O’zbekiston respublikasi oliy va. O`Rta maxsus ta`lim vazirligi o`zbekiston milliy univeriteti



Download 182,5 Kb.
bet3/12
Sana06.06.2022
Hajmi182,5 Kb.
#641692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tuproqning fizik xossallari

1.2 Tuproqning issiqlik rejimi
Tuproqning issiqlik rejimi.Tuproq harorati о‘simliklar о‘sib rivojlanishining eng muxim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi, bu yerda kechadigan biologik va kimyoviyjarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum xarorat bо‘lgandagina о‘simliklar yaxshi rivojlanib,mikroorganizimlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa bir qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi.tuproqqa tushadigan va qaytadigan quyosh nurining issiqlik miqdori doim о‘zgarib turadi. Quyosh nurining issiqlik miqdori sutka va mavsum
davomida tuproqqa tushayotgan quyosh radiatsiyasiga hamda kо‘p xollarda tuproqning xossalariga bog‘liq. Turli tuproqlar har xil darajada isib sovush xususiyatiga yani issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qailamlaridagi haroratning kо‘rsatkichlari bilan xakterlanadi. Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi tuproq qatlamlariga о‘tishi, tо‘planishi va qaytishi kabi xodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi. Tuproqning issiqlik rejimi uning suv rejimi bilan birga tuproqda kechadigan jarayonlar yig‘indisini belgilaydi. Harorat tuprqda kechadigan kimyoviy, fizik- kimyoviy,biokimyoviy va biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligini muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va chо‘kma tushishi, shuningdek mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproq issiqligiga bog‘liq.
Turli tuproqlarning issiqlik rejimlari A.P Vaykov, A.F. Chundovskiy, M.I Budiko, A.M Shulgin, V.M. Dimo, О‘zbekistonda I. Turapov vaboshqalar tomonidan ancha batafsil о‘rganilgan. Qishloq xо‘jaligi ekinlarining urug‘larining unib chiqishi, ildizlarning rivojlanishi,ulardagi alohida stadiyalirning о‘tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog‘liq bо‘lgan о‘simlik xosildorligi tuproqning issiqlik sharoitiga bog‘liq. Tuproqda issiqlik yetarli bо‘lmaganda о‘smiliklar xosili pasayib
hatto nobud bо‘ldi. Shuning uchun tuproqning issiqlik rejimining shakillanish qonunlarini va uni boshqarish tadbirlarini yaxshi bilish muhim ahamyatga ega. Dehqonchilikda har bir zonaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab issiqlik rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo’l hosil olishda muhim tadbir hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan biri organik o’g’itlardan yetarli miqdorda samarali foydalanishdir. Yerni sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda ijobiy natija beradi. Sizot suvlari yuza joylashgan yerlarda ularning sathini pasaytirish tuproq issiqlik rejimini yaxshilanishiga yordam beradi.
Tuproq haroratini oshirish maqsadida olimlar ilmiy jihatdan asoslangan tadbirlarni tavsiya qilmoqdalar. Shulardan biri urug’ ekilgandan keyin yerlarni mulchalashdir. Mulcha sifatida polietilen plenka, chirigan go’ng, ko’mir kukini, yog’och qirindisi va boshqalardan foydalaniladi. Umuman olganda, tuproqning issiqlik rejimi suv va havo rejimi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oziq rejimiga kuchli tasir etadi. Tuproqning issiqlik (termik) rejimining tiplari.Tuproqqa issiqlikning kelishi, singdirilish va tarqalish jarayonlaridan iborat bо‘lgan hodisalarning umumiy yig‘indisigatTuproqning issiqlik (termik) rejimi deyladi. О‘rtacha yillik haroart va tuproqning muzlash xarakteriga kо‘ra V.N. Dimo (1972) tuproq balansining quyidagi: muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratdi. Muzloq tipdagi issiqlik rejimi tuproq profili qatlamlarining о‘rtacha yillik xarorati manfiy bо‘lgili bо‘lgan (qutubiy Yevro Osiyo va Sharqiy Sibr) tumanlari uchun xarakterli. Bu yerlardagi tuproqlarda sovish jarayoni kо‘proq bо‘ladi. Kо‘p yillik muzlik qatlami ustida tuproqdagi suvning muzlashirо‘y beradi. Uzoq mavsumiy muzlaydigan tip – tuproq proyfilining о‘rtacha yillik xarorati kо‘proq musbat bо‘ladigan xududlarda rо‘y beradi. Manfiy xarorat 1 m chuqurlikkacha borib yetadi.muzlash davrining davomiyligi 5 oydan kam yemas. Muzlamaydigan tip- tuproq profilining muzlamaydigan va kuchli sovimaydigan joylariga xos. Bularga Janubiy Yevropa fatsiyasi va subtropik mintaqadagi viloyatlar kiradi. Tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, V.N.Dimo, О‘zbekistonda I.T.Turopov va uning shogirdlari tomonidan о‘rganilgan. Respublikamizda tuproqning issiqlik holati tog‘, tekislik va chо‘l mintaqalarida turlicha bо‘lib, madaniy о‘simliklarni rivojlanishi uchun yetarlidir. Dehqonchilikda, paxtachilik va sabzavotchilikda erta bahorda tuproqdagi harorati va namlikni optimal rejimda saqlash uchun shaffof polimer plyonkalardan foydalanib urug‘lar ekiladi.

Download 182,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish