61
Moddiy tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat obyektiv tomoni-ning zaruriy belgisi bo'lgan ijtimoiy xavfli
oqibatning yuz bermasligida ifodalanadi. Og'ir tan jarohati yetkazish maqsadida aybdor. lezviya bilan jabrlanuvchiga
tajovuz qiladi, ammo lezviya jabrlanuvchi kamarining temir qismiga tegadi va natijada, og'ir tan jarohati yetkazilmaydi
va jinoiy oqibat kelib chiqmaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, suiqasd, deb topish uchun har doim ham obyektga zarar
yetkazilishi talab etilmaydi. Qator hollarda jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar
yetkaziladi. Masalan, katta summadagi pulni o'g'irlash maqsadida aybdor seyfni ochadi, ammo u yerda oz miqdordagi
pul bo'ladi. Bunday hollarda qilmish tamom bo'lgan jinoyat emas, balki ko'p miqdordagi pulni o'g'irlashga suiqasd, deb
kvalifikatsiya qilinadi. Formal tarkibli jinoyatlarda, suiqasd jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi barcha harakatlarning to'liq
bajarilmasligida ifodalanadi (masalan, pora beruvchi mansabdor shaxsning qarshiligiga qaramasdan, pora predmetini
uning stoli ustida qoldiradi).
Suiqasd jinoyat tarkibining zaruriy belgisi jinoiy oqibat ro'y bermaganida ahamiyatga ega bo'ladi. Shu o'rinda
suiqasdning jinoyat sodir etishning boshqa bosqichlaridan farqlovchi quyidagi belgilarini ko'rish mumkin. Suiqasd
subyektga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra, jinoiy oqibat yuz bermagan holdagina ahamiyatga ega bo'ladi. Subyekt
jinoyat sodir etish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan barcha harakatlarni bajaradi, ammo istalgan oqibat yuz bermaydi.
Suiqasdning obyektiv tomonini ifodalovchi uchinchi belgi jinoyatning shaxsga bog'liq bo'lmagan holda
tugallanmay qolishidir. Bu belgi jinoyatga tayyorgarlik ko'rishga ham xosdir. Bu holatlar turlicha bo'lishi mumkin
(masalan, kalitning yaroqsizligi tufayli eshikning ochilmasligi). Jinoyatning tamom bo'lishiga to'sqinlik qilgan turli
holatlarga: ularning har biri jinoyatchining xohishiga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra vujudga kelishi hosdir. Aynan
shu belgi suiqasdning yuqorida ko'rsatilgan obyektiv belgilarini birlashtirib, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy
qaytishdan farqlash imkonini beradi.
Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda shaxsda jinoyatni oxiriga yetkazish uchun barcha shart-sharoit
mavjud bo'ladi. Masalan, aybdor o'g'rilik jinoyatini sodir etish maqsadida avto-mobil topa olmaganligi haqida xabar
bergach, sherigi jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. Agar aybdor o'zi xohishi bilan jinoiy fao-liyatini to'xtatsa, bunda
jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb topiladi.
Subyektiv tomondan, suiqasd faqat to'g'ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish bosqichi kabi
suiqasd ham jinoyatni amalga oshirishda qasdning amalga oshirishga qaratilgan bosqichi hisoblanadi. Aybdor jinoyat
sodir etayotganida uni oxiriga yetkazishga harakat qiladi. U o'z harakati bilan aniq bir jinoyatni
?
sodir etayotganini,
jinoyat obyektiv tomonining bir qismini bajarayotganini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishini biladi (moddiy
tarkibli jinoyatlarda) va jinoyatni oxiriga yetkazishni istaydi.
Suiqasdda shaxsning harakati jinoiy maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Masalan, nomusga
tegish jinoyatida zo'rlik ishlatish jinoiy maqsadga erishish vositasi bo'ladi, agar zo'rlik shu maqsadda ishlatilmasa, bu
jinoyat sodir etishga suiqasd, deb baholanmaydi.
Agar shaxs biror aniq maqsadni ko'zlab harakat qilsa-yu, uning harakati natijasida boshqa oqibat kelib chiqsa,
shaxsning maqsadi qanday oqibatga erishishga qaratilgan bo'lsa, u o'sha jinoyatga suiqasd qilishda ayblanadi. Masalan,
shaxs jabrlanuvchining sog'lig'iga og'ir shikast yetkazish maqsadida uni ursa, lekin buning natijasida unga o'rtacha og'ir
shikast yetkazilsa, bu og'ir shikast yetkazishga suiqasd, deb topiladi.
Jinoyat kodeksida suiqasdning turlari ko'rsatilmagan. Jinoyat-huquqiy nazariyasida suiqasd tamom bo'lgan va
tamom bo'lmagan suiqasdga ajratilgan. Bundan tashqari, yaroqsiz obyektga tajovuz, deb nomlanuvchi suiqasdning turi
ham mavjud. Ammo sud amaliyotida suiqasdning bu turi ahamiyatga ega bo'lsa-da, unga e'tibor berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: