Ingliz surnayi in F (it. Corno inglese) transpozitsiyalanuvchi cholg‘u
hisoblanib, yozilishiga nisbatan sof kvinta intervaliga pastda yangraydi. Ingliz
surnayi epizodik cholg‘u bo‘lib, orkestrda 1 ta qatnashadi.
Klarnet in B va in A (it. Clarinetto, Clarinetti) ovoz hajmi kichik oktava
“mi” dan 3-oktava “lya” gacha. Bu cholg‘ular transpozitsiyalanuvchidir. Klarnet in
B yozilishiga nisbatan katta sekunda intervaliga pastda yangraydi. Klarnet in A
yozilishiga ko‘ra kichik tertsiya intervaliga pastda yangraydi. Ushbu cholg‘u
yorqin tembrga ega bo‘lib, uning ijro imkoniyatlari katta. Orkestrda 2 ta
qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |