68
bir necha marta xabar yetkazgan shaxsda bajaruvchining jinoyat sodir etishi uchun moyillik tug'dirish maqsadi bo'lishi
kerak.
Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech qanday aloqasi bo'lmagandek ko'rinsa-da, uning
manfaatlari jinoyatni sodir etgan bajaruvchining manfaatlari bilan ma'lum darajada mos keladi.
Dalolatchining jinoyat sodir etishning vositasi sifatida iltimos qilishdan ham foydalanishi mumkin va bu dalolatchi
manfaatining asosini tashkil etadi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi tomonidan faqat o'zining tanishlari, do'stlari va
xizmatdoshlariga qilinishi mumkin. Yaqinlarga iltimos (jinoyat sodir etishni) faqat ko'ndirish orqali amalga oshiriladi.
Ko'ndirish iltimosdan shunisi bilan farq qiladiki, dalolatchi shaxsni jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o'zining bor
imkoniyatini ishga soladi. Ko'ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo'lishi mumkin.
Jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar guruhini dalolat qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday
harakatlar muayyan hollarda alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. Masalan, davlat tuzumini
Konstitutsiyaga
xilof ravishda o'zgarti-rishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish jinoyati
(Jinoyat kodeksining 159-moddasi).
Dalolat aniq bir obyekt yoki shaxslarga nisbatan qaratilgan bo'lishi kerak. Sud-tergov amaliyotida dalolat qilishning
boshqa turlari ham uchraydi. Jinoyat qilish uchun mukofot va'da qilish yoki to'g'ridan to'g'ri shaxsni sotib olish yoki
aldash bunga misol bo'la oladi.
Dalolatchi bilan tashkilotchining harakatini farqlash lozim. Dalolatchi qanday harakat sodir etishidan qat'iy
nazar, bajaruv-chida jinoyat sodir etish istagini uyg'otishga va bu istakni so'ndirmaslikka harakat qiladi. Tashkilotchi
esa, jinoiy faoliyatni rivojlantirishga harakat qiladi, u jinoyat sodir etishning boshla-nishidan oxirigacha faoliyat
yuritadi.
«Jinoyatni sodir etilishiga o'z maslahatlari, ko'rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to'siqlarni yuqotish bilan
ko'maklashgan, shuningdek, jinoyatchini,
jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo'l bilan qo'lga
kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va o'tkazish to'g'risida oldindan va'da bergan shaxs
yordamchi, deb topiladi» (Jinoyat kodeksining 28-moddasi, 5-qismi).
Sud-tergov amaliyotida yordamchilik ishtirokchilikning ko'p uchraydigan turidir. Jinoyat kodeksining 28-
moddasi, 5-qismi tahlili shuni ko'rsatadiki, jinoyatda yordamchilik:
1) jismoniy yordamchilik;
2) ruhiy yordamchilik ko'rinishlariga ega bo'ladi.
Jismon iy yordamchilik deganda, jinoyat sodir qilinayotganda to'siqlarni olib tashlash uchun vositalar va
qurollar bilan yordam berish, ya'ni jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishda bajaruvchiga ko'maklashish
tushuniladi. Jismoniy yordamchilik ruhiy yordamchilikdan farqli ravishda jinoyat vositalarni taklif
qilish yoki shart-
sharoit yaratib berishdan iboratdir.
Shuni ham hisobga olish kerakki, yordamchi yordam berishdan tashqari jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan
boshqa biron-bir harakatni qilmagan bo'lishi kerak, aks holda, yordamchining harakatlari jinoyatning obyektiv tomoni
belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatning bajaruvchisiga aylanib koladi.
Ruhiy yordamchilik:
1)
maslahat, ko'rsatmalar berish;
2) jinoyatchini, jinoyat qurollarini, izlarini va vositalarini yoki jinoiy yo'l bilan topilgan buyumlarni yashirishga
oldindan va'da
3) jinoiy yo'l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindan va'da berish shaklida bo'lishi mumkin.
Jinoyatni yashirishga oldindan va'da bermagan bo'lsa, yordamchilik, deb topilmaydi, ya'ni ishtirokchilik, deb
topilmasdan, faqat jinoyatga daxldorlik, deyiladi.
Vositalar yetkazib berish deganda, jinoyat bajaruvchisiga jinoyatni amalga oshirish uchun zarar bo'lgan turli
buyumlar yoki vositalarni yetkazib berish tushuniladi. Bularga transport vositalari, qurol-yaroqlar va hokazolar, ya'ni
jinoyat sodir qilinishi uchun yordam beradigan har qanday buyumlar kiradi.
To'siqlarni olib tashlash deganda, yordamchining bajaruvchi tomonidan jinoyatni amalga oshirishdagi to'siqlarni
bartaraf qilishga yordamlashish harakati tushuniladi (masalan, qo'riqchini xizmat vazifasidan chalg'itish, signalizatsiyani
o'chirib qo'yish, qo'riqchi itlarni chalg'itish va hokazo).
Yordamchi dalolatchidan shunisi bilan farq qiladiki, u o'zining harakati bilan jinoyatning boshqa bir
ishtirokchisida jinoyat sodir etish istagini vujudga keltirmaydi, bu holat yordamchilikni amalga oshirgunga qadar
vujudga keladi.
Ruhiy yordamchilik, jinoyat sodir qilinishida bajaruvchining qarori va xohishini mustahkamlaydi.
Maslahat va
ko'rsatmalarni ko'proq jinoyatni uyushtiradigan shaxs berishi mumkin. Bu holda ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 28-
moddasi, 3-qismiga ko'ra, tashkilotchi, deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: