X U L O S A
“Bayram xalqning shodlik va xursandlik kuni”, -degan edi XI asr Sharqning buyuk olimi Mahmud Qoshg‘ariy. Darhaqiqat, bayramlar yordamida hayotdagi xursandchilik, shodiyona, tantanavorlik holatini vujudga keltirgan yirik voqealar, muhim sanalar, ulkan yutuqlar nishonlanadi. Bayram insoniyatning о‘zi bosib о‘tgan yо‘llarni chuqur anglashi, qо‘lga kiritilgan g‘alabalardan mag‘rurlanishi, ertangi kunga yaxshi umid bilan qarashiga yordam beradi”. Bayramlar asosan muvaffaqiyatlar, g‘alaba natijalarini e’tirof etish, nishonlashdir, desak ham mubolag‘a bо‘lmaydi. Mustaqillik yillarida bayramlarni о‘tkazishga talab kuchaydi. Chunki bu tadbirlarning zamirida insonlar manfaati, ularning dam olish imkoniyatlari yotibdi. Tarbiyaviy jarayonlar ahamiyati esa bunda yuz barobarga kо‘payadi. Shu bois ham hayotimizning barcha sohalari qatori milliy ma’naviyatimiz, san’atimiz ham tom ma’noda yangilanish va yuksalish jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatida ma’naviyat masalasiga eng muhim va ustuvor yо‘nalish sifatida katta ahamiyat berib kelinayotgani bu borada hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, “…keyingi yillarda milliy kinodramaturg va rejissyorlar tayyorlash dolzarb masala bо‘lib turibdi. Chunki, buni ochiq tan olishimiz kerak - professional kino mutaxassislari, xususan, rejissyorlar, ssenaristlar tayyorlaydigan tom ma’nodagi milliy maktab о‘zimizda hanuzgacha shakllangani yо‘q. Bu ahvolni tubdan о‘zgartirish uchun yuksak badiiy mahorat bilan bir qatorda, milliy tafakkur salohiyatiga ega bо‘lgan iste’dodli yoshlarni tarbiyalash va ularni qо‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Albatta, bu yо‘lda dastlabki qadamlar qо‘yilayotganini aytish lozim. Masalan, Mustaqillik va Navrо‘z bayramlari, «Sharq taronalari» musiqa festivaliga bag‘ishlangan asosiy tomosha va tantanalarni tayyorlash bо‘yicha teatr va televideniye rejissyorligi, badiiy-publitsistik ssenaristlik borasida ulkan tajriba tо‘plandi. Ana shu boy tajribalarni har tomonlama chuqur о‘rganish, umumlashtirish va shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash bо‘yicha zarur nazariy
va о‘quv-uslubiy bazani shakllantirish, bugungi talablarga javob beradigan
mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan amaliy ishlarni keng yо‘lga qо‘yish bu
muammolarni yechish imkonini berishi shubhasiz” - deb ta’kid etganligi fikrimiz isbotidir. Bayramlar xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida, xalqning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda muhim rol о‘ynaydi. Ular shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish jarayonini о‘ziga xos vazifalarini bajarishga, ya’ni havaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli dam olish, hordiq chiqarishni uyushtirishga yordam beradi. Bunday tadbirlar faqatgina kishilarning hordiq chiqarishinigina emas, balki bilimini, dunyoqarashini о‘stirishga, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bо‘lib, о‘z navbatida, jamiyatdagi asosiy ish faoliyati bilan yaxshiroq shug‘ullanishga samarali yordam beradi.
Bayram tomoshalari insoniyat yaratgan eng yaxshi progressiv xalq
an’analarini saqlaydi, rivojlantiradi, targ‘ib qiladi. U ommani faqat madaniyat namunalaridan bahramand bо‘lishga sharoit yaratibgina qolmay, uning madaniy qiyofasi, xulq-atvori, odobi va axloqining shakllanishiga turtki bо‘ladi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013yil 25iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 178-son qarorida ham mazkur sohani rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Jumladan, 2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bо‘yicha tadbirlar kompleksida “ Madaniyat va aholi dam olish markazlariga ularning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, madaniyommaviy tadbirlarni sifatli о‘tkazish, shu jumladan transport xizmati kо‘rsatish uchun ularga zarur shart-sharoitlarni tashkil etish masalalarida kо‘maklashish”, deb kо‘rsatilgan. Bu esa madaniyat va aholi dam olish markazlari xodimlari, tadbirlar tashkilotchilariga yanada kо‘p ma’suliyat yuklaydi. “Ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllaridan biri” nomli tadqiqotimizga xulosa qilar ekanmiz, madaniy tadbirlar, bayram va tomoshalarni tayyorlovchi
mutaxassisliklar hozirgi kunda mazkur institutning ta’lim yо‘nalishlarida
о‘qitilmoqda. Ammo, madaniy tadbirlar, bayramlarni muvaffaqiyatli tashkil etishning asosi bо‘lmish mukammal, badiiy jihatdan tо‘laqonli ssenariylar yaratish masalasida ancha oqsoqlanayotganimiz sir emas. Oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlarida mazkur sohani rivojlantirish, bu soha bо‘yicha о‘tiladigan fanlarni chuqur о‘zlashtirishlari, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish tadqiqotda kо‘tarilgan muammolarning asosiy yechimi ekanligini yana bir bora takror etmoqchiman.
Zamonaviy ommaviy bayram va tomoshalar tahlilida shuni kо‘rdikki,
ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasida bayramning kompozitsion
tuzilishi kо‘p yillardan beri bir xil uslubda hal etilmokda. Eng achinarlisi
teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalarda barcha tomoshani qо‘shiq va raqs
egallashi ham, ssenariyning badiiy-g‘oyaviy jihatdan bо‘sh yozilganligining
dalolatidir.
Bayramlar insonlarni gо‘zalikka chorlovchi, birlashtiruvchi vositadir.
Bayram shunday bir ijtimoiylikki har qanday davrda ham uning bosh maqsadi inson tarbiyasidir.
Mazkur ilmiy ishda madaniy tadbirlarning shakllaridan biri bо‘lgan ommaviy bayramlar, uning insonlar tarbiyasidagi ahamiyati, uni tashkil etish, boshqarish va dramaturgiyasi muammolari va uning yechimi xususida sо‘z bordi. Lekin, mazkur sohani yanada chuqurroq о‘rganish, о‘zbek bayramlarining ma’naviy asosi, tarbiyaviy ahamiyati borasida hali kо‘pgina ilmiy ishlar amalga oshirilishi joiz deb о‘ylayman. Chunki bayram va tomosha bitmas-tugunmas xazinadir. Bu sohada tinimsiz ish olib borish esa biz yoshlar, soha mutaxassislarining zimmasidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |