Kichik klarnet in Es, kichik klarnet in D (it. Clarinetto piccolo). Ushbu
cholg‘ular transpozitsiyalanuvchidir. Kichik klarnet in Es yozilishiga ko‘ra, kichik
tertsiya yuqorida yangraydi. Kichik klarnet in D yozilishiga ko‘ra katta sekunda
yuqorida yangraydi. Ularning ovoz hajmi kichik oktava “mi” dan 3-oktava “lya”
gacha. Orkestrda 1 tadan qatnashadi.
Bas klarnet in B (it. Clarinetto basso) ham transpozitsiyalanuvchi cholg‘u.
U yozilishiga ko‘ra, katta nona intervaliga pastda yangraydi. Ovoz hajmi kichik
oktava “do” dan 2-oktava “re” gacha. Bas klarnet bas kalitida yoziladi. Shuning
uchun unga aksariyat hollarda bas vazifasi topshiriladi. Orkestrda 1 ta qatnashadi.
Bas klarnetning o‘ziga xos tomoni shundaki, u skripka kalitida ifodalanadi, ammo
bas kalitida yangraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |