MAVZU; XORAZM VOHASIDA SUG’ORMA DEHQONCHILIKDA QO’LLANADIGAN TURLI KIMYOVIY MODDALARNI TIRIK ORGANIZMLARGA EKOLOGIK SALBIY TA’SIRI
REJA
KIRISH.
I.Adabiyotlar sharxi.
II.Xorazm viloyatining tabiiy geografik xusiyatlari.
a)Iqlimi
b)Tuprog’i
c)o’simliklar dunyosi
d)hayvonot dunyosi
III.Ishning maqsadi ,vazifasi vauslublari.
IV.Xorazm vohasida sug’orma dexqonchilikda qo’llaniladigan turli kimyoviy moddalarni tirik organizmlarga ekolagik salbiy ta’siri.
a)Kimyoviy zaxarli moddalarni ishlab chiqarish va ulardan fodalanish.
b)Kimyoviy moddalarning muxitda tarqalishining ekologik oqibatlari.
c) Zaxarli moddalarning tirik organizmlarga ekologik salbiy ta’siri.
V.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar/
.
Kirish
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning asosiy boyligi sug’oriladigan yerlar xisoblanadi agar mazkur yerlarda dehqonchilik tizimi to’ri ravishda tashkil etilsa, sug’orilmaydigan yerlarga nisbatan biologik mahsulotlarni ancha ko’p olish mumkin.
Keyingi yillarda agrosenozlarning hosildorligini oshirishda biologik usullarni joriy qilishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki orol dengizining qurushi Markaziy Osiyoda shu jumladan Xorazm viloyatida katta iqlim o’zgarishlariga sabab bo’lmoqda. Qishloq xo’jalik ekotizimining biologik mahsuldorligini oshirishda har bir xududning tuproq sharoiti muhitning abiotik va biotik omillarning o’ziga xos xolatlariga chuqur tahlil qilinish zarur.
Ayniqsa turg’unlik davrida nuqul bir xil ekotizimlarni choverish natijasida tuproqdagi mikroorganizimlarning tur tarkibi o’zgaradi va fitotahsil moddalar chiqaradigan zamburug’lar ko’payadi. Bu omillar esa xosildorlikni pasaytiruvchi asosiy omillardan biri xisoblanadi. Bu omilning qanday o’rin tutishi tuproq iqlim sharoitlariga o’g’itlar turiga va o’tmishdosh ekinlarga bog’liqdir. Tuproqda yashaydigan mikrova makroorganizimlar keng qo’llanishli ekologik guruhlardan iborat bo’lib, ular o’simliklar hayotida va tuproq unumdorligida muhim ahamiyatga egadir. Zamburug’lar metabolizm mahlullari vositasida o’simliklarga tasir ko’rsatib ularning kasalliklariga bardoshligini oshirish mumkin. Go’zaning har xil o’tmishdoshlari tuproqning antogenistik zamburug’lar bilan boyishiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Makkajoxori ,beda, javdarv boshqa ekinlarning ildizlari zonasida yuqori darajada antogenistik xususiyatlar kasb etadigan o’ziga xos zamburug’ turlari to’planadi. Vilt yuqimiga nisbatan penissillium avlodiga mansub antogenest zamburug’lar ihtonnalari paydo bolib, g’ining o’za o’sayotgan maydonlarda vilt kassaligining tarqalishiga yo’l qo’ymaydi.
Makkajoxori, javdar va jo’xorining ildiz qoldiqlari penisillar uchun yaxshi zamin bo’lib hizmat qiladi viloyat kasalligining ko’payishiga to’sqinklik qiladi. Shunday qilib vilt tushmagan o’tmishdoshlarni qo’llash tuproqda foydali mikroflorani ko’paytirishga yordam beradi. Bunday tadbirlarni qishloq xo’jalik ekotizmlarini hosildorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Turg’unlik yillari bizning mintaqada agrotexnik tadbirlarning noto’g’ri ishlatilishi, jumladan, o’g’itlardan va peatisidlardan foydalanishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar tabiiy ravshda dehqonchilik tizimida shakllangan biologik zanjirning izdan chiqishiga olib keladi.
Yuqirida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda Xorazm vohasida sug’rma dehqonchilikni rivojlantirishni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida zarakurandalarga qarshi kurashda biologik kurash uslini kengroq amalga oshirish shu kuning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi
Respublikamizning 447.4 ming km 2 ortiq bo’lgan umumiy maydonning atigi 10 % gina ekin maydonari tashkil etadi. Ayni chog’da O’zbekistonni egallab turgan maydonlarining ancha qismini Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt kabi cho’l va yarim cho’l yerlar tashkil etadi. Ayniqsa qishloq xo’jalik maqsadlarida yer maydonlariga to’g’ri keladigan demografik hozirning o’zidayoq o’ta salmoqli.
Bizning eramizgacha VII-XI asrlarda I. Marhvard va S. P. Tolstovlarning fikricha, Xorazm vohasida sako-massagat qabilasi birlashtirgan yirik davlat shakllanadi. Bu davrga kelib Orol basseynidagi Xorazm va boshqa viloyatlaridagi dehqonchilik tizimida qishloq xo’jaigida temir qurollari bel, ketmon ishlatila boshlagan. Y.G’. G’ulamov (1959) ma’lumotiga ko’ra Xorazmda sug’orma dehqonchilik madaniyati xuddi Misr, Mesopatamiya, hamda sharqning boshqa davlatlaridagidek rivojlangan.
Ogohiyning tarixiy asarlarini Xorazmni suv bilan rivojlanishini aniqlashda ma’lum bir qonuniyatlar haqida fikr yuritiladi, muallif tarixni bsyon qilishda har bir qulay sharoitdan foydalanib, u yoki bu kanal va daryo tarmog’ini rivojlantirish haqida o’z fikrini bayon etadi. M. B. Muxammadjonov, P.X. Shrafiddinova (1989) larning fikriga ko’ra hozirgi kunda Orol dengizi basseynidagi tabiiy muhim sharoitiga ta’siri va uning o’zgarishi shunday holatga kelib qolganki, ayrim hududlarda hosil qilingan lokal (muayyan) o’zgarishlar, hech qanday sezilarli tabiiy ijobiy o’zgarishlar hosil qilmaydi.
Shuning uchun ham hududdagi tabiiy-millerativ va ekologik holatlarni muvofiq holga olib kelishi uchun kompleks tadbirlar ishlash zarurdir, bu tadbir o’z ichiga ijtimoiy –iqtisodiy masalalarni shuningdek tabiatdan samarali foydalanish muammolarini qamrab olgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
V.G. Minyev (1993) ning ko’satishicha sug’orilib dehqonchilik qilinadigan hududlarda ekologik muammolarni hal qilishda azot masalasi muhim ahamiyatga ega.
O’rta Osiyo sharoitlarida mana shu element biosferadagi modda almashish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatar ekan, ya’ni hayollar va insonlar sog’lig’ining yomonlashishiga olib kelarkan. Hozirgi kunda ilmiy-texnikaviy inqilob fan bilan ishlab chiqarishning yagona tizimini yaratishni talab etmoqda. Hozirgi davrda qishloq xo’jaligini yangi agrotexnik tadbirlar asosida qayta tashkil etish sharoitida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni intensivlash faqat fan bilan amaliyotning o’zaro hamkorligining emas balki fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishga yangicha yondashishni talab etadi. Qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish konsepsiyasi qishloq xo’jaligining barcha taroqlarida o’zaro bir biri bilan bog’liq va bir birini taqozo etadigan o’zgarishlarni amalga oshirishga hamda shu asosida qishloq xo’jaligini sifat jihatdan yangi holatga o’tishga qaratilgan. Qishloq xo’jaligining pirovard maqsadi hayotni tubdan yangilashdan qishloq xo’jaligining zamonaviy shakllarini qaror toptirishdan, turmushning iqtisodiy, ijtimoiy , siyosiy, ma’naviy va ahloqiy jabhalarida va uning insonparvarlik xarakterini namoyon qilishdan iboratdir.
Demak, qishloq xo’jaligining barqaror rivojlantirish jarayoni va tizimli bo’lishi muvofiqdir.
Qishloq xo’jaligining barqaror rivojlantirish mexanizmini yaratishga talluqli asosiy vaziflarni sanab o’tishning o’ziyoq qishloq xo’jaligining boshqarish tizimini qayta qurish rejalarining barcha tarkibiy qismlari o’zaro bir biriga chambarchas bog’liq ekanligini taqozo etadi.
Bu esa qishloq xo’jaligida har bir gektar yerga nisbatan tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishni ilg’or agro va zootexnika usullaridan foydalanish ishlab chiqarishni maksimal darajada mexanizatsiyalash o’g’itlaridan o’simliklarni himoya qilish va begona o’larga qarshi kurashishdan unumli foydalanish tabiiy iqlimni sharoitlarini hisobga olishga chuqur ilmiy bilimlarga tayanishga yuksak mehnat madaniyati va ommaning ijodiy tashabbusiga asoslangan oqilona xojalik yuritishni bildiradi.
Qishloq xo’jaligi va agrosanoat vazifasi insonlarning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo’jaligi xom ashyosiga, yuqori sifatli iste’mol moddalariga bo’lgan ehtiyojlarini resurslsrini ham sarflagan holda qondirishdir.
Keyingi davrda turoqdagi mikri-makro organizmlarga edofik omillarning bioekologik ta’sirini o’ganish jarayoniga katta e’tibor berilmoqda va bu jarayon turli antropogen omillarni tinimsiz tuproqqa o’tkazayotgan har xil salbiy ta’sirlarni yerga ortiqcha mineral o’g’it berish, turli zaharli moddalarni qo’llash yer osti sizot suvlarining kotarilishi va foydali yerlarning sho’rlab ketishi, og’ir texnikadan foydalanish natijasida tuproqning fiziologik tuzulishining buzilishi va uning shamol va suv erroziyasiga uchrashi kabi holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Inson tomonidan o’zlashtirilmagan tuproqlarda edofik omillar va ularning organizmlarga ta’sir qilish qonunlarining yillar davomida kam o’zgargan, unga inson (antropogen) omillarining ta’siri bo’lmagan, ammo inson tomonidan o’zlashtirilgan madaniylashtirilgan dehqonchilik qilinadigan yerlari tuproqning ekologiyasi mutloq o’zgargan. Dehqonchilik olib boriladigan yerlarda fan texnika yutuqlari keng qo’llanilib, qishloq xo’jaligini jadallashtirish jarayonida tuproqning ekologik talablari mutloq inobatga olinmaydi. Ayniqsa keyingi davrda qishloq xo’jaligida agrobiologiya, agritexnika agrokimyo qonun qoidalarinining buzilishi tuproq tabiatida salbiy bioekologik holatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
Bunday holatlarga: tuproqqa sifatsiz ishlov berish, me’yoridan ortiqcha yoki kam suv berish qoidadan ortiq o’g’it ishlatish, yer osti sizot suvlarining ko’tarilishi kabi xo’jalik omillari kirib, tuproqning biologik unumdorligining pasayishiga olib keladi, va shu orqali agrosinuslarning biologik mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadilar. Tuproq biosferadagi hayot faoliyati o’tadigan asosiy joydir. Tabiatda turli tuproq xillari mavjud, ularning har birida o’ziga hos jarayonlar o’tadi. Masalan, janubiy hududlar turog’i (yetarli issiqlik, namlik, ozuqa) yuqori aktivlikka ega bo’lgan, shimoliy hududlarning tuprog’i (past harorat, issiqlikning namligi) past biologik aktivlik o’ziga hos xususiyatlarga egadir.
Tuproqda mikroorganizmlarning turli tartibi, soni va ularning miqdori har xildir. Tuproq mikroboiotosida bakteriyalar, zamburug’lar, suvo’tlar mikro va makro fauna vakillari mavjuddir. Ularning xatoligi har xil bakteriyalar juda mayda, ularning hujayra kattaligi har xil bakteriyalar juda mayda hujayra kattaligi 0.5 – 1.0 MKM. Massasi 2.92 – 10 12 g ga teng.
Tuproq qishloq xo’jalik ishlab chiqarish va agroekotizmlarning asosiy manbayi hisoblanadi. Insoniyat ozuqa mahsulotining taxminan 95 % ni tuproqda yetishtiriladi. Shuning uchun ham tuproq tirik organzmlarning yashash joyidir.
Tuproqda o’simliklar urug’lari ko’p yillar davomida hayotchanlikni saqlab qolish qobiliyatiga ega bo’lishiga ular tarkibidagi vitaminlar, fermentlar o’sishini tzlashtiruvchi faol moddalar sababdir. O’simlik urug’larining uzoq saqlanishiga tiproqning termin rejimi, gaz almashishi va namlik darajasi asos bo’ladi.
Yuqorida qayd etilganlar shundan darak beradiki, qishloq xo’jalik ekotizmlarining biologik mahsuldorligini oshirishda va ulardan ekologik jihatdan toza mahsulot olis uchun bularning me’yorida saqlash eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Iqlim
Keyingi yillarda Orol bo’yi hududida cho’llashish jarayoni ancha kuchayganligi kuztilmoqda, buning natijasida mintaqa iqlimi va bioxilma xilligi uchun uzoq muddatli salbiy oqibatlar hudud ekotizimiga kuchli ta’sir etmoqda. Cho’l shamollari qum va tuzni katta miqdorda uzoq masofalarga uchishi kuzatilmoqda. Havzaning butun hudud havzalarida millionlab tonna (ko’pincha har xil darajada ifloslangan) tuz to’planadi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, bu dengizdan ancha uzodagi tog’li tizimlar muzliklar ham o’z ta’sirni ko’rsatadi. Orol ekologik falokati episentrida bo’lgan Amudaryo o’zani yirik suv xo’jaligi muammolariga duch kelmoqda. Bu yerda joylashgan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlrida 776 ming ga sug’oriladigan yer va 3 mln aholi yashaydigan hududni qamrab olgan 2007 yilga kelib Orol dengizi sathi 29 metrga pasaygan, ekvatoriga 5.8 barobar kamaydi. Suv hajmi 1064 dan 80 km3 gacha va undan ortig’i pasaydi, suv sho’rligi g’arbiy qismida 110-112 g/l, sharqiy chuqurlikda esa 280 g/l ga yetdi. Dengiz sohilidan 120-200 km ga uzoqlashdi vanatijada sobiq dengiz tubidan 45000 km 2 dan ortiq turli cho’llar paydo bo’lgan. Doimo shamol esadigan va to’fonlar bo’ladigan orolning qurigan tubida har yili 75 mln tonna qum, shuningdek, 65 mln tonna yupqa dispersin chang va tuz ko’tariladi. Bu yaylovlar mahsuldorligiga va madaniy ekinlar hosildorligining boshqa tarmoqlariga ham salbiy ta'sir etmoqda. Hozirga kunda Orol bo’yi hududidaga tabiiy iqlim sharoitlaridagi o’zgarishlar tabiiy ravshda tuproq va hudud tizimida beeokologik holatlarni sodir bo’lishiga sababchi bo’lmoqda. Bunday holatlarga turoq tarkibida organik (go’mus) moddalarning keskin kamayishi , o’simlik va hayvonot turlarining o’zgarishi dehqonchilikdan olinadigan mahsulotning pasayishi va uning ekologik toza emasligi kiradi.
Orol bo’yi hududidagi tabiiy resuslardan oqilona foydalanish va atrof muhitga salbiy tasirning oldini olish muammolarini muoffqiyatli hal qilish maqsadida hududning tabiiy iqlimiy sharoitlarini va geografik o’rnini o’rganish hozirgi kunning eng muhim muammolaridan biridir.
Geografik o’rini va relifi
Rivojlanayotgan cho’llashish jarayoni orol bo’yi hududida ekologik krizis deb nomlangan holatni vujudga keltiradi. Hozirgi kunda bu muammoni yani orol bo’yi hududida jadal rivojlanayotgan cho’llashishni o’rganish nihoyatda muhimdir. Keyingi yillarda ko’pchilik olimlarning kuzatishlari va biz tomondan olib borilgan tekshirishlar yuqorida qayt etilgan fikirni to’la tasdiqlaydi. Tabiiyki, oldingi holatni chuqur taxlil qilish, antropogen va cho’llashish jarayoning tabiiy rolini aniqlash imkoniyatini beradi. Amudaryo quyi oqimidagi Lanshafning ko’p yillar davomida o’zgarishlar jarayoni kompleks harakterga ega. Bu hududdagi madaniy sug’orma dehqonchilikdagi o’zgarishlar, asosan insonlarning chuqur faoliyatlari bilan bog’liqdir. Deltaning kam o’zlashtirishdagi joylardagi lanshaftlar qiyofasining o’zgarishi asosan, Amudaryoning davri va ko’p yillik oqish holatiga va orol dengizi sathining o’garishiga bog’liq bo’gan.amudaryoning oqishini boshqarganugacha, shuningdek delta haddan tashqari tekis bo’lganligi balandligi, ampelektudasi o’rtacha(1-2 m) va allyuvial cho’kindilarning tekis bo’lmasligi, Amudaryo suvi va uning yo’nalishi doimiy ravishda o’zgarib turganligi va natijada deltaning har xil tomonlarini suv bosib turgan. Bunday migratsiya tabiiy ravishda lanshaftlarning o’zgarishiga o’z ta’sirini uzoq yillar davomida ko’rsatib kelgan. XX asr boshlarida Amudaryoning oqimi asosan deltaning markaziy va sharqiy qismida oqqan. Deltaning sharqiy va janubiy qismlarini vaqti-vaqti bilan suv bosib turgan, bu yerlarda asosan qamishzorlardan iborat botqoqliklar va ko’llar tarqalgan. XIX asrga kelib deltaning g’arbiy qismidagi ayrim suv havzalarining qurishi kuzatilgan, deltaning markaziy qismida esa botqoqlanish jarayoni sodir bo’lgan orol dengizining sathi ko’tarilishi natijasida qirg’oqdagi lanshaftlarni suv bosgan. Shu vaqtning o’zida sharqiy qismidagi lanshaftlar quriy boshlagan . XX asrning 20-30 yillariga kelib deltaning g’arbiy zonalarida keskin suv bosish hollari kuzatilgan, ayni vaqtda esa sharqiy qismida esa keskin cho’llashish jarayoni vujudga kelgan. XVIII asrning ohiri XX asr boshlarida Amudaryo deltasidagi yer mulklar maydonning asosiy tiplari (jadval B. V. Andirionavning malumotlariga asosan tuzilgan ).
Yer mulki
|
Yer mulki ming. ga
|
XVIII
Asr
ohiri
|
XIX
Asr
boshida
|
XIX
Asr
O’rtasida
|
1870-1880
yillarida
|
1945
Yilda
|
Madaniy sugo’aradigan yerlar
|
170
|
190
|
220
|
265
|
414
|
Kuyish va sug’oriladigan qamishzorlar
|
500
|
360
|
440
|
310
|
443
|
O’tloq yaylov va toqayzorlar
|
450
|
470
|
440
|
370
|
321
|
Qurigan to’qaylar va sho’r yerlar
|
70
|
85
|
70
|
170
|
110
|
Cho’lashgan yerlar, qum va taqirlar bilan
|
580
|
630
|
650
|
670
|
576
|
Qadimdan sug’oriladigan yerlar
|
160
|
150
|
150
|
150
|
135
|
Osiyodagi iqlim o’zgarishlar daryo iqimlariga ta’sir eta boshladi. Buning oqibatida 1961-yildan boshlab Orol dengiziga daryolardan oqib keladigan suv miqdori kamaya boshlagan.
Yillar
|
O’rtacha oqimga nisbatan umumiy pasayishi
|
Xo’jalik faoliyati ta’siri tufayli
|
Daryolarda suv sig’imining pasayishi natijasida
|
1961-1970
|
-1,36
|
-11,6
|
-2,0
|
1971-1975
|
-30,2
|
-19,8
|
-10,4
|
1976-1986
|
-45,2
|
-37,1
|
-8,1
|
Xorazm vohasi qadimgi davrlardan buyon Amudaryoning chap sohilidagi qadimgi va zamonaviy deltasida, chuqur tektonik eroziya botiqlikda alluvial tekisliklarda joylashgan.
Sug’orma voha hisoblangan bu hudud Qoraqum va Qizilqum sahrolari bilan olingan. Geografik jihatda voha 40.27 va 41.24 shimoliy kenglikda 58.32 va 61 24 sharqiy uzoqlikda joylashgan. 1986- yildagi ma’lumotlarga ko’ra, Xorazm viloyatining umumiy maydoni Qizilqumdan ochilgan yerlar bilan qo’shilib hisoblanganda 881,7 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan 211,1 mingga yerlar sug’oriladigan yerlar hisoblanadi. Viloyatning shimoliy-sharqiy chegarasi Amudaryo o’zaniga to’g’ri keladi.Shundan shimolda va shimoliy-g’arbda Qoraqalpog’iston va Turkmanistonning Toshxovuz viloyati bilan chegaradoshdiralar Qizilqum saxrosi esa Amudaryoning o’ng sohili bo’ylab Tuyamo’yin suv ombori tomon yo’nalgan umumiy maydoni 150 ming.ga Amudaryoning har ikkala tomoni bo’ylab tor shaklida terossalar joylashgan. Ayrim yerlari qamish o’sgan qayir yerlardan iborat bo’lib, qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladi. Terossaning asosiy qismini to’qay landshaftlari egallaydi. Joyning umumiy nishabligi juda kichik asosiy nishablik janubiy sharqdan shimoliy g’arbga tomon yo’nalgan.(0.00025). Amudaryoga ko’ndalang ravishda janubiy-g’arbga tomon qumlikka yo’nalgan (0,0002). Meze-mikrorelef mahalliy nishablikka ega bo’lib, bu nishablik unchalik katta bo’lmagan masofadagi hududda 0,005 ga janubiy g’arbga tomon qumlikka yo’nalgan( 0.0002).
Xorazm voxasi Amudaryoning qadimiy deltasi hisoblanadi.Geologik va geomorfologik sharoiti jixatdan daryoning xozirgi vodiysi terrasalar daryolik va Daudon, Ulli sho’xokning Qoraqum bilan chegara tamonlarida joylashgan.
Sug’oriladigan yerlarning 1-3 m chuqurligida “Yostiqcha” shakillangan yirik kanallar trassasida zich linzalar 25-30m keladi.Ko’llar jolashgan xududda suvning mineralizatsiyasi chuqurllikka bog’liq ravishda yuqori qatlamlarda 2-3 ni 20m chuqurlikda esa 50-60g\l ni tashkil qiladi.
Amudaryoning quyi qismida grunt suvlari rejimi iqlim shart-sharoitlariga xamda insonning irigatsion melirotiv va xo’jalikdagi faoliyatiga suv bog’liq ravishda shakllanadi.
Xorazm viloyatida vegetatsion davr mobaynida grunt suvlar joylashishining o’rtacha yillik darajasi 1.2-1.4 mga yetadi.Yillik o’rtacha xajmi esa 1.6-1.8m ga yetadi Yer osti grunt suvlarining ,bosimi,xamda jolashgan o’ni Amudaryo va boshqa irigatsion kanallarning joylashgan balandligiga bog’liq.Yog’in ko’p yog’adigan va suv ko’p bo’ladigan yillarda yozgi davrda o’rtacha yillik amplitudasining vegetatsion va novegetatsion davrlardagi o’rtacha nisbati 1m ni tashkil qiladi.
Urganch shaxri va Xiva stansiyalarining oylik o’rtacha meteorologik ko’satgichla
ri.
N*
|
oy
|
Xororay C
|
Xavoning nisbiy namligi
|
Bug’lanish
(mm)
|
Yog’in miqdori
(mm)
|
1
|
I
|
-4.1
|
75
|
16
|
5.6
|
2
|
II
|
-2.3
|
73
|
21
|
6.5
|
3
|
III
|
5.0
|
65.4
|
45
|
15.2
|
4
|
IV
|
14.6
|
55
|
102
|
19.4
|
5
|
V
|
21.8
|
39
|
194
|
8
|
3- jadvalda keltirilgan malumotlar natijasi shuni ko’rsatadiki yanvar oyida o’rtacha hararot - 4.1 C ga may oyida esa + 21.8 Cga to’g’ri keladi. Xavoning nisbiy namligi ham yoz oylarida ancha kamayadi, mayda bu ko’rsatgich 39 ga tushib qoladi; o’sha vaqtda atmosferadan tushadigan yog’inning miqdori 8 mm ni tashkil qilgan xolda shu vaqtning o’zida esa suvning bug’lanishi 194 mm ga ko’tariladi. Bu tabiiy ravishda sug;orma dehqonchilik tizimida ko’plab muammolarni paydo bo’lishiga olib keladi.
Orol dengiziga ikki daryodan oqib tushadigan suvning kamayishi tufayli, uning chekinishi kuzatila boshlangan. O’sha davrda dengiz bir yilda 70 - 80 sm gacha sayozlashgan, buning oqibatida 1961 -1985 yillarda dengiz sathi 13 metrgacha pasaygan. XX – asrning 70- yil boshlarida lanshaftda sodir bo’lgan o’zgarishlar tabiiy ravishda xududda cho’llanish jarayoning yanada kuchayishiga sabab bo’lgan,bu deltaga suv tushushining kamayishiga olib keladi; xududda bunday holatning sodir bo’lishi, asosan ‘jonli’ faoliyatning kuchayishi tufayli paydo bo’lgan D.K.Leontevning (1987) malumotiga ko’ra, o’sha davrda deltada (kimyoviy ) cho’llashish boshlangan ,yani daryo suvlarining sho’rlanishi va ularda pestitsidlarning miqdorini ortishi tarkibida har xil zaharli moddani saqlovchi kollektor suvlarning daryolariga tashlanishi. 70- yilning ohiriga kelib amalda dengizga tushadigan suvlar batamom to’xtaydi. Dengiz sathining keskin pasayishi kuzatiladi va buning oqibatida dengizning qurigan tubidan yumshoq tuzlar paydo bo’la boshlagan. Shamol tasirida va yomg’irlar orqali tuzlarning tushushi oshganligi kuzatilgan. Yuqoridagi jaroyonlarning tasiri natijasida hududning tabiiy komplekslarining gidromorfik holati to’la yo’qolgan. Daryo qirg’oqlaridagi to’qaylarda o’simliklar va shuningdek qamishzorlar to’la ravishda paleagidromorf holatiga o’tgan (Gerosomov va boshqalar 1987; Rafiqov, Tetyuxin 1981). Amudaryo quyi oqimidagi asosiy yer resuslarining degradatsiyalanishi tezligi
Yer resuslarining nomi
|
1960
|
1970
|
1980
|
Maydoni ming.ga
|
Xosildorlik ts/ga
|
Maydoni ming.ga
|
Xosildorlik ts/ga
|
Maydoni ming.ga
|
Xosildorlik ts/ga
|
Pichanzor
|
420
|
15-40
|
70
|
5-16
|
72
|
4-15
|
Yaylovlar
|
720
|
16-15
|
145
|
0.5-6
|
140
|
0.4-5
|
Qamishli motqoqlar
|
600
|
40
|
100
|
5
|
90
|
4
|
Keyingi davrda vatanimiz olimlari tamonidan uzoq yillar davomida o’tgazilgan tajribalar va kuzatish natichalari shundan darak beradiki, to’qay o’rmonlarining maydoni 5 marta kamaygan, yani 260 ming. ga dan 50 ming ga qisqargan. Shu vaqtning o’zida esa gidrafit o’simliklar 6 marta kamayganligini alohida qayt etadilar.
Yuqorida qayt etilgan ma’lumotlarni chuqur taxlil qilish shuni ko’rsatadiki, ayniqsa turgunklik yillari huddudning eng muhim resurslaridan hisoblangan Amudaryoning suvidan noto’g’ri foydalanish, voxa exotinizimida asrlar osha shakllangan sug’orma dehqonchilik qoidalariga e’tibor bermaslik va uning mohiyatini tushunmaslik tabiiy ravishda bu hududdagi agotizimning izdan chiqishiga va har bir gektar yerdan olinadigan hosilning pasayishiga sabab bo’lan.
Do'stlaringiz bilan baham: |