O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


55–Mavzu: Yog`lar va moylar. 
 
Reja: 
1. Yog`lar va moylar tushunchasini; 
2. Yog`larning turlari va olinish usullarini; 
3. Yog`larning fizik–kimyoviy xossalarini; 
4. Yog`larning turmushda va xalq xo`jaligida ishlatilishini. 
Yangi darsning bayoni. 
Yog`lar yuqori bir asosli to`yingan va to`yinmagan karbon kislotalar, asosan 
palmitin,  stearin  (to`yingan  kislotalar)  va  olein  (to`yinmagan  kislota)  kislotalar 

 
305 
bilan  uch  atomli  spirt–glitserindan  hosil  bo`lgan  murakkab  efirlardir.  Yog`lar 
quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi: 
C H
2
O
C O
R
1
C H
C H
2
O
O
C O
R
2
C O
R
3
 
 
Bu  yerda  R
1
,  R
2
  va  R
3
  lar  bir  asosli  yuqori  molekulyar  yog`  kislotalarning 
radikallari. 
Yog`larning  tuzilishi  fransuz  olimi  Shevrel  tomonidan  1811  yilda 
aniqlangan.  1854  yilda  Bertlo  glitserin  va  yuqori  molekulyar  alifatik  yog` 
kislotalarni qizdirib yog`lar sintez qilishga erishgan. 
+
C H
2
O H
C H
C H
2
O H
O H
H O
C O
C
1 7
H
3 5
H O
C O
C
1 7
H
3 5
H O
C O
C
1 7
H
3 5
C H
2
O
C O
C
1 7
H
3 5
C H
C H
2
O
O
C O
C
1 7
H
3 5
C O
C
1 7
H
3 5
3HOH
+
 
     glitserin             stearin kislota                           stearin triglitseridi 
Glitserin  yog`larning  doimiy  tarkibiy  qismi  bo`lsa,  yog`lar  tarkibiga 
kiradigan  kislotalar  juda  xilma–xil  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  yog`lar  tarkibidan 
50  dan  ortiq  turli  xil  kislotalar  ajratib  olingan  bo`lib,  ular  orasida  to`yingan  va 
to`yinmagan kislotalar ham uchraydi. Shunisi diqqatga sazovorki, yog`lar tarkibiga 
kiruvchi barcha kislotalar juft sonli uglerod atomiga (masalan, 4 tadan 26 tagacha) 
ega bo`lib, uglerod atomlari zanjiri tarmoqlanmagan tuzilishga ega bo`ladi. Yog`lar 
tarkibida ko`pincha, tarkibida 12–18 ta uglerod atomi mavjud bo`lgan to`yingan va 
to`yinmagan  yog`  kislotalari  uchraydi.  Masalan,  yog`lar  tarkibida  palmitin–
C
15
H
31
COOH,  stearin–C
17
H
35
COOH,  olein–C
17
H
33
COOH,  linol–C
17
H
31
COOH, 
linolen–C
17
H
29
COOH, laurin–C
11
H
23
COOH, miristin–C
13
H
27
COOH kabi to`yingan 
va to`yinmagan kislotalar uchraydi. 
Tabiiy  yog`lar  alohida  modda  emas,  balki  har  xil  triglitseridlar 
aralashmasidir.  Aksariyat,  yog`  molekulasida  glitserin  qoldig`i  uchta  yuqori 
molekulyar  alifatik  kislotalar  bilan  eterifikatsiyalangan  ko`rinishda  bo`ladi, 
shuning uchun glitserinning bunday to`liq efirlari triglitseridlar deb ataladi. 

 
306 
Tabiiy yog`lar molekulasiga odatda turli xil to`yingan va to`yinmagan yog` 
kislotalari  kiradi,  bitta  kislotaning  uchta  qoldig`ini  saqlovchi  triglitseridlar 
yog`larda  kam  uchraydi.  Triglitseridlarni  nomlashda  yog`  molekulasini  tashkil 
qiluvchi  kislota  qoldiqlarining  nomlari  bir–biriga  qo`shib  aytiladi.  Bunda  dastlab 
to`yinmagan kislota, keyin kichik molekulyar og`irlikka ega bo`lgan, nihoyat katta 
molekulyar og`irlikka ega bo`lgan kislota nomi aytiladi. Masalan: 
C H
2
O
C O
C
1 7
H
3 5
C H
C H
2
O
O
C O
C
1 7
H
3 3
C O
C
1 5
H
3 1
 
                                                   Oleopalmitostearin  
Tabiatda  uchrashi  va  olinish  usullari.  Yog`lar  barcha  o`simlik  va 
hayvonlarda uchraydi. Tabiiy yog`lar asosan ikki turga bo`linadi: qattiq yog`lar va 
suyuq yog`lar yoki moylar.  
Qattiq yog`lar (hayvonlar yog`lari va kokos moyi) asosan to`yingan (qattiq) 
kislotalarning  triglitseridlaridan  tarkib  topgan  bo`ladi.  Suyuq  yog`lar  (o`simlik 
moylari  va  baliq  yog`i)  esa  to`yinmagan  (suyuq)  kislotalarning  triglitseridlaridan 
tarkib topgan bo`ladi. 
Sanoatda yog`lar asosan tabiiy manbalardan, ya`ni hayvon va o`simliklardan 
olinadi. 
Fizikaviy  xossalari.  Yog`larning  hammasi  suvdan  yengil  va  suvda 
erimaydi.  Ular  benzinda,  efirda,  uglerod  tetraxloridda,  uglerod  sulfidda, 
dixloretanda va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Oddiy sharoitda ayrim 
yog`lar  qattiq  moddalar  (masalan,  hayvon  yog`lari),  ayrim  yog`lar  yumshoq 
(masalan, sariyog`), ayrimlari suyuq (masalan, o`simlik moylari) holda bo`ladi. 
Yog`larning  konsistensiyasi  yog`lar  tarkibida  qanday  kislotalar  borligiga 
bog`liq  bo`ladi.  Masalan,  molekulasida  to`yingan  kislotalar  qoldig`i  ko`proq 
bo`lgan  yog`lar–qattiq,  molekulasida  to`yinmagan  kislotalar  qoldig`i  ko`proq 
bo`lgan  yog`lar  suyuq  bo`ladi.  Bundan  tashqari,  yog`  molekulasida  uglerod 
atomlarining soni ortgan sari suyuqlanish harorati ham ortib boradi, ya`ni yog`ning 
konsistensiyasi molekulyar og`irlik ortishi bilan o`zgaradi. 

 
307 
Turli xil yog`lar suyuqlanish haroratidan tashqari, yod soni va gidroliz soni 
deb ataladigan kattaliklar bilan ham xarakterlanadi. Yod soni yog` molekulasidagi 
alifatik  kislotalarning  to`yinmaganlik  darajasini  ko`rsatsa,  gidroliz  soni  shu  yog` 
kislotalarning molekulyar og`irliklari haqida fikr yuritishga imkon beradi. 
Kimyoviy xossalari.  
1. Yog`larning gidrolizlanish yoki sovunlanish reaksiyalari. 
a)  O`yuvchi  ishqorlar  yordamida  gidrolizlash–yog`lar  o`yuvchi  ishqorlar 
bilan oson gidrolizlanib, glitserin va sovunga aylanadi. Masalan: 
C H
2
O
C O
R
1
C H
C H
2
O
O
C O
R
2
C O
R
3
+
3NaOH
3NaOH
3NaOH
+
C H
2
O H
C H
C H
2
O H
O H
R
1
C O
O N a
R
2
C O
O N a
R
3
C O
O N a
 
 
b)  Yog`larni  ishqorlarsiz,  katalizatorlar  ishtirokida  gidrolizlash–yog`lar 
sanoatda  kislota  xususiyatiga  ega  bo`lgan  katalizatorlar  ishtirokida  suv  bilan 
gidrolizlanadi. Masalan: 
3HOH
C H
2
O
C O
R
1
C H
C H
2
O
O
C O
R
2
C O
R
3
+
+
C H
2
O H
C H
C H
2
O H
O H
R
1
C O
O H
R
2
C O
O H
R
3
C O
O H
 
 
c)  Katalizatorlarsiz  suv  bilan  gidrolizlash–yog`lar  yuqori  harorat  va  yuqori 
bosim  ostida  katalizatorlarsiz  ham  suv  bilan  gidrolizlanadi,  natijada  yuqori 
molekulyar alifatik kislotalar aralashmasi va glitserin hosil bo`ladi. 
 
d)  Fermentlar  yordamida  gidrolizlash–o`simlik  va  hayvonlar  organizmida 
yog`lar lipaza deb ataladigan fermentlar yordamida gidrolizlanadi.  
2. Yog`larning gidrogenlanish reaksiyalari. 
Suyuq  yog`lar  katalizatorlar  ishtirokida  vodorod  atomlarini  biriktirib  oladi 
va qattiq yog`larga aylanadi. Bu usul yog`larni gidrogenlash deb ataladi hamda bu 
usul birinchi marta rus olimi S. A. Fokin tomonidan ishlab chiqilgan: 
C H
2
O
C O
C
1 7
H
3 5
C H
C H
2
O
O
C O
C
1 7
H
3 5
C O
C
1 7
H
3 5
C H
2
O
C O
(C H
2
)
7
C H
C H
2
O
O
C O
(C H
2
)
7
C O
(C H
2
)
7
C H = C H
(C H
2
)
7
C H
3
C H = C H
(C H
2
)
7
C H
3
C H = C H
(C H
2
)
7
C H
3
+
H
2
3
 

 
308 
Ushbu usul bilan o`simlik moylaridan olingan qattiq yog`lar sut, tuxum, tuz, 
shakar,  vitaminlar  va  boshqa  mahsulotlar  bilan  aralashtiriladi  hamda  margarin 
hosil qilinadi. Margarin oziq–ovqat mahsuloti sifatida keng qo`llaniladi. 
Gidrogenlanish  mahsuloti–qattiq  yog`  (suyuq  yog`)  salomas  deyiladi  va 
sovun, stearin hamda glitserin ishlab chiqarishga sarflanadi. 
3. Yog`larning taxirlanishi. 
Yog`lar uzoq muddat saqlanganda yorug`lik nuri, havo kislorodi va namlik 
ta`sirida  buziladi,  ya`ni  yog`larning  ta`mi  va  hidi  o`zgaradi.  Bu  jarayon 
yog`larning taxirlanishi deb ataladi. Bu hodisada quyidagi kimyoviy o`zgarishlar 
sodir  bo`ladi.  Birinchidan,  yog`  tarkibiga  kiruvchi  to`yinmagan  kislotalar 
qo`shbog` bo`yicha oksidlanadi va peroksid birikmalarga aylanadi: 
...
(C H
2
)
C H = C H
(C H
2
)
n
n
...
+
O
2
n
 
...
(C H
2
)
C H
C H
O
O
(C H
2
)
n
n
...
(C H
2
)
C H
n
O
+
H C
(C H
2
)
O
n
...
 
 
Ikkinchidan,  peroksid  birikmaning  parchalanishi  va  oksidlanishi  hisobiga 
aldegidlar,  kislotalar  va  aldegidokislotalarning  qo`lansa  hidli  aralashmasi  hosil 
bo`ladi.  
 
Bundan  tashqari,  turli  mikroorganizmlar  ham  yog`larning  taxirlanishiga 
sabab bo`ladi. 
 
Yog`larning ishlatilishi. Yog`lar kuchli energiya manbai bo`lib, oziq–ovqat 
mahsuloti  sifatida  keng  iste`mol  qilinadi.  Masalan,  organizmda  1  g  yog` 
parchalanganda  9,4  kkal  energiya  hosil  bo`ladi.  O`simlik  va  hayvonlar 
organizmida yog`lar zahira modda rolini bajaradi. 
 
Texnikada  moylar  keng  ko`lamda  qo`llaniladi.  Qurib  qoluvchi  moylar 
(zig`ir,  paxta  moylari)  biror–bir  buyumga  yupqa  qavat  qilib  surtilsa,  ular  yupqa 
qattiq parda holida qotib qoladi. Moylarning bu xossasidan foydalanib alif va moy 
bo`yoqlari  tayyorlanadi.  Moylarning  qotishini  tezlashtirish  maqsadida  ularga 
sikkativlar  deb  ataladigan  katalizatorlar  qo`shiladi.  Sikkativlar  sifatida 
qo`rg`oshin birikmalari va marganesning ayrim tuzlari ishlatiladi. 

 
309 
 
Tibbiyotda  yog`lar  keng  ko`lamda  ishlatiladi.  Masalan,  cho`chqa  yog`i 
(Axungia  porcina)  surtmalar  tayyorlashda,  kungaboqar  moyi  (Oleum  Helianti) 
linimentlar  tayyorlashda  ishlatiladi.  Zaytun  moyi  (Oleum  olivarum)  va  shaftoli 
moyi  (Oleum  persicorum)  teri  ostiga  yuboriluvchi  dori  moddalar,  masalan, 
kamfora, miarsenol kabi preparatlarni eritishda ishlatiladi. Baliq moyi ham ichish, 
ham teriga surtish uchun ishlatiladi. 
Sovunlar_va_kir_yuvish_vositalari._Yuqori_molekulyar_alifatik_karbon_kislotalarning_turli_xil_metallar_bilan_hosil_qilgan_tuzlari_sovunlar'>Sovunlar va kir yuvish vositalari. 
Yuqori molekulyar alifatik karbon kislotalarning turli xil metallar bilan hosil 
qilgan tuzlari sovunlar deb ataladi. Odatdagi sovunlar asosan palmitin, stearin va 
olein  kislotalar  tuzlarining  aralashmasidan  tashkil  topgan.  Natriyli  va  kaliyli 
sovunlar  suvda  yaxshi  eriydi,  magniyli, kalsiyli,  qo`rg`oshinli  sovunlar  esa  suvda 
erimaydi. Sovunlar ikki turga ajratiladi: qattiq va suyuq sovunlar. Natriyli sovunlar 
qattiq sovunlar, kaliyli sovunlar esa suyuq sovunlar deb ataladi.  
Sanoatda sovunlar quyidagi usullar bilan olinadi: 
1.  Sovunlar  yog`larning  o`yuvchi  ishqorlar  ishtirokida  gidrolizlanishi 
natijasida hosil bo`ladi: 
C H
2
O
C O
C
1 7
H
3 5
C H
C H
2
O
O
C O
C
1 7
H
3 5
C O
C
1 7
H
3 5
+
+
3
C H
2
O H
C H
C H
2
O H
O H
3
N a O H
C
1 7
H
3 5
C O O N a
 
stearin kislotaning triglitseridi                                glitserin               natriy stearat 
2. Yog`larni yuqori harorat va bosim ostida maxsus katalizatorlar ishtirokida 
suv  bilan  gidrolizlash  natijasida  sof  kislotalar  hosil  qilinadi.  Hosil  bo`lgan  sof 
kislotalarga soda ta`sir ettirib sovunlar olinadi: 
C H
2
O
C O
C
1 5
H
3 1
C H
C H
2
O
O
C O
C
1 5
H
3 1
C O
C
1 5
H
3 1
+
3HOH
C
1 5
H
3 1
C O O H
3
C H
2
O H
C H
C H
2
O H
O H
+
 
palmitin kislotaning triglitseridi                             glitserin             palmitin kislota 
2C
15
H
31
–COOH + Na
2
CO
3
 → 2C
15
H
31
–COONa + CO
2
↑ + H
2

 
3.  Parafinlarni  oksidlash  natijasida  hosil  bo`ladigan  yuqori  molekulyar 
alifatik kislotalarni neytrallash yo`li bilan ham sovunlar olinadi: 

 
310 
C
17
H
35
–COOH + NaOH → C
17
H
35
–COONa + H
2

Molekulasida  10  dan  16  tagacha  uglerod  atomlari  bo`ladigan  karbon 
kislotalarni neytrallash yo`li bilan atir sovun, 17 dan 21 tagacha uglerod atomlari 
bo`ladigan  karbon  kislotalarni  neytrallash  yo`li  bilan  kirsovun  va  texnika 
maqsadlari uchun ishlatiladigan sovunlar olinadi. 
Tibbiyotda  ko`pincha  tibbiyot  sovuni  (Sapo  medicinalis)  deb  ataladigan 
suyuq  kaliyli  sovun  ishlatiladi.  Tibbiyot  sovuni  metilen  ko`ki  bilan  bo`yab 
qo`yiladi,  shuning  uchun  u  yashil  tusga  ega  bo`ladi  hamda  yashil  sovun  (Sapo 
viridis) deb ataladi.  
Tibbiyotda  qo`rg`oshinli  sovunlar–(C
15
H
31
COO)
2
Pb  plastir  deyiladi. 
Plastirlar ushbu reaksiya bo`yicha hosil qilinadi: 
C H
2
O
C O
R
C H
C H
2
O
O
C O
R
C O
R
+
3PbO
2
+
3 H
2
O
2
C H
2
O H
C H
C H
2
O H
O H
+
3
R
C O
O
R
C O
O
P b
 
 
Sovunlarning  yuvuvchi  ta`siri  murakkab  fizik–kimyoviy  jarayon  bo`lib, 
quyidagi ikki omil bilan tushuntiriladi: 
 
Birinchidan,  kuchli  ishqor  va  kuchsiz  kislota  tuzi  hisoblangan  sovunlar 
suvda  erishi  natijasida  ularning  gidrolizi  yuz  beradi  hamda  muhitda  ishqor  hosil 
bo`ladi: 
R–CO–ONa + HOH ↔ R–CO–OH + NaOH 
 
Hosil  bo`lgan  ishqor  kirdagi  yog`larning  emulsiyalanishiga,  ya`ni  ularning 
mayda tomchilar ko`rinishida suvda suzib yurishiga imkon beradi. 
 
Ikkinchidan, sovun molekulalari yog` va suv fazasi orasidagi sathda ma`lum 
bir  yo`nalishda  joylashadi.  Sovun  molekulasi  ikki  qismdan  iborat  bo`lib,  uning 
birinchi  karboksil  guruhi  tutgan  tomoni  (gidrofil  qismi)  suv  fazasiga,  ikkinchi 
uglevodorod radikali tutgan tomoni (gidrofob qismi) esa yog`lar tomon yo`nalgan 
bo`ladi. Bir nechta molekulalar bir xil yo`nalishda joylashadi va qavat (parda) hosil 
qiladi.  Sovun  molekulalarining  ana  shunday  ma`lum  tartibda  yo`nalishi,  kirdagi 
yog`  tomchilari  atrofini  yupqa  parda  bilan  o`raydi  va  turg`un  emulsiyani  vujudga 
keltiradi. Buning natijasida kirdagi yog` suv bilan oson yuviladi. 

 
311 
 
Sovunlar  ayrim  kamchiliklarga  ham  ega  bo`lib,  bu  kamchiliklarning 
asosiylari qattiq suvda yaxshi erimasligi hamda kislotali eritmalarda parchalanishi 
hisoblanadi. 
 
So`nggi  yillarda  sovun  olishda  ishlatiladigan  oziq–ovqat  uchun  muhim 
bo`lgan  yog`larni  tejash  maqsadida  sintetik  kir  yuvish  vositalari  ishlab  chiqarish 
keng  yo`lga  qo`yilgan.  Sintetik  kir  yuvish  vositalari  tuzli  va  kislotali  eritmalarda 
ham  yaxshi  eriydi.  Sintetik  kir  yuvish  vositalari  suvda  dissotsiyalanganda  hosil 
bo`ladigan ionlarga qarab uch turga ajratiladi: 
1. Anionfaol sintetik kir yuvuvchi moddalar; 
2. Kationfaol sintetik kir yuvuvchi moddalar; 
3. Ionofaolmas, ya`ni dissotsiyalanmaydigan sintetik kir yuvuvchi moddalar. 
Anionfaol sintetik kir yuvuvchi moddalar suvda dissotsiyalanganda kationga 
va yuvish xususiyatini saqlagan anionga ajraladi, masalan: 
R–O–SO
2
–ONa ↔ R–O–SO
2
–O

 + Na
+
 
 
Yuqori  molekulyar  spirtlarning  sulfat  kislota  bilan  hosil  qilgan  efirlarining 
tuzi  alkilsulfatlar  deb  atalib,  ular  quyidagi  reaksiya  tenglamasi  natijasida  hosil 
qilinadi: 
C
14
H
29

OH + HO

SO
2

OH 

 C
14
H
29

O

SO
2

OH + H
2

                                                             sulfat kislotaning murakkab efiri 
C
14
H
29

O

SO
2

OH + NaOH 

 C
14
H
29

O

SO
2

ONa + H
2

 
To`yingan 
uglevodorodlar 
sulfobirikmasining 
natriyli 
tuzlariga 
alkilsulfonatlar deyiladi va ular quyidagi usullar yordamida olinadi: 
C
14
H
30
 + SO
2
 +Cl
2
 → C
14
H
29
–SO
2
–Cl + HCl 
C
14
H
29

SO
2

Cl + 2NaOH 

 C
14
H
29

SO
2

ONa + NaCl + H
2

 
Kationfaol  sintetik  kir  yuvuvchi  moddalar  ham  suvda  dissotsiyalanib, 
anionga va yuvish xususiyatini saqlagan kationga ajraladi: 
[Ar–NH
2
–Ar]
+
∙Cl

 ↔ [Ar–NH
2
–Ar]
+
 + Cl
– 
 
Kationfaol  sintetik  kir  yuvuvchi  moddalar  yaxshi  natija  bermadi,  shuning 
uchun ular tibbiyotda bakteriyalarni o`ldiruvchi preparat sifatida ishlatiladi. 

 
312 
Ionofaolmas  sintetik  kir  yuvuvchi  moddalar  suvda  dissotsiyalanmaydi, 
ularning umumiy formulasi quyidagicha bo`ladi:  
R–O–(–CH
2
–CH
2
–O–)
n
–H 
Ionofaolmas  sintetik  kir  yuvuvchi  moddalarning  xossalari  eritmaning 
kislotali bo`lishiga hamda suvning qattiqligiga bog`liq bo`lmaydi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Yog`lar–yuqori bir asosli to`yingan va to`yinmagan karbon kislotalar  bilan 
uch atomli spirt–glitserindan hosil bo`lgan murakkab efirlar.  
Qattiq  yog`lar–asosan  to`yingan  kislotalarning  triglitseridlaridan  tarkib 
topgan yog`lardir.  
Suyuq  yog`lar–to`yinmagan  kislotalarning  triglitseridlaridan  tarkib  topgan 
yog`lardir. 
Yog`larning  konsistensiyasi–yog`lar  tarkibida  qanday  kislotalar  borligiga 
bog`liq bo`ladigan hodisa.  
Yod  soni–yog`  molekulasidagi  alifatik  kislotalarning  to`yinmaganlik 
darajasini ko`rsatuvchi kattalik. 
Gidroliz  soni–yog`  kislotalarning  molekulyar  og`irliklari  haqida  fikr 
yuritishga imkon beradigan kattalik. 
Yog`larning taxirlanishi–yog`lar uzoq muddat saqlanganda yorug`lik nuri, 
havo kislorodi va namlik ta`sirida buzilishi. 
Sovunlar–yuqori molekulyar alifatik karbon kislotalarning turli xil metallar 
bilan hosil qilgan tuzlari.  
Qattiq sovunlar (suyuq sovunlar)–tarkibida natriy (kaliy) metallari mavjud 
bo`lgan sovunlar. 
Atir  sovun  (kirsovun)–molekulasida  10–16  ta  (17–21  ta)  uglerod  atomlari 
bo`ladigan sovunlar. 
Tibbiyot sovuni (Sapo medicinalis)–tibbiyotda qo`llaniladigan suyuq kaliyli 
sovun.  
Yashil  sovun  (Sapo  viridis)–tibbiyot  sovuni  metilen  ko`ki  bilan  bo`yab 
qo`yilishi natijasida hosil bo`ladigan sovun. 

 
313 
Plastir–tibbiyotda qo`llaniladigan qo`rg`oshinli sovun. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Yog`lar deb qanday organik birikmalarga aytiladi, ularning umumiy formulasini 
yozib bering. 
2. Yog`lar tarkibida qanday turdagi organik birikmalar mavjud bo`ladi, ular qanday 
usul bilan nomlanadi? 
3. Sanoatda yog`lar qanday usullar yordamida olinadi? 
4. Yog`larning fizik–kimyoviy xossalarini aytib bering. 
5. Texnika va ibbiyotda yog`lar qanday maqsadlarda qo`llaniladi? 
6. Sovunlar deb qanday turdagi moddalarga aytiladi, ular necha turga bo`linadi? 
7. Sovunlar qanday usullar bilan olinadi? 
8. Turmushda va tibbiyotda sovunlar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi? 
9.  Dissotsilanganda  hosil  bo`ladigan  ionlar  soniga  ko`ra  kir  yuvish  vositalari 
qanday turlarga bo`linadi? 
10.  Anionfaol  kir  yuvish  vositalariga  qaysi  moddalar  misol  bo`ladi,  ular  qanday 
yo`l bilan hosil qilinadi? 
11.  Kationfaol  va  ionfaolmas  kir  yuvish  vositalari  qanday  maqsadlar  uchun 
ishlatiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 

 
314 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 

 
315 
Izoprenoidlar, monosiklik terpenlar, terpenoidlar. 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish