O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Xinolin 
(α–β–benzopiridin) 
benzol 
bilan 
piridin 
halqalarining 
kondensatsiyalanishi  natijasida  hosil  bo`lgan  geterosiklik  birikmadir.  Xinolin 
birinchi marta 1834 yilda Runge tomonidan toshko`mir smolasidan olingan. 
N
 
 
Xinolin o`ziga xos o`tkir hidli, 238 
0
C da qaynaydigan, suvda kam eriydigan 
suyuqlik  bo`lib,  tabiatda  toshko`mir  smolasi  va  so`ngak  moyi  tarkibida  uchraydi. 
Sanoatda xinolin Skraup usuli bilan olinadi. 
 
Xinolin kimyoviy xossalari jihatidan piridin singari kuchsiz uchlamchi asos 
bo`lib,  mineral  kislotalar  ta`sirida  tuzlar,  galogenalkillar  ta`sirida  to`rtlamchi 
ammoniy  asoslar  tuzlarini  hosil  qiladi.  Xinolin  qiyinchilik  bilan  sulfolanadi  va 
nitrolanadi. 
 
Xinolin  gomologlari  oksidlanganda  yon  zanjirlargina  oksidlanadi,  masalan, 
γ–metil xinolin (lepidin) oksidlanganda sinxonin kislota hosil bo`ladi: 
N
C H
3
+
3(O)
_
H
2
O
N
C O O H
 
          Sinxonin kislota esa muhim dori vositasi–atofan molekulasi tarkibiga kiradi.  
Kuchli  oksidlovchilar  ta`sirida  xinolin  oksidlanganda  uning  piridin  qismi 
oksidlanishga  chidamli  bo`ladi,  benzol  qismi  esa  oksidlanadi  va  xinolin  kislota 
hosil bo`ladi: 
N
+
9(O)
N
H O O C
H O O C
+
2 C O
2
+
H
2
O
 
 
Xinolin  yadrosi  xinin  alkaloidi  va  sintetik  dori  vositasi  plazmotsid 
molekulasining asosini tashkil qiladi. 
Izoxinolin 
(β–γ–benzopiridin)  benzol  bilan  piridin  halqalarining 
kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo`lgan geterosiklik birikmadir.  

 
263 
N
 
 
Izoxinolin benzaldegid hidiga  o`xshash  hidli  qattiq  modda bo`lib, 24 
0
C da 
suyuqlanadi, 240 
0
C da qaynaydi.  
Izoxinolin  halqasi  papaverin,  morfin,  narkotin,  gidrastin  kabi  alkaloidlar 
tarkibiga kiradi hamda kimyoviy xossalari jihatidan xinolinga o`xshash xossalarni 
namoyon qiladi. 
Akridin markaziy CH guruhi uch valentlik azot atomiga o`rin almashingan 
antratsen hosilasi deb qaraladi:    
N
 
 
Akridin  toshko`mir  smolasi  tarkibida  uchraydi  va  ushbu  smoladan  ajratib 
olinadi. 
 
Toza  akridin  107 
0
C da suyuqlanadi, ishqalanganda nurlanadi, uning suyuq 
eritmalari  ko`k  rangli  fluoressensiyalanadi.  Akridin  xinolinga  nisbatan  kuchsiz 
asos  xossali  bo`lib,  kuchli  kislotalar  ta`sirida  tuzlar,  galogenalkillar  ta`sirida 
to`rtlamchi  ammoniy  asoslar  tuzlarini  hosil  qiladi.  Uning  tuzlari  sariq  rangga 
bo`yalgan bo`ladi. 
 
Tibbiyotda akridin hosilalaridan rivanol va akrixin katta ahamiyatga ega dori 
moddalar  sifatida  qo`llaniladi.  Rivanol  sut  kislotali  tuzi  holida  antiseptik  modda 
sifatida,  akrixin  esa  xlorgidrat  tuzi  holida  bezgak  kasalligini  davolashda 
qo`llaniladi. 
Purin pirimidin bilan imidazol halqalarining kondensatsiyalanishi natijasida 
hosil bo`lgan murakkab geterosiklik birikmadir. 
N
N
N
H
N
 
                                       pirimidin yadrosi  imidazol yadrosi 
Purin suvda oson eriydigan, 217 
0
C da suyuqlanadigan kristall modda bo`lib, 
kislota  va  ishqorlar  ta`sirida  tuzlar  hosil  qiladi.  Purin  hosilalari  ichida  ksantin, 

 
264 
teofillin, teobromin, kofein, siydik kislota, adenin kabi moddalar katta ahamiyatga 
ega. 
Ksantin  (2,6–dioksipurin)  suvda  qiyin  eriydigan  kristall  modda  bo`lib, 
kislota  va  asoslar  ta`sirida  tuz  hosil  qiladi.  Tabiatda  ko`pchilik  hayvonlar 
to`qimalarida,  qonida,  siydigida,  siydik  toshida,  bundan  tashqari  choy  o`simligi 
tarkibida uchraydi. 
Ksantin eritmada ikki xil tautomer shaklda mavjud bo`ladi, masalan: 
C
H N
C
C
C
N H
N
C H
N H
O
O
N
C H
N H
C
N
N
C
O H
C
H O
C
 
Ksantin  kislotali  xossaga  ega  modda  sifatida  ishqorlarda  oson  eriydi  va 
tuzlar  hosil  qiladi.  Kuchsiz  asos  xossali  modda  sifatida  kuchli  kislotalar  bilan 
ta`sirlashadi va tuzlarni hosil qiladi. 
Teofillin  (1,3–dimetil–2,6–dioksipurin  yoki  1,3–dimetilksantin)  268 
0
C  da 
suyuqlanadigan kristall modda bo`lib, issiq suvda oson, sovuq suvda qiyin eriydi. 
Tabiatda  ko`k  choy  bargi  tarkibida  uchraydi,  tibbiyotda  kuchli  siydik  haydovchi 
vosita sifatida ishlatiladi. 
C
N
H
3
C
C
C
C H
3
N
C
O
O
N H
N
C H
 
Teobromin  (3,7–dimetil–2,6–dioksipurin  yoki  3,7–dimetilksantin)  351 
0

da  suyuqlanadigan  kristall  modda  bo`lib,  suvda  qiyin  eriydi.  Tabiatda  kakao  va 
ko`k choy o`simligi tarkibida uchraydi. Tibbiyotda siydik haydovchi vosita sifatida 
ishlatiladi, bundan tashqari markaziy nerv tizimiga qo`zg`atuvchi ta`sir ko`rsatadi. 

 
265 
C
N
H
C
C
C H
3
N
C
O
O
N
C H
N
C H
3
 
Kofein  (1,3,7–trimetil–2,6–dioksipurin  yoki  1,3,7–trimetilksantin)  237 
0

da  suyuqlanadigan  kristall  modda  bo`lib,  suvda  eriydi.  Tabiatda  qahva  va  choy 
o`simliklari tarkibida uchraydi.  
C
N
H
3
C
C
C
C H
3
N
C
O
O
N
C H
N
C H
3
 
Kofein sanoatda choy ishlab chiqarish chiqindilaridan yoki siydik kislotadan 
sintez usuli bilan olinadi. Kofein kuchsiz asos xossaga ega bo`lib, kislotalar bilan 
beqaror  tuzlar  hosil  qiladi.  Tibbiyotda  kofein  natriy  benzoat  (Coffeinum  natrio 
benzoicum)  yoki  natriy  salitsilat  (Coffeinum  natrio  salicylicum)  bilan  qo`shaloq 
tuzlar  ko`rinishida  ishlatiladi.  Kofein  markaziy  nerv  tizimiga  qo`zg`atuvchi  ta`sir 
ko`rsatadi  va  ishchanlikni  oshiradi,  yurak  faoliyatini  yaxshilaydi  hamda  siydik 
ajralishini oshiradi. 
Siydik  kislota  (2,6,8–trioksipurin)  rangsiz  kristall  modda  bo`lib,  suvda 
yomon eriydi. Siydik kislota odam va hayvonlar organizmida azot almashinuvining 
oxirgi mahsuloti hisoblanadi va organizmdan siydik bilan birga ajratib chiqariladi.  
C
N
H
C
C
H
N
C
O
O
N
H
C
N
H
O
 
Siydik  kislota  odam  va  hayvonlar  organizmida  mochevinadan  sintez 
qilinadi.  Sanoatda  ham  mochevinadan  sintez  usuli  bilan  olinadi.  Siydik  kislota 
kuchsiz  kislotali  xossaga  ega  bo`lib,  molekuladagi  ikki  vodorod  atomi  metallar 
bilan o`rin almashadi.  

 
266 
Siydik  kislota  ksantin,  gipoksantin,  kofein,  adenin  kabi  birikmalar  olish 
uchun ishlatiladi. 
Adenin  (6–aminopurin)  360 
0
C  da  suyuqlanadigan  kristall  modda  bo`lib, 
suvda  qiyin  eriydi.  Tabiatda  erkin  holda  o`simlik  va  hayvon  to`qimalarida 
uchraydi. Adenin sanoatda siydik kislotadan olinadi.  
N
N H
2
C
C
N
C
H
C
H
C
N
H
N
 
Adenin  ham  pirimidinning  bir  qator  hosilalari  kabi  tabiatda  riboza  va 
dezoksiribozaning 
N–glikozidlari–nukleozidlar 
(adenozin), 
nukleotidlar 
(adenozinmonofosfat, adenozindifosfat, adenozintrifosfat) ko`rinishida uchraydi. 
Adenozintrifosfat–ATF polifosfat bog`laridagi boy energiyaga, o`simlik va 
hayvonlar  organizmida  keng  tarqalganligiga  ko`ra  tirik  organizmlarning  asosiy 
energiya manbaidir. ATF energiyasi ko`plab biokimyoviy reaksiyalarda ishlatiladi. 
ATF  muskullar  faoliyatida  nihoyatda  katta  ahamiyatga  ega.  Bundan  tashqari, 
adenin nukleotidlari nuklein kislotalar tuzilishida ham ishtirok etadi.  
 
Mureksid  reaksiyasi.  Ksantin,  teofillin,  teobromin,  kofein,  siydik  kislota 
kabi  purin  hosilalari  mureksid  reaksiyasi  deb  atalgan  sifat  reaksiyasi  yordamida 
aniqlanadi.  Farmatsevtika  amaliyotida  bu  reaksiya  purin  hosilalarini  aniqlash 
uchun qo`llaniladi.  
Bu  reaksiyani  amalga  oshirish  quyidagi  tartibda  olib  boriladi:  dastlab 
tekshirilayotgan quruq modda (eritma bug`latilgandan keyin qolgan quruq modda) 
1–2  tomchi  konsentrlangan  nitrat  kislota  ishtirokida  chinni  idishda  suv 
hammomida  qizdiriladi.  So`ngra  hosil  bo`lgan  sarg`ish–jigarrang  qoldiqqa  bir 
tomchi ammiak tomiziladi. Purpur kislotaning ammoniyli tuzi yoki mureksid hosil 
bo`lishi natijasida qip–qizil rang paydo bo`ladi.  
Agar  ammiak  o`rniga  kaliy  gidroksid  eritmasi  tomizilganda  purpur 
kislotaning kaliyli tuzi hosil bo`lishi natijasida ko`k–binafsha rang paydo bo`ladi. 

 
267 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
 
Kondensirlangan  geterosiklik  birikmalar–molekulasi  ikki  yoki  undan 
ortiq halqalarning o`zaro tutashishi natijasida hosil bo`lgan geterosiklik birikmalar. 
 
Indol–yoqimsiz  hidli,  52 
0
C  da  suyuqlanadigan,  rangsiz  kristall  modda, 
tabiatda  toshko`mir  smolasi,  jasmin,  apelsin,  oq  akatsiya  gullarining  efir  moylari 
tarkibida uchraydi.  
 
Xinolin–o`ziga  xos  o`tkir  hidli,  238 
0
C  da  qaynaydigan,  suvda  kam 
eriydigan  suyuqlik,  tabiatda  toshko`mir  smolasi  va  so`ngak  moyi  tarkibida 
uchraydi.  
Izoxinolin–benzaldegid hidiga o`xshash hidli qattiq modda bo`lib, 24 
0
C da 
suyuqlanadi, 240 
0
C da qaynaydi.  
Akridin–107 
0
C  da  suyuqlanadi,  ishqalanganda  nurlanadi,  uning  suyuq 
eritmalari ko`k rangli fluoressensiyalanadi.  
Purin–suvda  oson  eriydigan,  217 
0
C  da  suyuqlanadigan  kristall  modda 
bo`lib, kislota va ishqorlar ta`sirida tuzlar hosil qiladi.  
Ksantin–suvda  qiyin  eriydigan  kristall  modda,  kislota  va  asoslar  ta`sirida 
tuz hosil qiladi. 
Teofillin–268 
0
C da suyuqlanadigan kristall modda bo`lib, issiq suvda oson, 
sovuq suvda qiyin eriydi. 
Teobromin–351 
0
C  da  suyuqlanadigan  kristall  modda  bo`lib,  suvda  qiyin 
eriydi. 
Kofein–237 
0
C da suyuqlanadigan kristall modda bo`lib, suvda eriydi.  
Siydik kislota–rangsiz kristall modda bo`lib, suvda yomon eriydi.  
Adenin–360 
0
C da suyuqlanadigan kristall modda bo`lib, suvda qiyin eriydi.  
Mureksid  reaksiyasi–ksantin,  teofillin,  teobromin,  kofein,  siydik  kislota 
kabi purin hosilalarini aniqlash reaksiyasi. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Kondensirlangan  geterosiklik  birikmalar  deb  qanday  turdagi  geterosiklik 
birikmalarga aytiladi, ular nechta sinfga bo`linadi? 

 
268 
2.  Birinchi  tur  kondensirlangan  geterosiklik  birikmalarga  qaysi  moddalar  misol 
bo`ladi, ularning formulalarini yozing. 
3.  Indol  sanoatda  qanday  usulda  olinadi,  qanday  xossalarni  namoyon  qiladi, 
texnikada qanday maqsadda ishlatiladi? 
4. Xinolin sanoatda qanday  yo`l bilan olinadi, qanday  xossalarni namoyon qiladi, 
tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi? 
5. Akridin sanoatda qanday yo`l  bilan olinadi, qanday xossalarni namoyon qiladi, 
tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi? 
6.  Ikkinchi  tur  kondensirlangan  geterosiklik  birikmalarga  qaysi  moddalar  misol 
bo`ladi, ularning formulalarini yozing. 
7. Purin qanday xossalarni namoyon qiladi va uning qanday hosilalari mavjud? 
8.  Ksantin  tabiatda  qanday  holda  uchraydi,  qanday  xossalarni  namoyon  qiladi  va 
farmatsiyada uning qanday hosilalari ishlatiladi? 
9.  Teofillin,  teobromin,  kofein  qanday  xossalarga  ega,  tibbiyotda  qanday  dori 
vositasi sifatida qo`llaniladi? 
10. Siydik kislota qanday qanday usulda olinadi, qanday xossalarni namoyon qiladi 
va sanoatda qanday maqsadda ishlatiladi? 
11.  Adenin  qanday  usul  bilan  olinadi,  qanday  xossalarni  namoyon  qiladi, 
tibbiyotda qanday turdagi adenin hosilalari ishlatiladi? 
12.  Mureksid  reaksiyasi  deb  qanday  reaksiya  turiga  aytiladi,  bu  reaksiya  qanday 
tarzda amalga oshiriladi, qanday birikmalar aniqlanadi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 

 
269 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
51–Mavzu: Uglevodlarning klassifikatsiyasi. Monosaxaridlar. 
 
Reja: 
1. Uglevodlar va ularning turlarini; 
2. Monosaxaridlarning klassifikatsiyasi, nomenklaturasi, izomeriyasini; 
3. Monosaxaridlarning tabiatda uchrashi va olinish usullarini; 
4. Monosaxaridlarning xossalari va ishlatilishini; 
5. Pentozalar va geksozalarni. 
Yangi darsning bayoni. 
Uglevodlar  tabiatda  keng  tarqalgan  birikmalar  bo`lib,  ularning  tarkibi 
uglerod,  vodorod  va  kisloroddan  iborat.  Uglevodlar  inson  hayotida  muhim 
ahamiyatga  ega  bo`ladi.  Uglevodlar  tarkibi  odatda  umumiy  C
n
H
2n
O
n
  yoki 
C
n
(H
2
O)
m
  formulalar  bilan  ifodalanadi.  Uglevodlarning  dastlabki  vakillari  tahlil 
qilinganda,  ular  tarkibidagi  vodorod  va  kislorod  atomlari  sonining  nisbati  xuddi 
suvdagidek  ekanligi  aniqlangan.  Shunga  asosan,  K.  Shmidt  1844  yilda  bu 
birikmalarni «uglevodlar» deb nomlashni taklif qilgan.  
Uglevodlar  o`simlik  va  hayvon  organizmlari  tarkibiga  kiradi  hamda 
o`simliklar barglarida fotosintez natijasida hosil bo`ladi: 
nCO
2
 + mH
2
O → C
n
(H
2
O)
m
 + nO
2

 
O`simliklar quruq  modda  massasining  80  %  miqdorini, odam  va  hayvonlar 
organizmining  20  %  miqdorini  uglevodlar  tashkil  qiladi.  Uglevodlar  sinfi  odatda 
ikki guruhga bo`linadi: 
1. Oddiy uglevodlar yoki monosaxaridlar (monozalar); 
2. Murakkab uglevodlar yoki polisaxaridlar (poliozalar). 

 
270 
Gidrolizga  uchramaydigan  hamda  oddiy  uglevodlarga  ajralmaydigan 
uglevodlar  monosaxaridlar  deb  ataladi.  Ularning  tarkibi  umumiy  C
n
H
2n
O
n
 
formula bilan ifodalanadi. Monosaxaridlarga pentozalar (arabinoza, ksiloza, riboza, 
dezoksiriboza)  va  geksozalar  (glyukoza,  fruktoza,  galaktoza,  vitamin  C)  misol 
bo`ladi. 
Gidrolizga  uchraydigan  hamda  buning  natijasida  oddiy  uglevodlar  hosil 
qiladigan  uglevodlar  polisaxaridlar  deb  ataladi.  Ularning  tarkibi  umumiy 
C
n
(H
2
O)
m
  formula  bilan  ifodalanadi.  Polisaxaridlar  o`z  navbatida  ikki  guruhga 
ajratiladi: 
1.  Shakarsimon  polisaxaridlar  yoki  oligosaxaridlar–ularga  maltoza,  laktoza 
va saxaroza misol bo`ladi. 
2.  Shakarsimon  bo`lmagan  polisaxaridlar–ularga  kraxmal,  glikogen  va 
sellyuloza misol bo`ladi. 
Monosaxaridlarning klassifikatsiyasi va nomenklaturasi. Monosaxaridlar 
molekuladagi  uglerod  atomlarining  soniga  qarab  quyidagi  turlarga  bo`linadi: 
tetrozalar, pentozalar, geksozalar. 
Monosaxaridlar  molekuladagi  aldegid  yoki  keton  guruhlar  mavjudligiga 
qarab ikki turga ajratiladi: 
a) Aldozalar–molekulasida aldegid guruhi mavjud bo`ladi; 
b) Ketozalar–molekulasida keton guruhi mavjud bo`ladi. 
Monosaxaridlar  molekulasidagi  oxirgi  asimmetrik  uglerod  atomidagi 
atomlar  guruhining  fazoda  joylashishiga  qarab  ikki  turga  bo`linadi:  D–qator 
monosaxaridlar va L–qator monosaxaridlar. 
Monosaxaridlar  nomi  molekula  tarkibidagi  uglerod  atomlari  sonining 
grekcha  nomiga  –oza  qo`shimchasi  qo`shib  hosil  qilinadi.  Masalan,  triozalar
molekulasi tarkibida uchta uglerod atomi bo`ladi, tetrozalar–molekulasi tarkibida 
to`rtta  uglerod  atomi  bo`ladi;  pentozalar–molekulasi  tarkibida  beshta  uglerod 
atomi bo`ladi; geksozalar–molekulasi tarkibida oltita uglerod atomi bo`ladi. 
Izomeriyasi.  Monosaxaridlar  molekulasida  asosan  quyidagi  izomeriya 
turlari mavjud bo`ladi: 

 
271 
1.  Aldegid  yoki  keton  guruhlar  mavjudligiga  bog`liq  bo`lgan  izomeriya. 
Masalan,  molekulasida  aldegid  guruhi  mavjud  bo`lgan  glyukoza  va  keton  guruhi 
mavjud bo`lgan fruktoza bir xil molekulyar formulaga (C
6
H
12
O
6
) ega. 
2.  Monosaxaridlar  qatorida  siklik  zanjir  tautomeriyasi  borligiga  bog`liq 
bo`lgan izomeriya. Masalan: 
C H
2
O H
(C H O H )
4
C
O
H
C H
2
O H
(C H O H )
3
C
C H
2
O H
O
 
                     glyukoza                                                          fruktoza 
3.  Molekulada  asimmetrik  uglerod  atomlari  borligiga  bog`liq  bo`lgan 
izomeriya. Masalan: D (+)–monosaxarid, L (–)–monosaxarid. 
Tabiatda  uchrashi  va  olinish  usullari.  Tabiatda  monosaxaridlar  erkin 
holda  va  birikmalar  holida  uchraydi.  Monosaxaridlar  sanoatda  asosan  quyidagi 
usullar bilan olinadi: 
1. Polisaxaridlarni gidroliz qilish usuli
(C
6
H
10
O
5
)
n
 + nHOH → nC
6
H
12
O
6
 
 
2. Rus olimi A. M. Butlerov usuli bo`yicha formaldegidni polimerlash: 
H
C
O
H
+
H
O
H
C
H
C H O H
C
O
H
 
                                                                                    glikol aldegid 
H
O
C H
2
O H
C H O H
C
H
O
H
C H O H
C
H
C
O
H
+
 
                                                                                        glitserin aldegid 
H
O
C H
2
O H
C H O H
C
H
O
C H
2
O H
( C H O H )
2
C
H
C
O
H
+
 
+
H
O
H
C
C H
2
O H
( C H O H )
2
C
O
H
H
O
C H
2
O H
( C H O H )
3
C
 
+
H
O
H
C
C H
2
O H
( C H O H )
4
C
O
H
H
O
C H
2
O H
( C H O H )
3
C
 

 
272 
 
3.  Ko`p  atomli  spirtlarni  chala  oksidlash,  masalan,  olti  atomli  spirt–sorbit 
chala oksidlanganda glyukoza hosil bo`ladi: 
C H
2
O H
(C H O H )
4
C H
2
O H
+
(O )
C H
2
O H
(C H O H )
4
C
O
H
+
H
2
O
 
 
Fizikaviy xossalari. Monosaxaridlar kristall  moddalar bo`lib, suvda  yaxshi 
eriydi,  spirtda  kam  eriydi,  efirda  esa  erimaydi.  Ularning  ko`pchiligi  gigroskopik 
hisoblanadi.  Monosaxaridlar  eritmalari  shirin  ta`mli  bo`lib,  lakmusga  neytraldir. 
Monosaxaridlarning yangi tayyorlangan eritmalari mutarotatsiyaga uchraydi. 
 
Kimyoviy  xossalari.  1.  Oksidlanish  reaksiyalari.  Monosaxaridlar  turli 
muhitlarda turlicha oksidlanish reaksiyalariga kirishadi. 
a)  Monosaxaridlar  neytral  muhitda  oksidlanganda  faqat  aldegid  guruhi 
oksidlanadi hamda oksikislotalar hosil bo`ladi. Masalan, glyukoza bo`r ishtirokida 
bromli suv bilan oksidlanganda glyukon kislota hosil bo`ladi: 
Br
2
 + HOH → HBr + HBrO → HBr + O 
C H
2
O H
( C H O H )
4
C
O
(O )
C H
2
O H
(C H O H )
4
C
O
H
+
O H
 
 
b)  Monosaxaridlar  (aldozalar)  kislotali  muhitda  kuchli  oksidlovchilar 
ta`sirida oksidlanganda, aldegid guruhi bilan birga birlamchi spirt gidroksil guruhi 
ham  oksidlanadi,  natijada  ikki  asosli  oksikislotalar  hosil  bo`ladi.  Masalan, 
glyukoza kislotali muhitda oksidlanganda shakar kislotaga aylanadi: 
C
(C H O H )
4
C
O
(O )
C H
2
O H
(C H O H )
4
C
O
H
+
O H
O
H O
3
+
H
2
O
 
 
c)  Monosaxaridlar  (aldozalar)  ishqoriy  muhitda  oksidlanganda  oksidlanish 
jarayoni bilan birga uglerod zanjirining parchalanish jarayoni ham amalga oshadi, 
natijada bir qator oksidlanish va parchalanish mahsulotlari hosil bo`ladi. Masalan, 
glyukoza  ishqoriy  muhitda  Ag
2
O  yoki  Cu(OH)
2
  ta`sirida  oksidlanganda,  metall 
holidagi Ag yoki Cu
2
O ajralib chiqadi hamda bir qator oksidlanish va parchalanish 
mahsulotlari hosil bo`ladi: 

 
273 
C H
2
O H
(C H O H )
4
C
O
H
+
A g
2
O
2 A g
+
o ksi d la n i sh  va  p a rch a la n i sh  m a h su lo tla ri
 
C H
2
O H
(C H O H )
4
C
O
H
+
+
o ksi d la n i sh  va  p a rch a la n i sh  m a h su lo tla ri
C u (O H )
2
C u
2
O
 
 
2.  Ozazonlar  hosil  bo`lishi.  Monosaxaridlar  fenilgidrazin  bilan  reaksiyaga 
kirishishi natijasida kristall moddalar–ozazonlar hosil bo`ladi. Bu jarayon bir necha 
bosqichda  amalga  oshadi  hamda  monosaxaridlarning  birinchi  va  ikkinchi  uglerod 
atomiga ikki molekula fenilgidrazin birikadi: 
H
O
(C H O H )
3
C H O H
C
C H
2
O H
+
2 H
2
N
N H
C
6
H
5
 
                        
C H
2
O H
(C H O H )
3
C
C H
N
N H
C
6
H
5
N
N H
C
6
H
5
+
2 H
2
O
H
2
+
 
 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish