Rejissura - ijodiy va amaliy ish jarayoni.
Remarka - daramatik asar matnida muallif tomonidan beriladiga turli izohlar.
Repertuar - 1. Teatr, konsert, estrada va sh.k.da ijro etiladigan asarlar majmui. 2. Biror san’atkor ijro etadigan roller musiqa asarlari va boshqalar majmui.
Rol - aktyor tomonidan sahnada, ekranda ijro etiladiga badiiy obraz.
Spektakl - teatrning ijodiy jamoasi tomonidan sahnaga qо‘yilga teatr tomoshasi.
Ssenariy - asar tuzilmasi. Mahalliy dalillarga asoslanib yozilgan bо‘lib, tо‘laqonli badiiy asar.
Teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalar - noan’anaviy sahnalarda о‘tkaziladigan biror mavzuga bag‘ishlangan teatr elementlari bilan boyitilgan katta omma ishtirok etadigan tadbir.
Yumor - voqealarni kishilarning xarakteri va xatti-harakatidagi turli kamchiliklarni, zaif tomonlarni beg‘araz hajv qilish, hazilomuz, kulguli tasvirlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |