O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERITETI
Biologiya ta`lim y o`nalishi
202-guruh talabasi Ziyadullayeva Munojatning
Tuproqshunoslik fanidan
“Tuproqning fizik xossallari” mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qiluvchi: Zokirova Salomat
Toshkent-2022
Mundarija:
Kirish………………………………………………..….3
I.BOB TUPROQ REJIMLARI VA ULARNI BOSHQARISH.
1.1 Tuproqdagi suvlarning turlari……………………….5
1.2 Tuproqning issiqlik rejimi…………………………..8
II.BOB. TUPROQNING FIZIK XOSSALARINI O’GANISH.
2.1 Tuproq strukturasi, turlari buzilishi va tiklanishi…...12
Tuproqning fizik xossalari……………………………25
2.3 Tuproqning fizik-mexanik xossalari……………...….32
III.Xulosa…………………………………………………….39
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………41
Kirish
Tuproq strukturasi deb, mazkur tip va uning qatlamiga xos har xil kattalikka, shakliga, suvga chidamlikka ega bo’lgan agregatlar yig’indisiga aytiladi.
Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturasiz yoki kam strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga yerga ishlov berish holatlariga tuproqning suv havo rejimlari va umuman unumdorligi hamda o’simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalarga rus olimlari V.V.Dokuchayev, P.A.Кostichev, N.A.Кachinskiy va boshqalarning asarlarida alohida ahamiyat berilgan.
Tuproqda 3 xil: kubsimon, prizmasimon, plitasimon struktura farq qilinib, ular bir necha turdan iborat bo’ladi.
Har xil tuproq tipi uchun ma’lum bir turdagi struktura xarakterlidir. Masalan, bo’z tuproqlar uchun-kesakchali-changsimon, sho’rtoblar uchun ustinsimon, qora tuproqlar uchun-donador kesakchali, podzol tuproqlar uchun-bargsimon shakli harakterlidir.
Agronomik nuqtai nazardan tuproq strukturasi katta-kichikligiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga;
1)>10 mm, kesakchali struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al marokstruktura; 4) 0,01 mm dan kichik-nozik mikrostrukturaga bo’linadi.
Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o’lchamli mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturali agregatlar Markaziy Osiyoning bo’z tuproqlari sharoitida ekinlardan .qori hosil olishni ta’minlaydi.
Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi tuproqning alohida agregatlarga ajralishi hamda suvga chidamli agregailarning hosil bo’lishi kabi jarayonlar bilan bog’liq. Tuproqning to’la agregatlarga ajralib ketishi o’simliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufaylidir. Shuningdek tuproqda yashaydigan jonivorlarning faoliyati hamda tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi, yerning qurishi hamda uni ishlash natijasida ro’y beradi.
O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan gumus tuproq strukturasining suvga chidamligini oshiradi. Bu jarayon o’simliklar ildizi ko’p tarqalgan tuproqning yuqori qatlamlarida yaxshi boradi. Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Bu strukturalar syerg’ovak, mustahkam bo’lishi bilan birga, o’simliklar uchun zarur oziq moddalar ham ko’p saqlaydi.
Tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli strukturalarining buzilish sabablari xilma-xil bo’lib, ularni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin:
Strukturaning mexanik ravishda buzilishi. Tuproqning yuza qismlariga tushadigan atmosfyera yog’inlari ta’sirida va shuningdek etilmagan nam tuproq yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni ko’plab marotaba haydash hamda bunda og’ir mashinalar, ish qurollaridan foydalanish natijasida struktura buziladi. Bundan tashqari odamlar va mollarning dalaga kirishi strukturani ezg’ilaydi.
Strukturaning fizik-kimyoviy buzilish sabablari. Ana shunday buzilishiga, singdirilgan kationlar ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Asosan singdirish kompleksidagi ikki, uch valentli (Ca2Q Mg2Q) kationlarning bir valentli (NaQ, NQ va NH4Q) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo’ladi. Bir valentli natriy, ammoniy va vodorod struktura hosil qiluvchi kolloidlarni nam sharoitda penpezasiyalab, struktura agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy melioratsiyalash strukturaning saqlanib qolinishida muhim rol uynaydi.
Strukturaning biologik yo’l bilan buzilish sababi, asosan ayerob sharoitdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura hosil qilishda muhim rol o’ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning ayerob sharoitda tez minyerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi gumus kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham tuproqda mo’’tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |