Maltoza (solod shakari) kraxmalga solod tarkibidagi diastaz ta`sir ettirilishi
natijasida hosil bo`ladi, shuning uchun ham solod shakari deb ataladi. Maltoza
gidrolizlanganda ikki molekula D–glyukoza hosil bo`ladi.
C
12
H
22
O
11
+ H
2
O
C
6
H
12
O
6
+ C
6
H
12
O
6
maltoza glyukoza glyukoza
Maltoza molekulasida aldegid guruhiga oson o`ta oladigan bitta erkin yarim
atsetal guruhi mavjud bo`lib, u qaytaruvchi disaxaridlar guruhiga kiradi. Shuning
uchun ham maltoza Feling suyuqligini oson qaytaradi, natijada fenilgidrazin va
fenilgidrazon hosil bo`ladi.
Maltoza molekulasi hosil bo`lishida birinchi glyukoza molekulasidagi yarim
atsetal gidroksil bilan ikkinchi glyukoza molekulasidagi spirt atsetal gidroksili
ishtirok etadi. Xeuoros bo`yicha maltozaning tuzilish formulasi quyidagicha
ifodalanadi, ya`ni maltoza molekulasi siklik shakldagi glyukoza molekulalarining
qoldiqlaridan tarkib topgan bo`lib, ular bir–birlari bilan kislorod atomi orqali
bog`langan.
285
C
H
C
C H
2
O H
H
O
C
O H
C
O H
H
C
H
O
H
H
H
C
H
O
C
C H
2
O H
H
O
C
C
O H
H
C
H
O
O
H
H
4–(–α–D–glyukopiranozil)–D–glyukoza
Suvdagi maltoza eritmasi qutblanish tekisligini o`ngga buradi. Maltozaning
shirinligi qandga qaraganda 40 % kam bo`lib, u vino va pivo ishlab chiqarish
sanoatida oraliq mahsulot hisoblanadi.
Laktoza (sut shakari) sut tarkibida mavjud bo`ladi (sigir sutida 4–5,5 %,
ayol sutida 5,5–8,4 %), shuning uchun ham sut shakari deyiladi. Laktoza
gidrolizlanganda α–D–glyukoza va β–D–galaktoza hosil bo`ladi.
C
12
H
22
O
11
+ H
2
O
C
6
H
12
O
6
+ C
6
H
12
O
6
laktoza glyukoza galaktoza
Laktoza molekulasida aldegid guruhiga oson o`ta oladigan bitta erkin yarim
atsetal guruhi bor bo`lib, u ham qaytaruvchi disaxaridlar guruhiga kiradi.
Laktoza molekulasi hosil bo`lishida galaktoza molekulasidagi yarim atsetal
gidroksil bilan glyukoza molekulasidagi spirt atsetal gidroksili ishtirok etadi.
Xeuoros bo`yicha laktozaning tuzilish formulasi quyidagicha ifodalanadi, ya`ni
laktoza molekulasi siklik shakldagi galaktoza va glyukoza molekulalarining
qoldiqlaridan tarkib topgan bo`lib, ular bir–birlari bilan kislorod atomi orqali
bog`langan.
C
H
C
C H
2
O H
H
O
C
H
C
O H
H
C
H
O
O H
H
H
C
H
O
C
C H
2
O H
H
O
C
C
O H
H
C
H
O
O
H
H
4–(–β–D–galaktopiranozil)–D–glyukoza
Laktoza eritmasi qutblanish tekisligini o`ngga buradi. Laktozaning
solishtirma buruvchanligi [α]
D
+52,5
0
ga teng.
286
Tibbiyotda laktoza (sut shakari) katta ahamiyatga ega bo`lib, yosh
bolalarning asosiy oziq moddasi hisoblanadi.
Sellobioza (yog`och shakari) tuzilishi bo`yicha maltozaga o`xshaydi.
Maltozadan farqli tomoni shundaki, maltozada birinchi qoldiq α–D–glyukoza
bo`lsa, sellobiozada birinchi qoldiq β–D–galaktoza hisoblanadi.
Sellobioza molekulasi hosil bo`lishida galaktoza molekulasidagi yarim
atsetal gidroksil bilan glyukoza molekulasidagi spirt atsetal gidroksili ishtirok
etadi. Xeuoros bo`yicha sellobiozaning tuzilish formulasi quyidagicha ifodalanadi,
ya`ni
sellobioza
molekulasi
siklik
shakldagi
galaktoza
va
glyukoza
molekulalarining qoldiqlaridan tarkib topgan bo`lib, ular bir–birlari bilan kislorod
atomi orqali bog`langan.
C
H
C
C H
2
O H
H
O
C
O H
C
O H
H
C
H
O
H
H
H
C
O
H
C
C H
2
O H
H
O
C
C
O H
H
C
H
O
O
H
H
Bunday β–monomerga ega bo`lgan disaxaridlar ferment emulsiya ta`sirida
gidrolizlanadi va monosaxaridlar hosil bo`ladi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Oligosaxaridlar–molekulasi tarkibida oltitagacha monosaxarid qoldig`i
mavjud bo`lgan uglevodlar.
Disaxaridlar–gidrolizlanganda har bir molekulasi ikkita monosaxarid
molekulasiga ajraladigan oligosaxaridlar.
Saxaroza–shirin ta`mli, kristallogidrat hosil qilmaydigan rangsiz kristall
modda bo`lib, 184–185
0
C da suyuqlanadi, suvda yaxshi eriydi.
Maltoza–gidrolizlanganda ikki molekula D–glyukoza hosil bo`ladigan
uglevod.
Laktoza–sut tarkibida mavjud bo`ladigan, gidrolizlanganda α–D–glyukoza
va β–D–galaktoza hosil bo`ladigan uglevod.
Sellobioza–tuzilishi
bo`yicha
maltozaga
o`xshash,
gidrolizlanganda
glyukoza va galaktoza hosil bo`ladigan uglevod.
287
Takrorlash uchun savol va masalalar
1. Oligosaxaridlar deb qanday turdagi uglevodlarga aytiladi, ular qanday sinflarga
bo`linadi?
2. Disaxaridlar qanday formula bilan ifodalanadi, gidrolizlanganda necha xil
monosaxarid hosil bo`ladi, reaksiya tenglamasini yozing.
3. Qaytarmaydigan va qaytaruvchi disaxaridlar deb qanday turdagi disaxaridlarga
aytiladi, ularga qaysi moddalar misol bo`ladi?
4. Maltoza qanday yo`l bilan olinadi, gidrolizlanganda qanday monosaxaridlar
hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
5. Maltoza qanday kimyoviy xossalarni namoyon qiladi, uning molekulasi qanday
bog` yordamida birikkan, tuzilishi qanday ifodalanadi?
6. Laktoza qanday yo`l bilan olinadi, gidrolizlanganda qanday monosaxaridlar
hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
7. Laktozaning molekulasi qanday bog` yordamida birikkan, tuzilishi qanday
ifodalanadi?
8. Saxaroza qanday yo`l bilan olinadi, gidrolizlanganda qanday monosaxaridlar
hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing.
9. Saxaroza qanday kimyoviy xossalarni namoyon qiladi, uning molekulasi qanday
bog` yordamida birikkan, tuzilishi qanday ifodalanadi?
10. Sellobioza gidrolizlanganda qanday monosaxaridlar hosil bo`ladi, tuzilishi
qanday ifodalanadi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun.
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.
2. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
3. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent,
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002.
4. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002.
288
5. I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina»
nashriyoti, 1987.
6. S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979.
7. O. S. Sodiqov, O. Y. Yo`ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya»,
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971.
53–Mavzu: Polisaxaridlar.
Reja:
1. Polisaxaridlar va ularning turlarini;
2. Kraxmal, uning olinishi, xossalari, ishlatilishini;
3. Amiloza va aminopektin, ularning olinishi, xossalari, ishlatilishini;
4. Sellyuloza, uning olinishi, xossalari, ishlatilishini.
Yangi darsning bayoni.
Shakarga o`xshamagan murakkab uglevodlar yoki yuqori polisaxaridlar
tabiiy yuqori molekulyar birikmalar bo`lib, tabiatda keng tarqalgan hamda inson va
hayvonlar hayotida muhim ahamiyatga egadir. Yuqori polisaxaridlar umumiy
(C
6
H
10
O
5
)
n
formula bilan ifodalanadi. Yuqori polisaxaridlar yuzlab va minglab
monosaxarid qoldiqlaridan tashkil topgan bo`lib, ular quyidagicha umumiy
tuzilishga ega: uzun zanjirda monosaxarid qoldiqlari kislorod ko`prikchalari orqali
bog`langan bo`ladi.
Zanjirning hosil bo`lishida birinchi monosaxarid molekulasi yarim atsetal
gidroksili ikkinchi monosaxarid molekulasining spirt gidroksili bilan birikadi.
Ikkinchi monosaxarid molekulasi yarim atsetal gidroksili uchinchi monosaxarid
molekulasining spirt gidroksiliga, uchinchi monosaxarid molekulasi yarim atsetal
gidroksili to`rtinchi monosaxarid molekulasining spirt gidroksiliga, to`rtinchi
monosaxarid molekulasi yarim atsetal gidroksili beshinchi monosaxarid
molekulasining spirt gidroksiliga birikadi va hakazo. Shunday qilib, har bir
monosaxarid qoldig`i qo`shni monosaxarid qoldig`i bilan glyukozid bog` orqali
bog`langan bo`lib, yuqori polisaxaridlar poliglyukozidlar deb ataladi.
289
Yuqori polisaxaridlar kislotalar yoki enzimlar ishtirokida gidrolizlanganda
hosil bo`ladigan monosaxaridlar turiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Gomopolisaxaridlar–gidrolizlanganda bir xil turdagi monosaxaridlar
hosil bo`ladi;
2. Geteropolisaxaridlar–gidrolizlanganda har xil turdagi monosaxaridlar
hosil bo`ladi.
Yuqori polisaxaridlar o`ziga xos xossalarga ega bo`lib, xossalari jihatidan
mono– va oligo– saxaridlardan farq qiladi. Ko`pchilik polisaxaridlar suvda
erimaydi, ayrimlari esa issiq suvda bo`kadi va kolloid eritmalar hosil bo`ladi.
Yuqori polisaxaridlar shirin ta`mga ega bo`lmagan amorf moddalar bo`lib,
molekulyar og`irliklari 20000–1000000 oralig`ida bo`ladi.
Kraxmal (C
6
H
10
O
5
)
n
tabiiy yuqori molekulali polisaxarid bo`lib, o`simliklar
tarkibida asosiy zapas oziq moddasi sifatida uchraydi. Guruchda 86 % gacha,
bug`doyda 75 % gacha, jo`xorida 72 % gacha, kartoshka tugunaklarida 24 % gacha
kraxmal bo`ladi.
Kraxmal sovuq suvda erimaydigan ta`msiz oq kukun bo`lib, qaynoq suvda
bo`kib kleyster hosil qiladi. Kraxmal eritmasi qutblanish tekisligini o`ngga buradi,
uning solishtirma buruvchanligi [α]
D
+195
0
ga teng.
Sanoatda o`simliklar hujayralarini buzish va ularni suv bilan yuvib olish
yo`li bilan kraxmal ajratib olinadi. Masalan, sanoatda kraxmal kartoshka
tugunaklaridan (kartoshka uni holida), guruch oqshog`idan yoki jo`xoridan ajratib
olinadi.
Kraxmalning sifat reaksiyasi uning yod eritmasi (yodning kaliy yodiddagi
eritmasi) ta`sirida intensiv ko`k rangga kirishi bo`lib, bu rang eritma qizdirilganda
yo`qoladi, sovitilganda yana paydo bo`ladi. Kraxmal qaytaruvchanlik xossasiga
ega emas, shuning uchun u mis (II) gidroksidni ham, Feling suyuqligini ham
qaytarmaydi.
Kraxmal fermentlar (solod tarkibidagi diastaza fermenti va so`lakdagi ptialin
fermenti) ta`sir ettirilganda yoki mineral kislotalar ishtirokida qizdirilganda
gidrolizlanadi. Bunda dastlab suvda eriydigan kichik molekulali moddalar–
290
dekstrinlar hosil bo`ladi. Dekstrinlar gidrolizlanib maltozaga, maltoza esa
gidrolizlanib D–glyukozaga parchalanadi. Kraxmalning gidrolizlanishi natijasida
glyukoza hosil bo`lishini shunday ifodalash mumkin:
2(C
6
H
10
O
5
)
n
→ 2(C
6
H
10
O
5
)
m
+ nH
2
O → nC
12
H
22
O
11
+ nH
2
O → n2C
6
H
12
O
6
kraxmal dekstrin maltoza glyukoza
Kraxmalning fermentativ va kislotali gidrolizi birinchi marta 1814 yilda rus
olimi K. S. Kirxgof tomonidan amalga oshirilgan.
Kraxmal murakkab tuzilishga ega uglevod bo`lib, uning tarkibi ikki modda–
amiloza va amilopektindan iboratdir. Kraxmal 20–30 % amiloza va 70–80 %
amilopektindan tarkib topgan.
Amiloza molekulasida 1000–6000 atrofida α–D–glyukoza qoldiqlari mavjud
bo`lib, ular chiziqli tuzilishga ega. Amilozaning molekulyar og`irligi 160000–
1000000 oralig`ida bo`ladi. Amiloza issiq suvda eriydi, ammo uning eritmasi
beqaror bo`lib, vaqt o`tishi bilan eritmada amiloza cho`kmasi hosil bo`ladi.
Amiloza molekulasida har bir α–D–glyukoza qoldig`i o`zining yarim atsetal
gidroksilidagi kislorod atomi orqali qo`shni α–D–glyukoza qoldig`ining to`rtinchi
uglerod atomiga bog`lanadi. Shuning uchun α–D–glyukoza qoldiqlari orasidagi
bog` α–1,4–glyukozid bog` deb ataladi. Amiloza yod eritmasi (yodning kaliy
yodiddagi eritmasi) ta`sirida intensiv ko`k rangga kiradi.
Amilopektin molekulalari ham amiloza molekulalari kabi α–D–glyukoza
qoldiqlaridan tarkib topgan bo`lib, ular tarmoqlangan tuzilishga ega. Amilopektin
molekulasida ko`plab α–D–glyukoza qoldiqlari α–1,4–glyukozid bog` orqali
bog`langan. Biroq tarmoqlanish nuqtalarida α–1,6–glyukozid bog` ham mavjud
bo`lib, bunda bir α–D–glyukoza qoldig`ining birinchi uglerod atomi boshqa α–D–
glyukoza qoldig`ining oltinchi uglerod atomi bilan bog`langan bo`ladi.
Amilopektinda α–D–glyukoza qoldiqlarining soni amilozaga qaraganda
ko`p. Shu sababli, amilopektinning molekulyar og`irligi amilozaning molekulyar
og`irligidan ancha katta. Amilopektin suvda erimaydi, balki bo`kadi va kleyster
hosil qiladi. Amilopektin yod eritmasi (yodning kaliy yodiddagi eritmasi) ta`sirida
qizg`ish–binafsha rangga kiradi.
291
Kraxmalning ishlatilishi. Kraxmal turli–tuman maqsadlarda ishlatiladi.
Kraxmal qayta ishlanib dekstrinlar, patokalar, glyukozalar olinadi va ulardan
qandolat ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi
kraxmaldan etil spirti olinadi. Kraxmal arzon yelim tayyorlashda, gazlamalarga
pardoz berishda, kiyim–kechakni kraxmallashda qo`llaniladi. Tibbiyotda va
farmatsiya sanoatida malham dorilar, sepki dorilar, tabletkalar va boshqa xil dorilar
tayyorlashda qo`llaniladi.
Glikogen (hayvon kraxmali) (C
6
H
10
O
5
)
n
zapas oziq modda sifatida hayvon
organizmida muhim o`rin tutadi. Glikogen hayvonlarning barcha to`qimalarida
mavjud bo`lib, jigarda 20 %, muskullarda 4 % atrofida uchraydi. Muskul
harakatlangan vaqtda glikogen sut kislotaga parchalanadi va uning miqdori
kamayadi. To`qimalarda bir qator murakkab o`zgarishlar natijasida glikogendan
sut kislota hosil bo`lish jarayoni glikoliz deyiladi.
Glikogen oq rangli, amorf modda bo`lib, issiq suvda yaxshi eriydi. Uning
eritmasi qutblanish tekisligini o`ngga buradi, solishtirma buruvchanligi [α]
D
+196
0
ga teng.
Glikogen ayrim fermentlar va kislotalar ishtirokida gidrolizlanganda maltoza
hosil bo`ladi. Glikogen tuzilishi bo`yicha amilopektinga o`xshaydi. Glikogen
molekulasida ham α–1,4– va α–1,6–glyukozid bog`lari mavjud bo`ladi, biroq
glikogen amilopektindan ko`p tarmoqlanganligi bilan farq qiladi. Glikogenning
molekulyar og`irligi millionlar hisobida o`lchanadi. Glikogen eritmalari yod
eritmasi bilan qizil rangdan qizil–qo`ng`ir ranggacha bo`yaladi.
Sellyuloza (kletchatka) (C
6
H
10
O
5
)
n
ham tabiiy yuqori molekulali polisaxarid
bo`lib, barcha o`simliklar tarkibiga kiradi va ularda hujayra qobiqlarini hosil qiladi.
Uning nomi «sellula»–hujayra ana shundan kelib chiqqan. Odatda o`simliklarda
sellyuloza gemisellyuloza, lignin va pectin moddalar bilan birga bo`ladi. Yog`och
tarkibida 40–60 %, paxta tolasi tarkibida 92–96 % sellyuloza uchraydi. Bulardan
tashqari, zig`ir va kanop tolasi ham asosan sellyulozadan iborat.
Paxtadan va archa yog`ochidan eng toza sellyuloza olinadi. Yog`ochdan
sellyuloza olishning bir qancha usullari ma`lum bo`lib, ulardan sulfit usuli keng
292
tarqalgan. Bu usulda sellyuloza ishlab chiqarish uchun katta avtoklavlarda yog`och
qipiqlari kalsiy gidrosulfit–Ca(HSO
3
)
2
eritmasi ishtirokida yuqori bosimda
qaynatiladi. Bunda yog`och qipiqlari parchalanadi, qisman eritmaga o`tadi va
eritma tarkibidagi sellyuloza tolasimon massaga aylanadi. Qaynash jarayoni
tugagach, massa suzgichdan (tubi teshik rezervuar–elakdan) o`tkaziladi. Suzgichda
sellyuloza eritmadan ajratib olinadi va bir necha marta suv bilan yuviladi. Ajratib
olingan sellyuloza quritiladi, presslanadi hamda qog`oz ishlab chiqarish uchun
fabrikalarga jo`natiladi.
Sellyuloza mazasiz, hidsiz tolasimon oq modda bo`lib, suvda va efirda
erimaydi. Sellyuloza mis (II)–gidroksidning ammiakdagi eritmasida (shveytser
reaktivida), rux xlorid va konsentrlangan sulfat kislotada yaxshi eriydi.
Sellyulozani gidrolizlash uchun uni konsentrlangan sulfat kislotada eritiladi,
suv bilan suyultiriladi va uzoq muddat qaynatiladi. Bunda sellyuloza to`liq
gidrolizlanadi va β–D–glyukoza hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan glyukozani bijg`itish
yo`li bilan etil spirti olinadi, bu spirt gidroliz spirti (yog`och spirti) deb ataladi:
(C
6
H
10
O
5
)
n
+ nHOH → nC
6
H
12
O
6
C
6
H
12
O
6
→ 2C
2
H
5
OH + 2CO
2
↑
Sellyuloza molekulasida 6000–12000 atrofida β–D–glyukoza qoldiqlari
mavjud bo`lib, molekulyar og`irligi esa 1000000–2000000 ga teng. Sellyuloza
molekulasidagi β–D–glyukoza qoldiqlari β–1,4–glyukozid bog` orqali bog`langan
bol`ib, uning molekulalari chiziqsimon tuzilishga ega. Sellyuloza molekulasida har
bir β–D–glyukoza qoldig`i uchtadan erkin gidroksil guruhiga ega bo`ladi.
(C
6
H
10
O
5
)
n
yoki (C
6
H
7
O
2
(OH)
3
)
n
Sellyuloza «kumush ko`zgu» reaksiyasiga kirishmaydi (aldegid guruhi
yo`q), lekin kislotalar bilan eterifikatsiya reaksiyasiga kirishadi. Erkin gidroksil
guruhlar hisobiga sellyuloza oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi. Sellyulozaning
bunday hosilalaridan nitrat kislota, sirka kislota, ksantogen kislota efirlari katta
ahamiyatga ega.
Sellyulozaning nitrat efirlari sellyulozaga sulfat kislota ishtirokida nitrat
kislota ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi. Reaksiya uchun olingan kislotalar miqdori
293
va boshqa sharoitlarga ko`ra sellyuloza molekulasidagi har bir β–D–glyukoza
qoldig`ining bitta, ikkita yoki uchta gidroksil guruhi eterifikatsiya reaksiyasiga
kirishadi va mono–, di–, tri– nitrosellyulozalar hosil bo`ladi:
[C
6
H
7
O
2
(OH)
3
]
n
+ nHO
NO
2
[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O
NO
2
]
n
+ nH
2
O
[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O–NO
2
]
n
+ nHO
NO
2
[C
6
H
7
O
2
(OH)–(O
NO
2
)
2
]
n
+ nH
2
O
[C
6
H
7
O
2
(OH)–(O–NO
2
)
2
]
n
+ nHO
NO
2
[C
6
H
7
O
2
–(O
NO
2
)
3
]
n
+ nH
2
O
Mono– va di– nitrosellyulozalar aralashmasi kolloksilin deb ataladi.
Tibbiyotda kolloksilinning spirt va efir aralashmasidagi eritmasi kollodiy nomi
bilan ishlatiladi. Kolloksilinga kamfora va spirt aralashtirilib selluloid olinadi.
Selluloiddan kinolentalar, tez quruvchan, arzon va mustahkam emal ishlab
chiqariladi. Selluloid yonuvchan modda bo`lganligi uchun hozirda uning o`rniga
yonmaydigan plastmassalar ishlatilmoqda. Trinitrosellyuloza piroksilin nomi bilan
tutunsiz porox tayyorlashda ishlatiladi.
Sellyuloza sirka kislota yoki sirka angidrid bilan reaksiyaga kirishadi va
mono–, di–, tri– atsetilsellyulozalar hosil bo`ladi. Bular ichida di– va tri–
atsetilsellyulozalardan sun`iy ipak–atsetat ipagi olinadi. Atsetat ipak olish uchun
atsetilsellyulozalar atsetonda eritiladi, hosil bo`lgan eritma issiq filyeralardan
(kichik teshikchalari bor metall qalpoqchalardan) bosim ostida o`tkaziladi, atseton
uchib ketishi hisobiga sun`iy ipak tolasi hosil bo`ladi. Plastifikator qo`shilgan
atsetilsellyulozalardan plastmassalar ishlab chiqariladi.
Sellyuloza ishqor bilan ishlanganda sellyuloza alkogolyati hosil bo`ladi,
hosil bo`lgan alkogolyatga uglerod sulfid ta`sir ettirilganda sellyuloza ksantogenati
hosil bo`ladi:
[C
6
H
7
O
2
(OH)
3
]
n
+ nNaOH
[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O
Na]
n
+ nH
2
O
[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O
Na]
n
+ nCS
2
[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O
CS–SNa]
n
Sellyuloza ksantogenati suyultirilgan ishqor eritmasida yaxshi eriydi va bu
eritma viskoza eritma deb ataladi. Viskoza eritmasi filyeralardan o`tkaziladi,
sulfat kislotali vannaga tushiriladi va viskoza ipagi hosil bo`ladi. Viskoza
eritmasidan hosil bo`lgan plyonka sellofan deyiladi.
294
Sellyulozaning ishqordagi eritmasiga dialkilsulfat yoki galoidalkil ta`sir
ettirilganda oddiy efirlar hosil bo`ladi. Sellyulozaning oddiy efirlari ichida
trimetilsellyuloza va trietilsellyuloza to`qimachilik va bo`yoq sanoatida keng
ko`lamda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |