki tо‘laqonli tasvirlay olmaslikka olib keladi.

Shuni ta’kidlab о‘tish joizki, dramaturgik asardagi harakat – asosiy konflikt

yо‘nalishining rivoji bо‘lib, qahramonlar munosabatining о‘sishidir. «Xatti -

harakat» va «harakat» tushunchalarini bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak. Qahramonlarning ahamiyatsiz qiliqlari, xatto joylarini о‘zgartirishlari harakatga daxldor bо‘ladi.

Masalan, stol atrofida tinch о‘tirib, otasidan qolgan merosni qanday

bо‘lishni tinch muhokama qilayotgan aka-uka suhbati, ularning о‘zaro munosabat harakati, qarama-karshilikni rivojlantiradi v x.k. Ular о‘rtasida yuzaga kelgan mushtlashish jarayoni – ular munosabatining harakat jarayonidir. Qahramonlar birbirining orqasidan stol atrofida qancha yugurmasin, qahramonlar joylarida behuda yugurib, harakatning tо‘xtash jarayoni yuz beradi. Stolga qaytib, masalani tinch yо‘l bilan hal etish, ular munosabatining harakat momenti bо‘lib, qahramonlar harakat qilmayotgan bо‘lsalar ham, harakatning davomiga aylanadi. Dramaturgik kompozitsiya elementlari, pyesadagi konflikt harakati – bir butun harakatni tashkil qiladi.

Har qanday pyesaning asosida, prinsipial, barcha hollarda umumiy bо‘lgan kompozitsiya tuzilishi yotadi. Kurashning boshlanishi, kurash yо‘nalishi, kurashning natijasi. Gegel bu narsaga katta e’tibor qaratgan. Shuning uchun dramaturgiyaning bu tuzilishini «Gegel uchligi» deb atash qabul qilingan. Shunga qaramasdan har bir pyesa о‘zining mazmun jihatdan, aniq kompozitsiya qurilishiga ega bо‘lishi lozim. Proporsiyalar nuqtai nazaridan pyesa qurilishidagi bо‘laklar munosabatlari variantlarining nisbati chegarasiz bо‘lib о‘zining individual xususiyatiga ega bо‘ladi. Shunday bо‘lishiga qaramay dramaturgik kompozitsiya va uning elementlari bir tipi bо‘lib, ularning strukturasi va asosi umumiydir, boshlanishsiz yakun bо‘lmaganidek, boshidan oxiriga qarab rivojlanmaydigan, boshlanishi bilan tugaydigan asarning bо‘lishi mumkin emas. Shuning uchun biz dramaturgik kompozitsiyaning teatrlashtirilgan bayram va tomosha borasidagi asosiy elementlari va bajarish funksiyalarini diqqat bilan kо‘rib chiqishimiz lozim.


Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish